Ichki sekretsiya bezlarining funktsional ahamiyati



Yüklə 36,48 Kb.
səhifə4/5
tarix24.11.2023
ölçüsü36,48 Kb.
#134024
1   2   3   4   5
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI

Ekzokrin bezlar
Ekzokrin bez - bu kimyoviy moddalarni kanallarga ajratadigan bez. Misol tariqasida ter bezlari va tuprik bezlari. Tuprik bezlarida tuprik bez ichida hosil bo'ladi va u tupurik kanaliga sirlanib, yuzaga chiqadi. Tuprik bezlari, ter bezlari, sut bezlari va buyrak usti bezlari tashqi sekretsiya bezlariga misol bo'la oladi. Ekzokrin bezlarning ikki turi mavjud, oddiy turi va birikma turi. Naychali, tarvaqaylangan quvurli va o'ralgan naychalar tashqi sekretsiya bezlari uchun, naychali va alveolyarcha esa tashqi sekretsiya bezlari uchun misoldir.

Buyrak usti bezi


Bu bez qalpoq shaklida buyrak ustida joylashgan. Unda old va orqa, pastki yuzalar mavjud. Ogirligi 3-5 g, usti gadir-budir. Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o`simtalar uni bir nechta bo`laklarga ajratadi. Bez ogirligi chaqaloqlarda 3-4 g, 8-10 yoshgacha 1-1,5 marta kattalashadi, 20 yoshda 11-13 g bo`ladi. Karilikda bez kichraya boradi. Po`stloq qismi mezodermadan rivojlanib, turli garmonlar ishlab chiqaradigan qon tomir va nervlarga boy epitiliy hujayralardan paydo bo`lgan 3 soxadan iborat. Bu qismdan chiquvchi aldosteron garmoni suv, tuz almashinuvini gidrokardizon esa oqsil, yog` va uglevod almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi.
Bezning miya qismi ekdodermadan rivojlanadi, bu qismga adrenalin va noradrenalin garmonlari ishlanib chiqadi. Adrenalin yurak qisqarishini oshiradi, qon tomirini toraytiradi, bironxlarni kengaytiradi.
Me`da osti bezi
Me’da osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli bez hujayralari bo`lib, ular ishlab chiqargan garmonlar qonga shimiladi, shuning uchun bir xildagi bez to`plami inkretor funktsiali me’da osti bezi orolchasi deb ataladi. Orolcha bezlari insulin va glyukagon garmonlarni ishlab chiqaradi. Orolcha hujayrasining insulin ishlab chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko`p miqdorda gulyukoza tashqarga chiqadi. Bu hol qand kasalligi kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Jinsiy bezlarning endokrin qismi
Erkaklar urug` bezi (moyak)dagi urug` ishlab chiqaradigan kanalchalar oralig`ida joylashgan to`qimada testosteron garmoni ishlab chiqaradigan hujayralar bo`ladi. Garmon ta`sirida ikkilamchi jinsiy belgilar, jinsiy a`zolarning normal rivojlanishi ta`minlanadi. Urug` bezi olib tashlanganda yuqorida ko`rsatilgan belgilar rivojlanmaydi. Ayollar tuxumdonidan folekulalarda folekulin garmoni ishlanib chiqadi. Folikulin jinsiy organlarining normal rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy belgilari hosil bo`lishini va nerv tizimi qo`zg`alishini ta`minlaydi. Tuxumdonda yetilgan tuxum hujayra pardasini yorib chiqadi va bachadon nayi kipriklari yordamida naychaning ichida o`tadi. Tuxum hujayra otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chin sariq tana yoki aksincha, otilib chiqqan tuxum hujayra otalanmasa, soxta sariq tana paydo bo`ladi.
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida saqlanadi. Undan chiqqan garmon homilaning normal rivojlanishini ta`minlab, yangi tuxum hujayra yetilishini to`xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa homila o`sishdan to`xtaydi. Soxta sariq tanada ishlanib chiqqan garmon esa yangi tuxum hujayrani yetilishiga ta`sir etadi.
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARINING FUNKTSIONAL AHAMIYATI.N


Yüklə 36,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin