Jahon turistik tashkilotining turizmni barqaror rivojlantish kompsepsiyasiga ko`ra: “Turizmning barqaror rivojlanishi kelajak uchun imkoniyatlani saqlab turish va yaxshilab borish davri mobaynida hozirgi paytda turistlar va ularni qabul qiluvchi hududlar ehtiyojlariga javob berishi bilan ifodalanadi” deb belgilab berilgan.
Demak barcha davlat hududlar o`zining turistik qobiliyatini rivojlantirishi turistlar oqimini qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatishni sifati bilan belgilanadi. So`ngi yillarda O‘zbekistonda ham turizmni rivojlantirish davlat siyosatidagi masalar sirasida yuqori qatorlarda namoyon bo`la boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2018 yil 7 fevralidagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillari sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqoralarning mamlakatning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirishni yanada takomillashrish va rivojlanishga qaratilgan chora-tadbirlariga alohida to`xtalib o`tilgan.[1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2020-yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” farmonida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari tomonidan turistik xizmatlar sifatini yaxshilash, turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish, milliy turistik mahsulotlarni chet elda faol targ‘ib qilish va respublikaga kelayotgan xorijiy sayyohlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar belgilangan bo`lib,[2] ichki turizmni rivojlantirish davlatimiz ahamiyatidagi muhim masalalardan biri bo`lib turubdi.