www.ziyouz.com kutubxonasi 29
so‘zlarini mahkam tutish lozim deb bilishgan. Bunda maxsus yo‘l va maxsus shartlar
bor, lekin bu bob ularni zikr qilish o‘rni emas.
Qo‘shimcha ilmlar asos ilmlarni tushunishdan hosil bo‘ladi. Bunda asosning lafziga e’tibor
qilinmaydi. Balki aql dalolat qiladigan ma’nolar e’tiborga olinadi. Chunki so‘zning ma’nosi
kengayib, aytilganidan boshqasini ham tushunish mumkin. Bunga Payg‘ambarimizning
(sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadislari misol bo‘ladi: «Qozi g‘azabli holatida hukm
chiqarmasin».62 Bu hadisdan qozi qo‘rqqan, och qolgan va biror kasallik tufayli alam
chekayotgan holida ham hukm chiqarmasligi tushuniladi. Bu tushunchalar g‘azablangan
holatida hukm chiqarib bo‘lmasligiga qo‘shimchadir.
Qo‘shimcha ilmlar ikki qismga bo‘linadi:
1. Dunyo ishlarini tartibga solishga taalluqli ilmlar. Bu ilmlarni fiqh kitoblari o‘z ichiga
olgan bo‘lib, ular bilan shug‘ullanuvchi kishilar faqihlar deb ataladi. Bular dunyo
olimlaridir.
2. Oxirat ishlariga taalluqli ilm.[i/] Bu ilm qalb holatlarini, yaxshi-yomon xulqlarni, Alloh rozi bo‘ladigan va sevmaydigan ishlarni o‘rgatadi. Kitobning oxirgi qismi bu haqdagi bahsni o‘z ichiga olgan. (Ya’ni, «Ihyou ulumiddin» kitobining oxirida qalbdan a’zolarga keladigan taqvo ilmi bayon qilingan. – Tarj.) 62. Muttafaqun alaih
Muqaddimot boshqa ilmlarni o‘rganishda vosita bo‘lgan ilmlardir. Bunga til, nahv
(grammatika) misol bo‘ladi. Ular asli diniy ilmlar emas, balki Qur’on va hadis ilmlarini
tushunishda bir vositadir.
Shariatimiz arab tilida kelgani uchun bu tilning qonun-qoidalarini o‘rganish lozim.
Shariat hukmlari tilni bilish orqali tushuniladi. Demak, vosita bo‘lgan tilni o‘rganish kerak
ekan. Yozishni o‘rganish ham muqaddima ilmlaridandir. Lekin yozish til kabi zaruriy
emas. Chunki Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) yozishni bilmaganlar.63
Eshitilgan hamma narsani yodda saqlab qolish mumkin bo‘lganida, yozuvga bo‘lgan
ehtiyoj yana-da ozayardi. Demak, buning imkoni yo‘q ekan, yozishni bilish ham zaruriy
bir ehtiyojdir.
To‘ldiruvchi ilmlarning birinchi qismi Qur’on ilmi haqida bo‘lib, u uch qismga bo‘linadi:
a) qiroat ilmi. Harflarning maxrajini o‘rganish kabi Qur’on lafziga taalluqli ilmlar;
b) tafsir kabi Qur’onning ma’nosiga taalluqli ilmlar. Tafsir ham naqlga suyanadi. Zero,
tilning o‘zi bu ishni bajara olmaydi;
v) nosix, mansux, omu xos, nass (dalil), zohir va bularning bir-biri bilan aloqasini
o‘rganish kabi Qur’on hukmlariga taalluqli bo‘lgan ilmlar. Bu ilm usulul fiqh (fiqh
asoslari) deb nomlanadi va sunnat ham uning ichiga kiradi.
63. ibn Murdavayh Abdulloh ibn Umardan marfu’ holda rivoyat qildilar. Shu ma’nodagi hadislarni Ibn Hibbon, Doraqutniy, Hokim
Bayhaqiy va Buxoriylar sahihlarida rivoyat qilishdi.
Hadis va asarlardagi to‘ldiruvchi ilmlarga rijal ilmi (roviylar haqidagi ilm), ularning
ismlari, nasablari, sahobalar ismlari va sifatlari, roviylarning adolatli ekani haqidagi ilm,
zaif hadis bilan kuchli hadisning orasini ajratish uchun roviylarning holatlarini bilish ilmi,
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy