Ii. Asosiy qism


Gimnastika turlari va о‘tkazish metodikasi



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə4/7
tarix26.11.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#136306
1   2   3   4   5   6   7
Ii. Asosiy qism

3.Gimnastika turlari va о‘tkazish metodikasi
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, gimnastika taraqqiyotida uch yo‘nalish ko‘zga tashlana boshladi:
• gigiyenik yo'nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi);
• atletik yo'nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan, gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarni qo‘llash yo‘li bilan insonning harakat sifatini rivojlantirish vositasi, deb hisoblanardi);
• amaliy yo‘nalish (gimnastika urushda uchraydigan turli to’siqlardan oshib o‘tishni askarlarga o‘rgatish vositasi hisoblanardi).
O‘zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi
Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O‘zbekistonda gimnastikaning davolash, sog‘lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo‘nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga ega. Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlarni katta bayram va to'ylarda tashkillashtirishgan. Navro‘z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo‘yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon o ‘yinlari, dorbozlar chiqishlari kabi ko‘ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib turilgan.
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunIari»da jismoniy tarbiyaga katta e ’tibor bergan. O‘z kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini ko‘rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy mashqlarni sog‘lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so‘z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlarni odam organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan .
Gimnastikaning asosiy vositalari 
Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida odamning hayotiy muhim harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‘p mashqlar odamlarning mehnat, harbiy va turmush faoliyatidan (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish) va hokazolardan olingan.
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga hamda harakatlantiruvchi faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
Saf mashqlari – safda birgalikda bajariladigan, shug‘ullanuvchilarda faoliyat strukturasiga muvofiq bo‘lib harakat qilish malakalarini, qad-qomatni rostlovchi, ritm va sur’at hissasini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir.
Umumrivojlantiruvchi ayrim bo‘g‘in, qismlarda bajariladigan, ya’ni har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning funksional imkoniyatlarini kengaytirish va qad-qomatni tarbiyalash uchun qo‘llaniladigan mashqlardir.
Erkin mashqlar – tanani ayrim a’zolari bilan qilinadigan turli harakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‘shib bajarishdir.
Amaliy mashqlar – yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, oshib o‘tish, emaklab o‘tish, muvozanat saqlash, to‘siqlarda oshib o‘tish va hokazolar.
Sakrash (tayanmay va tayanib) sakrovchilarni rivojlantirish, shuningdek, oyoq va qo‘llarning kuchini, harakat tezligi aniqligini, chaqqonlik va dadillikni rivojlantirish uchun qo‘llaniladi.
Snaryadlarda bajariladigan mashqlar – sport gimnastikasining eng xarakterli vositalaridir. Ulardan ko‘zda tutilgan va statik holatlarni ham o‘z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi.
Badiiy gimnastika mashqlari – gimnastika asboblari (arg‘amchi, gardir, to‘p, cho‘kmarlar va h.k.) bilan va gimnastika asboblarisiz ijro etiladigan mashqlar.¹
¹Morgunova I.I. Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi – Tashkent, 2011 y . 31 b.

Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin