Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o’zaro aloqadorligi reja



Yüklə 47 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü47 Kb.
#135553
ILMIY VA IJTIMOIY BASHORATNING O’ZARO ALOQADORLIGI


ILMIY VA IJTIMOIY BASHORATNING O’ZARO ALOQADORLIGI


REJA:

  1. Bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon iqtisodiyoti

  2. Bashoratning turlari.

  3. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida

Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari. O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar, bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan. Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi. Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1) mifologik bashorat,1) kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho-
Rat. Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi. Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat qilishicha, 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar. Shuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy

Ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin, deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.


Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi. Kundalik bashoratlarga xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada yomg‘irlar tugaydi. Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga asoslanadi. Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da, keyinchalik unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.


Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir. Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi. Holbuki, aqlni lol qoldiradigan dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz tabibi Mishel Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan. O‘zining mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik kashfiyotlari – suv osti kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas, balki fransuz va rus inqiloblarini, shuningdek, de Goll, Franko, Lenin, Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini ham bashorat qilgan. O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul olish, ikki surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini bashorat qilgan. Afsus ki, bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan. Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga qabr qazgan, o‘z «xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya» atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga «fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni anglatadi. Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim vositasi hisoblanadi.


Prognozlashtirishning metodlari:



  1. Ekstrapolyasiya metodlari.




  1. Tarixiy analogiya.


  1. Modellashtirish.




  1. Ekspertiza usulida baholash.


  1. Kelajak ssenariylari.

Ekstrapolyatsiya metodlari – qonuniyatlari o‘tmishda va hozirgi davrda yaxshi ma’lum bo‘lgan tendensiyalarni kelajakka tatbiq etishga asoslanadi. Masalan, biron-bir tizimga o‘tmishda muayyan o‘zgarmas tezlik yoki tezlanish bilan rivojlanish xos bo‘lgan bo‘lsa, bizda bu tezlik yoki tezlanish kelajakda ham muayyan vaqt oralig‘ida o‘zgarishsiz qoladi, deb hisoblash uchun asoslar bor. Shunday qilib, o‘sish (pasayish) egri chiziqlarini grafik yoki analitik usulda davom ettirish va prognoz ob’ekti bo‘lg‘usi holatining miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqarish mumkin. Shunga qaramay, agar o‘rganilayotgan tendensiya boshqa tendensiyalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishish natijasida o‘zgarsa va bu o‘zaro ta’sirni lozim darajada o‘rganish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ekstrapolyasiya metodi uncha samarali bo‘lmasligi mumkin.


Tarixiy analogiya – bu taqqoslash yo‘li bilan bilish. Taqqoslanayotgan ijtimoiy hodisalar o‘rtasida farq ham, o‘xshashlik ham mavjud bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun asos bo‘luvchi omillar taqqoslanishi lozim bo‘lgan hodisalarga qaraganda tanishroq bo‘lishi lozim. Tarixiy analogiyaning ijtimoiy bashoratga moslashuvchanlik darajasi cheklangan. Bu tabiiy bir holdir, zero kelajakka boshqa tarixiy sharoitlar yo‘ldosh. Tarixiy analogiya ko‘proq tarixiy faktni faol tanqidiy tahlil qilishga ko‘maklashadi.


Modellashtirish metodi bilish ob’ektlarining o‘zini emas, balki ular ning modellarini o‘rganishga asoslanadi. Tadqiqot ob’ektini modellashtirish – uni prognostik xususiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqarish uchun qulay bo‘lgan sodda, sxematik ko‘rinishda gavdalantirish demak. Tadqiqot natijalari, modeldan ob’ektga ko‘chiriladi. Prognoz qilishning modelli metodlari shakllarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Modellashtirishning moddiy, fizik, belgili (matematik), imitatsion, kompyuterda modellashtirish kabi turlarini farqlash mumkin.


Ekspertiza usulida baholash – bu ilmiy metodning mohiyati ekspertlar (fan va texnikaning turli sohasidagi etakchi mutaxassislar) tomonidan muammoni tahlil qilish va so‘ngra natijalarni formallashtirilgan asosda qayta ishlashdan iborat. Ekspertlarning umumiy xulosasi muammoning mumkin bo‘lgan eng maqbul echimi sifatida qabul qilinadi. Bu metodlar guruhiga, odatda, quyidagilar kiritiladi: konsensus (kelajakka doir muayyan masala bo‘yicha ekspertlar umumiy bir to‘xtamga kelishi); «aqliy hujum» (muammolarni echish vositasi va prognoz qilish usuli, ayniqsa, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatni ko‘rib chiqishga ehtiyoj tug‘ilgan holda). Metodning mohiyati shundan iboratki, muammoga doir har qanday, hatto «g‘alati» g‘oyalar ilgari suriladi; bu g‘oyalar rivojlantiriladi, o‘z g‘oyalarini taklif qilish mumkin, lekin ularni tanqid qilishga ruxsat etilmaydi; «Delfi» metodi (qadimgi YUnonistonning mashhur Orakuli ismi bilan atalgan). U ekspertlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazishga asoslangan. Bunda oldinma-ketin so‘rov jarayonida har bir ekspert boshqa ekspertlarning fikrlari bilan tanishtiriladi; bir nechta sikllar natijasi o‘laroq ustuvor fikr aniqlanadi. Ekspertiza usulida baholashning yana bir o‘ziga xos metodi – sotsiologik so‘rov mavjud bo‘lib, u so‘nggi yillarda bizda ham, chet elda ham tobora keng qo‘llanilmoqda.


Kelajak ssenariylari – bu kuzatilayotgan tendensiyaning ehtimol tutilgan kelajagi haqidagi u yoki bu tusmolni asoslovchi dastlabki farazlarning tartibga solingan yig‘indisi. Ssenariylar: a) u yoki bu nazariy vaziyatni qay yo‘l bilan bosqichma-bosqich amalga oshirish mumkinligini; b) voqealarning muayyan rivojiga yo‘l qo‘ymaslik, ularni engillashtirish yoki chetlab o‘tish uchun voqealarning har bir ishtirokchisi uchun har bir bosqichda qanday variantlar mavjudligini aniqlaydi.


Shunday qilib, ssenariy murakkab tizimlarni o‘rganishga nisbatan tizimli va tarixiy yondashuvlarni birlashtiruvchi ko‘p variantli prognozdir; aksariyat hollarda u tavsifiy xususiyat kasb etadi va kompleks prognozlarni tuzishda keng qo‘llaniladi. Shuni qayd etib o‘tish lozimki, ko‘rib chiqilgan metodlarning birortasi ham alohida holda prognozning yuksak darajada ishonchliligini ta’minlay olmaydi. Shu sababli amalda, odatda, murakkab, kompleks metodlardan foydalaniladi. Mazkur yondashuv ayrim metodlarning kamchiliklarini bartaraf etish va prognozlarning ko‘proq darajada aniqligi va ishonchliligini kafolatlash imkonini beradi. Ijtimoiy hodisalar va jarayonlarning rivojlanish imkoniyatlarini prognoz qilish natijasi prognoz hisoblanadi. U kelajak u yoki bu muammolarining rivojlanishi va ularni echishning mumkin bo‘lgan barcha variantlarini, ularning bir-birini istisno etuvchi variantlarini, stixiyali va ongli jarayonlarni, ularning vaqt va ko‘lam parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Kelajakning ijtimoiy prognozlar taklif qilayotgan tavsifining mazmuniga qarab, ular insonni yo unga faol intilishga, yo uning yuz berishiga qarshi harakat qilishga, yo uni passiv kutishga da’vat etadi. Shu sababli har qanday ijtimoiy prognoz ilmiy bilishga doir mazmunni ham, muayyan mafkuraviy vazifani ham o‘zida birlashtiradi. Bunda bilishga doir funksiya ustunlik qilishi ham, mafkuraviy funksiya ustunlik qilishi ham mumkin. Turli prognozlarning mazmuni va vazifasidan kelib chiqib, ularning to‘rt asosiy tipini farqlash mumkin.

Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob beradi. Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari yo‘nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan maqsadlarga erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi.


ILMIY BASHORATNING GLOBALLASHUV JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Jahon tarixiy taraqqiyotining hozirgi bosqichi insoniyat hayotining barcha jabhalarida globallashuvning vujudga kelishi bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv XX asrda insoniyat faoliyati natijasida hamda taraqqiyot yuksalishi tufayli paydo bo’lib butun dunyo mamlakatlarini o’zaro bog’lab qo’ydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bu haqda shunday fikr bildirganlar: «Totalitar tuzum yemirilgandan keyin dunyoning qutblarga bo’linishi barham topdi. Xo’sh, XXI asrda u qanday bo’ladi? Biz qayoqqa qarab ketayapmiz? Biz yashayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? So’ngi vaqtlarda jahonda yuz bergan, dunyoning jo’g’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik? Bular haqida mulohaza yuritish va ularga to’g’ri baho berish juda muhim» .


«Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch» asarida esa globallashuv jarayonining mohiyati va ahamiyati haqida to’xtalib uni faqat ijobiy voqelik sifatida qarashga hali erta, u ziddiyatlarga to’la, goho esa milliy taraqqiyotga, milliy madaniyatga, ma’naviyatga salbiy ta’sir etuvchi belgilarining mavjudligini e’tirof etadilar. «Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Dunyoda yuz berayotgan globallashuv kelajakda qanday natijalarga olib kelishini barcha siyosatshunoslar va olimlar ilmiy bashorat qilib bermoqdalar. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat, ratsional mag’iz bor. Chunki ularning har biri o’zida bugungi serqirra va rang — barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko’pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg’otmoqda» . Darhaqiqat, bugungi kunda globallashuv insoniyat taraqqiyotining tarixiy-tadrijiy davomi, yangi bosqichi sifatida yuzaga kelgan real voqelik bo’lib, u turli ko’rinishda, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mazkur jarayon iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, informatsion mafkuraviy sohalarda namoyon bo’lmoqda.Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek globallashuv jarayonlarining ijobiy xususiyatlari juda ham ko’p bo’lib, davlatlar va xalqlar o’rtasida integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, ilm fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi va turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg’unlashuviga olib kelsada, uning salbiy jihatlari ham mavjud bo’lib, ekologik va ijtimoiy hayotning ko’p sohalariga salbiy ta’sirini o’tkazishi mumkin.


Ekologik muammolarning globallashuvi insoniyat sivilizatsiyasining hozirgi tarixiy rivojlanish bosqichida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ya’ni ekologiya bilan bog’liq masalalar: tabiat ekotizimi yemirilishining kuchayishi, biologik xilma-xillikning qisqarishi, global iqlim o’zgarishi, turli sanoat ob’ektlardagi halokatlar, moddiy ishlab chiqarish, maishiy turmush faoliyatining biosfera ekologik muvozanatiga, aholi salomatligiga salbiy ta’siri dunyo hamjami- yatini tashvishga solmoqda. Insonning tabiatni noratsional texnogen o’zgartirishi natijasida, tabiatning insoniyatga aks ta’siri kuchayib, ijtimoiy siyosiy muammolar keskinlashmoqda. Orol dengizining qurib, yerlarimizning sho’rlanishi bizning mamlakatda ham shunday muammolarni yuzaga keltirmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo’ylab globallashuv jarayoni keng quloch yoyib, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrda unda kechayotgan har bir jarayonning mazmun-mohiyatini anglab yetish uning mamlakat, qolaversa, butun jamiyat va kelajak uchun salbiy ta’sir ko’rsatuvchi


Jihatlarini aniqlash uni oldindan ko’ra bilish bugunning talabidir. Jumladan, bir qancha salbiy illatlarni o’z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi ma’naviy tahdidlarning kirib kelishi bugungi davrda mamlakat milliy madaniyati va ma’naviyati uchun xavf soluvchi jarayondir. «Ommaviy madaniyat» niqobi ostida tarqalayotgan ahloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egotsentrizmni targ’ib qiluvchi g’oyalar o’sib kelayotgan yoshlar ongiga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Mazkur jarayon milliy ma’naviyat, milliy qadriyatlar tizimi va yosh avlod ahloqiy tarbiyasi masalalari jiddiy xavf ostida qolayotganligini anglatadi. Milliy ma’naviyatini yo’qotgan xalq esa «ommaviy madaniyat» ummoniga singib ketadi va tiklab bo’lmas natijalar girdobida qoladi.Globallashuv jarayonida yuzaga kelayotgan yana bir xavf mavjudki, hozirgi kunda minglab odamlar va butun dunyo bundan aziyat chekmoqda. Desak, mubolag’a bo’lmaydi. Bu turli informatsion xurujlar shaklida ta’sir etayotgan go’yoki demokratiya, erkinlikni va farovonlikni ilgari surish va targ’ib qilish orqali ko’proq hali hayotiy tajribaga ega bo’lmagan yoshlar va o’z nafsining quliga aylangan odamlarni turli aldovlar orqali o’z mafkuralariga ishontirib tinch hayotni izdan chiqarishga intilayotgan tashkilot va turli ekstremistik kuchlarning siyosiy harakatini ko’rsatish mumkin. Hozirda davom etayotgan Suriyada, Misrda, Liviyada, Afg’onistonda kechayotgan siyosiy ahvol bunga misol bo’la oladi, bularning barchasi bizni yana bir bor sergaklikka undaydi.Barchaga ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti eng avvalo, fan, ilmiy bilimlarni rivojlantirish orqali erishiladi. Zero, fan, ilmiy bilimlarsiz kelajakka yo’l ochish mumkin emas. Globallashuv jarayonida ijtimoiy hayotning boshqa sohalari singari fan va ilmiy bilimlar keng taraqqiy etmoqda. Olamni bilish va uning mohiyatini chuqur o’rganishning bir qancha usullari bo’lib, ilmiy bashorat ham bilishning usuli sifatida alohida o’rin tutadi. Hozirda ilmiy bashoratning negizini izchil ilmiy nazariya tashkil etadi. Ushbu nazariya bilishning mantiqan bog’langan, bir-birini taqozo etuvchi qonunlar zanjiridan tashkil topgan bo’lib, ulardan muayyan hodisalarning xossalari, munosabatlari va boshqa xususiyatlari haqida axborotni ifodalovchi oqibatlar keltirilib chiqariladi. Kelajakka nisbatan olganda ular ilmiy bashorat tarzida


Amal qiladi. Ilmiy bashorat o’z tabiatiga ko’ra noma’lum narsalarni aniqlash bilan bog’liq ob’ektiv jarayon, ya’ni kelajakka nazar tashlaydigan va uning rivojlanish qonunlarini bilish asosida ularni o’z ehtiyojlariga moslashtiradigan kuchdir.Demak, biz globallashuvning kelajakda keltirib chiqaradigan ijobiy va salbiy oqibatlarini ilmiy bashorat qilish orqali ko’ra olishimiz, ular haqidagi nazariyalarni yaratishimiz va kelajak avlodga yetkazib berishimiz, shu bilan bir qatorda salbiy oqibatlarning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishimiz lozim.


Xulosa qilib aytganimizda, jamiyatimizda ro’y berayotgan globallashuv jarayonlarida tabiat ongli ravishda munosabatda bo’lish, ulardan oqilona foydalanish, ma’naviy xurujlardan saqlanish uchun milliy g’oya targ’ibotini takomillashtirish, ilm fan yutuqlaridan maqsadli xalq manfaati yo’lida foydalanish orqali globallashuvning salbiy oqibatlarini oldini olish mumkin.


Futurologiya: tarix, bugun va kelajak


Insoniyat uni ertaga nima kutayotganini bilishni xohlaydi. Bu qiziqish tafakkur paydo bo’lgandan beri mavjud. Shu yo’lda ular yulduzlarni kuzatib ertangi ob-havoni, kuzning qanday kelishiga qarab qishning qanday bo’lishini bilishga, jonivorlar harakatlariga qarab falokatlardan ogoh bo’lishga uringanlar. Kelajakka bo’lgan intilish nafaqat tabiatga nisbatan, balki insonlar taqdirini bilishga ham qaratilgan edi. Bu yo’lda folbinlar, munajjimlar faoliyat ko’rsatgan. Antik adabiyotni kuzatadigan bo’lsak ham voqealarni oldindan bilishga bo’lgan harakatlarni yaqqol ko’ramiz. Sofoklning «Shoh Edip» asarini olib ko’raylik. Unda yangi tug’ilgan chaqaloqning taqdiri aytib beriladi va bu bashorat oxir-oqibat yuzaga chiqadi.Bugungi kun odamini ham kelajak qiziqtiradi. Lekin bu jarayon anchagina ilmiy tus olib, fan sifatida shakllangan. Ilmiy bashorat qilishni yaqin o’tmishning mevasi desak, xato qilamiz. Uning ildizlari ancha chuqur tomir otgan. Bir xitoy mutafakkiridan shogirdi so’ragan ekan:


Tayyorladi: Ravshanbekova Ma’mura.
Yüklə 47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin