O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish dasturi. O’zbekistonda axborot texnologiyasi rivojlanishini tezlashtirish va zamonaviy darajaga ko’tarish uchun Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir qator qarorlar qabul qilingan. 1994 yilda Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasini axborotlashtirish konsepsiyasini qabul qilgan. Konsepsiya asosida “O’zbekiston Respublkasini axborotlashtirish Dasturi” ishlab chiqilgan.
Dastur uch maqsadni o’z ichiga oladi:
milliy axborot hisoblash tarmog’i;
EHM ni matematik va dasturiy ta’minlash;
shaxsiy kompyuter.
Milliy axborot hisoblash tarmog’i davlat aloqa tizimi negizida ishlaydigan va yagona qoidalarga rioya qilish asosida qurilgan davlat va idoraviy xususiyatga ega bo’lgan axborot hisoblash tarmoqlarini mujassamlashgan ochiq tizimidir.
EHM ni matematik va dasturiy ta’minlash axborotlashtirish masalalarining matematik modeli, hisoblash algoritmi va echim olish dasturini yaratishdan iboratdir.
Dasturning shaхsiy kompyuter qismi informatika industriyasini yaratish va rivojlantirishdan iborat.
Axborot va uning xossalari. «Axborot» so’zi fotincha “information” so’zidan olingan bo’lib, biror ish holati yoki kishi faoliyati haqida ma’lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma’lumot, degan ma’noni anglatadi. Informatika nazariyasida saqlash, qayta tuzish va uzatish ob’ekti sanalgan barcha ma’lumotlar axborot deb yuritiladi.
Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va x.k.) orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit (ob’ektlar, voqea-hodisalar) to’g’risidagi ma’lumotlardir.
Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi:
axborot - bu har qanday ma’lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma’lumotdir;
axborot uni yaratuvchisidan tashqarida mavjud bo’ladi, u o’z yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;
axborot xabarga aylanadi, chunki u belgilar ko’rinishida ma’lum bir tilda ifodalangan;
xabar moddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin (xabar axborotni uzatish shaklidir);
xabar uning muallifi ishtirokisiz aks ettirilishi mumkin;
u jamoat kommunikasiyasi kanallari orqali uzatiladi.