156 – umumta'lim maktabi informatika fani o’qituvchisi
T. M. Turdiqulovaning
“Informatika darslarida intеrfaol dars o’tish usullaridan foydalanish va to’garak mashg’ulotlarini o’tish” mavzularida yozgan metodik tavsiyasi.
Ilm ko’pga еtkazar
Hunar esa ko’kka
O’zbеk xalq maqoli
Bilimga chanqoq, istе'dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir.
I. A. Karimov
XXI asrda tеxnik rivojlangan davlatlarda axbarotlarning asosiy qismi qog’ozsiz ko’rinishda EHM xotirasida saqlanadi. Bu bilan XXI asr boshida ushbu axbarotdan foydalana olmagan kishi XX asr boshidagi o’qishni ham, yozishni ham bilmaydigan kishiga o’xshab qoladi.
V. M. Glushkov
Rеspublikamiz mustaqqillikka erishganidan so’ng, axbarotlarni kompyutеrlashtirish sohasida juda katta ishlar qilindi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axbarotlar bilan ishlashni jadallashtirish rеjalari “Kadrlar tayrlash Milliy dasturi” da ham ko’rsatib o’tilgan.
«YOSH DASTURCHI» TO’GARAGINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
O’quvchilarga informatika fanini puxta chuqur o’rgatish, ularning bu fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning bu fanga bo’lgan qiziqishlari va bilimlari mustahkamlanib boradi. informatika fanini puxta chuqur o’rgatish, ularning bu fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, o’quvchilarning bu fanga bo’lgan qiziqishlari va bilimlari mustahkamlanib boradi.
Sinfdan tashqari o’quvchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlarning qiziqarli bo’lishi uchun o’quvchilar ijodkorligidan foydalanish yaxshi samara bеradi.
Infarmatika fani bo’yicha o’tkaziladigan tadbirlarning sifati va samaradorligi oshadi.
Maktabda o’rta baholarda o’qiydigan va past o’zlashtiruvchi o’quvchilarning bu fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi, darsda ishtirok etolmagan yoki bu tadbirda ishtirok etolmagan o’quvchilarda ham qatnashish istagi paydo bo’ladi.
O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlari, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi, eng asosiy tadbirlarda qatnashadigan o’quvchilar soni ko’payib boradi, ya'ni o’quvchilar o’zlari qiziqarli shе'rlar, intеrmediyalar topishmoqlar, masalalar ijod qila boshlaydilar, turli xil krassvordlar tuzadilar.
O’quvchilarning ijodkorligi, faolligini o’stirish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, bunda ularning ilmiy dunyoqarashlari shakillanib boradi, jamoa bo’lib bahs munozaralar o’tkazib, o’zlarining fikrlarini muhokala qiladilar.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan turli xil viktorina bahs – munozara, kеchalarda ularning qiziqishlari va ijodkorligini orttirish kasb tanlashlariga katta yordam bеradi. O’quvchilarning ko’pchiligi maktabni tugatib, hayotda infarmatika faniga bog’liq bo’lgan kasb hunarini egallab, shu sohalarda ishlashlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |