Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish


Лойиҳа тури ва унинг асосий белгилари



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə21/40
tarix01.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#131003
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Informatika fanlarining mazmunini loyihalashtirish




Лойиҳа тури ва унинг асосий белгилари














Лойиҳанинг асосий белгилари

Лойиҳа тури

Фан жиҳатидан мазмунли соҳа

Бир фан доирасида, баъзан бошқа фандан билимларни жалб этиш орқали

Ягона лойиҳа

Бир неча билимлар соҳасига тааллуқли бўлган

Фанлараро

Лойиҳа миқёси

Лойиҳанинг ҳажми

Кичик, ўрта, йирик

Иштирокчилар сони

Якка, гуруҳ бўлиб

Амалга ошириш даврининг изчиллиги

1-2 ҳафта давомида ишлаб чиқилади

Қисқа муддатли

Бир ой давомида ишлаб чиқилади

Ўрта муддатли

Бир ойдан кўпроқ вақтда ишлаб чиқилади

Узоқ уддатли

Ўқув режасига киритилганлиги

 Лойиҳа устида аудиториядан ташқари мустақил ишлаш фанни ўрганиш якунида, унинг натижалари тақдимоти ва баҳоланиши – якуний семинар/амалий, лаборатория машғулотларида режалаштирилади. Якуний назорат доирасида баҳоланиши мумкин

Якуний

 Ўқув курсидан таълим бериш мазмунининг бир қисми аудиториядан ташқари лойиҳавий мустақил ишга ажратилади (дарс мавзуси, бўлим). Натижалар мазкур ўқиш даврига режалаштирилган семинар/амалий/лаборатория машғулотларида тақдим этилади

Оралиқ

Аудиториядан ташқари мустақил фаолият доирасида ҳажми бўйича катта ўқув бўлими ёки бутун курс давомида бажариш режалаштирилади. Оралиқ натижалар семинар/амалий/лаборатория машғулотларида тақдим этилади ва баҳоланади

Очиқ (бевосита)







































Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari
Reja
1.1.Pedagogik faoliyat.
1.2.Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar.

1.1.Pedagogik faoliyat.Pedagogik faoliyat turlari. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 5-moddasi “Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi” deb nomlanib, “Kim pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin?” degan savolga javob beradi [1].
5-модда. Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir.
Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bo‘lib, u o‘zida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni o‘qitish usullarini mukammal egallashni talab etadi [64].
Zamonaviy pedagogik(P) va axborot texnologiyalari(AT)ning ta’lim jarayoniga shiddat bilan kirib kelayotganligini hisobga olsak, pedagogning zamonaviy bo‘lmoqlik sharti bu bevosita pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishini hisobga olishimiz mumkin.
Yanada kengroq e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarning integratsiyasidan foydalanish samarali natija berayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimizning “Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi” degan fikrlari buning yaqqol namunasidir.
Shunday ekan, ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi muhitini joriy etish va uning asosida ta’lim-tarbiya tizimida samarali natijalarni qo‘lga kiritishimiz lozim bo‘ladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin