25. “Keys-stadi” metodidan qanday vaziyatlarda foydalanish mumkin? *a) vaziyat sifatida ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan tahlil uchun foydalanish mumkin
b) aniq voqea-hodisadan tahlil uchun foydalanish mumkin
c) vaziyat sifatida ochiq axborotlardan foydalanish mumkin
d) noaniq voqea-hodisalardan tahlil uchun foydalanish mumkin
26. Tushunchalar tahlili metodning maqsadi nimalardan iborat? *a) tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirishdan
b) mavzu bo‘yicha bilimlarni tekshirishdan
c) o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlashdan
d) o‘z bilimlarimizni mustaqil ravishda baholashdan
27. Aqliy hujum metodini izohlang. *a) biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelish
b) biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikrlar yig‘indisi
c) biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan mulohazalarni to‘plash
d) biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikrlar orqali ma’lum bir yechimga kelish
28. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligini ko‘rsating. *a) barcha javoblar to‘g‘ri
b) o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi
c) muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishiga olib keladi
d) o‘z-o‘zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo‘ladi
29. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklarini aniqlang. *a) ba’zi kichik guruhlarda kuchsiz ta’lim oluvchilar bo‘lganligi sababli kuchli ta’lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli borligi
b) o‘quvchilarni guruhlarga noto‘g‘ri taqsimoti
c) guruhlarga berilgan vazifalarni noto‘g‘ri taqsimoti
d) a’lochi o‘quvchilar ham past baho olishi
30. Bahs-munozara metodi o‘quvchilarga nimani aniqlashga yordam beradi? *a) o‘z fikrini to‘g‘ri va noto‘g‘ri ekanligini aniqlab olishga
b) bahslashuv klublarini tashkil etishga
c) hodisa va voqealarni aniqlashga
d) noo’rin fikrlarga qarshi kurashga