Lokal tarmoq hamkasblarning
terminallariga,
muassasalardagi
ixtisoslashgan ma’lumotlar bazasiga va markazlashgan xizmatlarga (asosiy
kompyuterlar, axborot fayllarga) kirish imkonini beradi. Lokal tarmoq idora
kommunikatsiyasini ta’minlaydi va katta axborot oqimlarini uzatishga qobil.
Hujjatlar asosan elektron shaklda tarqatiladi va saqlanadi. Biroq, qog‘ozdagi
hujjat axborotni namoyon etishning eng ommaviy shakli bo‘lib qolmoqda, shu
elektron hujjatlar oxirgi foydalanuvchiga yetib borguncha qog‘oz shakliga
kiradi.
Zamonaviy, ma’lum ma’noda, ideal idora boshqaruvi mutaxassislar va
idoraning
boshqa
xodimlari
mehnatini
kompleks
avtomatlashtirishni
ta’minlashlari lozim.
Rahbarlar va mutaxassislarning zarur axborotni olish uchun kompyuter va
boshqa asbob-uskunalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p hollarda idora ishini avtomatlashtirish ancha
samarali natijalar bermoqda.