Sinchiklab o'qish-o'quvchi, talaba matndagi qiziqtiradigan fikrni, ma'lumotni,
dalilni, topshiriqni topish maqsadida sinchiklab o'qiydi.Dalil, topshiriqlar, vazifalar
o'qituvchi tomonidan oldindan berilishi mumkin.Ma'lumot ko'proq topshiriq, vazifa,
dalil haqida olinadi. Matn bo'yicha umumiy ma'lumot kam olinadi. O'qish ovoz
chiqarmay amalga oshiriladi, sinfda o'tkaziladi, uyda o'qilib, sinfda tekshirilishligi ham
mumkin, u 7-8-9-sinflarda o'tkaziladi.Matnlar mazmuni turlicha bo'ladi.Ish butun
matnga
ko'z
yugurtirib
chiqishdan
boshlanadi.Keyin
matn
sinchiklab
o'qiladi.Tushunganlikni tekshirish mashqi sifatida eng ko'p hollarda ayrim qismlar esa
ona tiliga tarjima qilinadi.
Ko'z yugurtirib o'qishda eng kam ma'lumot olinadi.Oldindan fahmlash, xulosa
chiqarish, faqat kerakli ma'lumotni ko'z yugurtirib tezda topish ko'nikmalari
rivojlantiriladi. Topshiriqlar matn yoki maqolaning kim yoki nima haqida ekanligini tez
aniqlash, biron kishi yoki joy, narsa haqida matnda yozilgan joyni tez topish kabilar
bo'lishi mumkin.
Oliy o'quv yurtlarda ko'pincha analitik va sintetik (mustaqil, uyda o'qish -
domashnee chtenie) turlari o'tkaziladi. Analitik o'qishda talaba matn mazmunini
matndagi so'z iboralarni, qiyin abzaslarni analiz - tahlil qilish orqali tarjimasiz
tushunadi, matndan ma'lumot oladi. Sintetikda esa teskarisi to'g’ridan-to'g’ri, analiz
qilmay o'qib, ma'lumot olinadi.
Dostları ilə paylaş: