UNICEF Xalq ta’limi vazirligining defektolog va psixologlarning inklyuziv ta’limdagi roli to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashdi;
UNICEFning ko‘magi inklyuziv ta’lim bo‘yicha 5 yillik ish rejasi ta’lim sohasining umumiy rejasiga kiritilishini ta’minladi.
Istiqboldagi rejalar
tanlab olingan mintaqalarda inklyuziv ta’lim uslublarini tajriba sifatida joriy etish uchun Xalq ta’limi vazirligiga texnik yordam ko‘rsatish;
maktabga qatnamaydigan yoki shunday xatarga uchrayotgan bolalarga alohida e’tibor qaratadigan viloyat bolalar rivojlanish markazlarida tegishli o‘quv dasturlarini joriy etish;
o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan va imkoniyatlari cheklangan bolalar oddiy maktablarda bilim olishlari mumkin bo‘lishiga qaratilgan alohida dasturlarni «Speshial Olimpiks» ko‘magida O‘zbekistonda tajriba sifatida joriy etish.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.10.2021 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 638-son qaror qabul qilindi.
Hujjat 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan.
2020–2025 yillarda хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi:
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.
Qaror bilan Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi:
inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;
alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.
Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Xulosa qilib aytganda bu fanning davlat siyosati darajasida ko’tarilishi va bu yo’lda ishlab chiqilgan ko’plab tizimli islohatlar bu fanning kelajakda juda rivojlanishi va katta samara berishi kafolatlab turibdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Davlatning har bir fuqorasi u hoh nogiron bo’lsin unga har tomonlama yordam bera olishimiz mumkinligini jamiyatda o’zining o’rnini topa oladigan shaxs bo’la olishi yo’lida ko’plab ish qila olishimizni isbotlash uchun bu ishlar yetadi degan umiddaman. Yurt kelajagi yoshlar qo’lida shuning uchun har bir yosh avlodning yetuk kamol topishi yo’lida qilingan har bir ish kelajakga bo’lgan poydevor hisoblanadi. Poydevori mustahkam yurt hechqachon qulamaydi. Bu fan juda ham istiqbolli va juda zarur . Yoshlar o’rtasida jismoniy tabaqalanishni bartaraf etish mumkin .