Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish Reja: I kirish


Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish



Yüklə 143,87 Kb.
səhifə3/5
tarix09.12.2023
ölçüsü143,87 Kb.
#138576
1   2   3   4   5
Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish

Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish.
Mamlakatimizda Yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik
va texnologik yangilashni jadallashtirish va barcha tarmoqlarda tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Har qanday tarmoqni rivojlanishi bevosita shu sohaga tegishli
ilm-fan taraqqiyoti va ular negizida yaratilgan innovatsion texnologiyalar
asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotining
rivojlanishida ilm-fanning o‘rni katta ekanligini bugungi taraqqiyotimizda
o‘z aksini topmoqda. Sababi, har bir aniq soha doirasida olib borilgan
izlanishlarga asoslangan ilmiy-tadqiqot jamiyatning rivojlanishini
birlamchi omili hisoblanadi.
Zamonaviy sharoitlarda innovatsion faoliyatni me’yoriy-huquqiy
tartibga solish quyidagilarni ta’minlashi lozim bo‘lgan qonunlar va
me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va joriy qilishni nazarda tutadi:
innovatsion faoliyat mahsulotlarini sotishdan olingan foyda va
mablag‘lari ulushini imtiyozli soliqqa tortish hisobiga davlat, jamoat
korxonalari, korxonalar va xususiy shaxslar o‘z daromadlarining sezilarli
qismini innovatsion faoliyatga kiritishdan manfaatdorligi;
kooperatsiya bo‘yicha barcha hamkorlar va qatnashchilarning
innovatsion g‘oyani tovar ko‘rinishigacha yetkazish va soliq to‘lovlarini
kamaytirish yoki soliqlardan ozod qilish hisobiga ularni bozorda tijorat
asosida sotish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining kafolatlangan va imtiyozli
kredit olish imkoniyati;
ilmiy jamoalar, olimlar va mutaxassislarning ham intellektual mulk
huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;
innovatsion jarayon qatnashchilari, ijrochilarini hamda bu
jarayonlarni moliyalashtiruvchi investorlarni ham sug‘urta himoyasi va
umume’tirof etilgan ijtimoiy maqomini ta’minlash.
Aholi farovonligini oshirishning asosini mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirish va uning ilg‘or tarmoqlariga fan-texnika yutuqlarini olib
kirish tashkil etadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Bugun
biz davlat jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga
qaratilgan investitsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas,
albatta. Chunki, zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda
kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajigimizni barpo
etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar,
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik
natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar,
jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida
yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutgan.
Shuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ishlashiga qator
omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib
ko‘rsatish maqsadga muvofiq
 mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqarishning sust
tashkil etilganligi;
 ko‘pchilik TTMda ichki va xorijiy bozorlarga chiqish bilan bog‘liq
muammolar;
 TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurslar bazasining
yetarli emasligi;
 innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’yoriyhuquqiy asoslarni yetarli darajada emasligi.
Hozirda internet tarmog‘ida ommalashib borayotgan Cloud tizimi
iqtisodiyotda ham o‘z ta’siriga egadir. Bunga misol sifatida texnologiyalar
konsorsiumini tuzilishini keltirish mumkin. Unga ko‘ra, firmalar
gorizontal yo‘nalishda koalitsiyalartuzishadi. Bu koalitsiyalarning maqsadi
birgalikda innovatsiyalarni joriy etish, joriy etish bo‘yicha tajriba
almashinish va birgalikda innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdir.
Ushbu ishlar texnologik innovatsiyalarni yaratishda tannarx pasayiga olib
kelishini hisobga oladigan bo‘lsak, ular eng samarali hamkorlikda ishlarni
tashkil etadi.
Hozirda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish, barcha
resurslardan tejamli foydalanish va buning natijasida ichki hamda
tashqi bozorda raqobatbardosh, innovatsion, yuqori texnologiyaga
asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan
mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish talab etiladi.
Ayniqsa, real sektor korxonalari ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish , raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish to‘g‘risida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor,
innovatsion faoliyat tushunchalari mohiyatini o‘rganib olishimiz lozim.
O‘tgan asrning o‘rtalarida tobora rivoj topgan ilmiy-texnik
revolyusiya, ishlab chiqarishning texnologik o‘zgarishlari o‘sha davrning
barcha mulkdorlar, tadbirkorlar hamda iqtisodchilar diqqat markazida
bo‘ldi. Bu kabi o‘zgarishlar ilmiy tilda – innovatsiya atamasi bilan
ifodalana boshlandi. Bugungi zamonimizda – innovatsiya tushunchasi
biron bir turdagi faoliyatni tarkibiy jihatdan yangilash, tubdan o‘zgartirish,
xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan ilmiy-texnik tashkiliy, boshqaruv
va boshqa yangiliklarning yaratilishi tarqalishi hamda joriy etilishini
anglatmoqda.
Jahon amaliyotida “innovatsiya” atamasi bozorga tadbiq etilgan
yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda
foydalanilayotgan ilg‘or texnologik jarayon yoki insonlar turmush
sharoitini yaxshilash maqsadida yaratilgan innovatsion faoliyatning
yakuniy natijasi sifatida belgilanadi. U hayotga tadbiq etilganidan keyin
barcha xususiyatlarga ega bo‘lib ayirboshlash natijasida jamiyat a’zolariga
ijtimoiy-iqtisodiy yoki ma’naviy naf keltiruvchi tovarlarga – innovatsiya
deyiladi.
“Texnologik konsorsiumlarning 4 turi mavjud:
ishlab chiqarish samaradorligini koalitsiyalar orqali takomillashtirish;
o‘zgarmas kapitalga investitsiyalar kiritishdagi xarajatlarni
bo‘lishish;
texnologiyalarni ortiqchalik samarsini oshirish uchun o‘zaro
bo‘lishish;
narx diskriminatsiyasi orqali innovatsiyalar xarajatini o‘zaro
taqsimlash.
Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot – bu yuqoriroq
samarali tarkibiy qismlar va materiallardan foydalanish yoki undan
ortiq texnik tarkibiy qismlarini qisman o‘zgartirish (kompleks
mahsulotlarda) yo‘li bilan ishlab chiqarilishining sifat bo‘yicha
xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshadigan
mahsulotdir.Innovatsion texnologiyalar doirasidagi ilmiy yondashuvlar
shuni ko‘rsatadiki, investitsiyalarga bag‘ishlangan adabiyotlarda xorijiy
tajribalarga asoslanib biror tizim yoki korxonani har jihatdan rivojlanishi
mustahkam milliy innovatsion tizim mavjudligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunda innovatsion texnologiyalar eng muhim strategik
resurs hisoblanadi. Chunki, sanoat va moliyaviy texnologiyalarning
amaliyotga joriy etilishi korxonalarda ishlab chiqarish infratuzilmasining
rivojlanishi, intellektual potensialni oshishi, eksportga yo‘naltirilgan
mahsulotlarning ishlab chiqarilishi hamda mamlakatda valyuta
zahiralarining jamg‘arilishi kabi iqtisodiy masalalarning ijobiy hal
etilishiga olib keladi.etilishiga olib keladi.

Yüklə 143,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin