Intellektual mulk nazariyasi va huquqiy asoslari gulnoza Sobirova



Yüklə 5,42 Kb.
tarix07.10.2022
ölçüsü5,42 Kb.
#118150
Intellektual mulk nazariyasi va huquqiy asoslari-fayllar.org


Intellektual mulk nazariyasi va huquqiy asoslari

INTELLEKTUAL MULK NAZARIYASI VA HUQUQIY ASOSLARI

Gulnoza Sobirova

REJA:


  • Intellekt, intellektual mulk va intellektual faoliyat xaqida asosiy tushunchalar.

  • Intellektual mulk ob’ektlarining tasnifi va tavsiflari.

  • Intellektual mulk jarayonidagi tadqiqotlar.

Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi.

Intеllеkt – insоnni hayvоnоt dunyosidan ajratib turadigan asоsiy bеlgi bo`lib, rivоjlanishni sifat jihatidan yangi pоg`оnaga ko`taradi. Eng avvalо intеllеktual mulk intеllеktual faоliyat natijasidir. Barcha intеllеktual faоliyat ham intеllеktual mulk bo`la оlmasligi aniq. Insоn fikrlaydi, uning хayolida bеhisоb g`оyalar, lоyihalar tug`iladi, lеkin ularning hammasi ham hayotda amalga оshmay, qоlib kеtadi. Faqat bоshqalar tоmоnidan оb`еktiv ravishda qabul qilinadigan, ya`ni o`zining muayyan chеgaralariga ega bo`lgan g`оya va fikrlargina mulk bo`la оlishi ravshandir.



Yaratilgan yangilik va iхtirоlar ilmiy tadqiqоt ishlari bu - aqliy mехnat bo`lib uning natijalari ishlab chiqarishga qo`llanilsa, u Intellektual mulk hisоblanadi va quyidagi ko`rinishlariga ega bo`lishi mumkin:
1. Yangilik
2. Iхtirо
3. Fоydali mоdеllar
4. Sanоat namunalari (prоm.оbraztsu)
5. Tоvarlik bеlgilari.
6. Yangi nоmlar.
Ixtirolar, foydali modellar, tovar belgilari intellektual mulkning obyektlari sifatida dunyoda moddiy aktivlardan kam baholanmaydi, balki ayrim hollarda ulardan anchagina yuqori turadi. Umumjahon sanoat ishlab chiqarishining yillik oʻsish surʼatlari 2,5-3 foizdan oshmaydi, intellektual mulkka boʻlgan huquqlar bilan savdo qilish hajmi esa yiliga 12 — 14 foiz oʻsmoqda. Ushbu holat yangi gʻoyalar, kashfiyotlar va ixtirolar nafaqat ularning yaratuvchilariga, balki butun jamiyatga naf keltirishini isbotlaydi.
Shu sababdan, davlat tomonidan beriladigan yagona monopol huquq, bu — intellektual mulk obyekti egasining undan foydalanish hamda tasarruf etishga boʻlgan mutlaq huquqidir. Mohiyati jihatidan patent — yangilik sirining toʻliq ochib berilishi va belgilangan miqdordagi patent bojining toʻlanishi evaziga davlat tomonidan uning muallifiga ixtiroga boʻlgan huquqlarini muhofaza qilish kafolati beriladigan shartnoma
. Bunda jamiyat yangilik yaratuvchi huquqini qonuniy rasmiylashtirish evaziga ijod mahsulidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi. Jahon tajribasi guvohlik berishicha, patent faolligi koʻrsatkichi davlat iqtisodiy qudratining bilvosita koʻrsatkichi hisoblanadi.

 Statistik malumot: Jahonda jami 8 million patent roʻyxatga olingan boʻlsa (4 millioni AQSHga tegishli), har yili yana 600 — 700 ming patent qoʻshilib bormoqda. Ixtirochilik daromadli biznes boʻlib, patentlar va “nou-xau”lar boʻyicha litsenzion ajratmalarning umumiy summasi yiliga 250 milliard dollarni tashkil etadi. Biroq, afsuski, Oʻzbekistonning bu sohadagi hissasi hozircha maqtangulik emas..


  • Agar oʻtgan asrning 80 yillarida oʻzbekistonliklar ixtirolarga yiliga oʻrtacha 2 ming 170 tadan talabnoma topshirgan boʻlsa, 2020-yilda bu koʻrsatkich 400 taga tushdi, yaʼni ixtirochilik faoliyati surʼati 5,5-marta tushib ketdi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida aholi ixtirochilik faolligining eng yuqori koeffitsiyenti 2011 — 2015-yillarda Yaponiya (10 ming aholiga 28,5 — 30,5 talabnoma), Koreya Respublikasi (15,5 — 25,1), AQSH (6,2-7,0), Germaniya (5,9-6,4), Finlyandiya (3,5-4,6), Daniya (3,1-3,4), Buyuk Britaniya (2,9-3,4), Rossiyada (1,65-2,5) kuzatildi. Oʻzbekistonda ushbu koʻrsatkich 0,09-0,21 talabnomani tashkil etgan

 O ʻ tkazilgan tadqiqotlarga ko ʻ ra, AQSHning 70 foiz kompaniyalari ishlatish imkoniga ega bo ʻ ladigan texnologik aktivlarni qo ʻ lga kiritgan (ularning hajmiy qiymati 200 milliarddan to 1 trillion AQSH dollariga yetadi). Qariyb 100 milliard AQSH dollarilik shunday harakatsiz innovatsiyalar intellektual mulkning yirik kompaniyalari portfellarida saqlanmoqda. Vaqti kelganida, ularni sotish va litsenziyalashtirish mumkin

Intellektual mulk litsenziyasi juda ham foydali. “IBM” kompaniyasi birgina 2015-yilning o ʻ zida patentlarni litsenziyalashtirish hisobidan 2,5 milliard AQSH dollari miqdorida daromad olgani, jahonda patentlarni litsenziyalashtirishdan olingan umumiy daromad 1990- yildagi 15 milliarddan 2015-yilga kelib 250 milliard AQSH dollariga yetgani buning tasdig ʻ idir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR : 1. Gerchikova I.N. Xalqaro biznes: Universitetlar uchun darslik. - M: Prospekt, 2008 yil. Fuqarolik huquqi. 2. Innovatsiyalarni boshqarish: Darslik / Ed. prof. V.A. Shvandara, prof. V.Ya.Gorfinkel. - M .: Universitet darsligi, 2004 yil. 3. Kozyrev A.N. "Intellektual mulkni baholash" - M .: Ekspertlar byurosi, 2007 yil. 4. Karpova N.N. "Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish va tijoratda amalga oshirish". - Kiev: Professional, 2006 yil.



http://fayllar.org
Yüklə 5,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin