Bitta so’zdan iborat javob berish mumkin bo’lgan savollar, reproduktiv reja savollari. Masalan:
Kim? so’rog’i bo’lgan savol:
«Jinoyatchi» hikoyasining muallifi KIM?
Shuningdek, quyidagilarga o’xshagan so’roqlar ishtirok etgan savollar:
Nima?
Qachon?
… qanday ataladi?
sodir bo’ldimi? va boshqalar.
Fikrlashni, qo’shimcha bilimlarni jalb qilishni, tahlil kila bilishni talab etadigan savollar. Masalan:
Uchta tushuncha bering, nima uchun …? Tushuntirib bering, nima uchun …? Nima deb uylaysiz…?
Nima deb hisoblaysiz…?
… o’rtasidagi farq nimada?
Faraz qiling, agar … nima sodir bo’ladi?
Agar … ?
… qanday qilish mumkin?
… nima qilsa bo’ladi?
… mumkin edimi?
… nima uchun?
… sababi nimada?
… qanday ro’y beradi? va boshqalar.
Bunday jadvaldagi savollardan darsning uchta bosqichlaridan boshlanish (chaqiruv) bosqichida – mavzuni o’rganilgunicha savollar; anglab yetish bosqichida — o’qish, eshitish jarayonidagi o’rganilayotgan ma’lumotlarni faol qayd etishga, fikrlashga yordam beruvchi savollar; o’tilgan mavzuni mustahkamlash bosqichida — darsdagi ma’lumotlarning to’g’ri va to’liq o’zlashtirilganligini nazorat qilish hamda ularni takrorlashga yo’naltirilgan savollardan foydalanish mumkin.