INTERNATIONAL SCHOOL OF FINANCE TECHNOLOGY AND SCIENCE
ISFT – 2022
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi.
2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishi, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish.
3. O‘zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni. Аgrar islohotlar.
REJA:
1. Bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy tamoyillari. O‘zbekistonning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo‘lini tanlashi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: mulkiy islohotlar, institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari, agrar islohotlar, tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari, ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Bozor iqtisodiyoti - bu
Bozor iqtisodiyoti uzoq o’tmishlik taraqqiyotga ega bo’lib uning ikki xil ko’rinishini bilishimiz mumkin.
Bu jarayonda islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash, qonuniy asoslarini yaratishga alohida eʼtibor berilib, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi.
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar.
2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, yaʼni xususiy korxonalar to‘g‘risida
3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 400 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, o‘z navbatida ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
“Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz – tovar, pul bozorlarida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi subʼyektlar o‘rtasida o‘zaro aloqani taʼminlashi kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi”.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991-1993-yillarda Ittifoqdan meros qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi.
1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirildi.
1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valyuta – so‘m muomalaga kiritildi.