Moliyalashtirish deganda - korxona va tashkilotlarni, turli iqtisodiy dasturlarni va iqtisodiy faoliyat turlarini, qurilayotgan obyektlar va qurilishlarni zarur bo'lgan moliyaviy resurslar bilan ta'minlash tushuniladi.
Mamlakatimizda investitsiya faoliyatini amalga oshirishdagi eng asosiy masala – ularni moliyaviy resurslar bilan ta'minlash, ya'ni moliyalashtirish masalasidir.
Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish mexanizmi o'z mohiyatiga ko'ra - ikki muhim jihati bilan ajralib turadi.
Birinchidan
mikrodarajada moliyalashning bozor mexanizmi amal qiladi;
makroiqtisodiy darajada davlatning iqtisodiy mexanizmi ham mavjud bo'ladi.
Shu sababli investitsiya loyihalarini moliyalash faqat olinadigan foyda motivlaridan (sabablaridan) tashqari milliy iqtisodiy rivojlanish maqsadiga muvofiq keladigan mezonlar bo'yicha ham baholanadi,
Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llayotgan murojaatnomasida O‘zbekistonda o‘tgan yili iqtisodiy o‘sish 5,6 foizni tashkil etganini bildirdi. 24 yanvar 2020
Ayniqsa, To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 3,7 barobar o‘sdi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi.
Investitsiyalarni moliyalashtirish
Yalpi taIab muammosi muhimroq bo'lib, u ikki asosiy tarkibiy tuzilma - iste'mol uchun va investitsiyalar uchun xarajatlar masalasi muhim o'rinda turadi.
Yalpi talab taklifga muvofiq bo'lganda va to'liq bandlikni ta'minlagan holdagina samarali bo'lishi mumkin.
DavIat olib boradigan iqtisodiy siyosatning asosiy zaruriy ahamiyati ham samarali talabni shakllantirishdan iborat.
Chunki sof bozor mexanizmining o'zi bajara olmaydigan masalalarda davlatning aralashuvi zaruratga ayIanadi.
Samarali talabni shakllantirish masalasida - bu talabning jamg'armalar hajmining kengayishi bilan qoplanadigan investitsiya qismi g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Investorlar, asosan, o’z mablag'lari hisobidan investitsiya amalga oshirishga harakat qiladilar va o’z mablag'Iari yetmaganda banklardan, korxonalardan hamda subyektIardan qarz olishlari mumkin.
Shuningdek, ular obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlar chiqarishlari, davlat va mahalliy organlardan qaytarmaslik sharti bilan mabIag'Iar olishlari mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini to’rt guruhga ajratish mumkin
korxonalarning o'z moliyaviy mablag'lari (foyda,
amortizatsiya ajratmasi va boshqalar);
korxonalarning qarzga olgan moliyaviy mablag'lari (obligatsiyali qarzlar, korxona, bank va budjet va nobudjet fondlari kreditlari);
korxonalarning chetdan jalb qilgan moliyaviy mablag'lari (aksiya sotishdan tushgan mablag’lar, huquqiy shaxslar va fuqarolarning badallari)
budjetning investitsiya mablag'lari: (respublika va mahalliy mablag'lari),
Yaponiyada investitsiyalash manbayining xuddi shunday guruhlanishini ko'rish mumkin.