Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix12.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#130074
1   2   3
Iqtisodiy islohotlar. Investitsiyaning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati

Birinchidan
, qo’yilish ob’ektiga qarab investitsiyalar real va moliyaviy shakllarga ajratiladi.

Real investitsiyalar (kapital qo’yilmalar) – pul mablag’larini korxonaning moddiy va nomoddiy
aktivlariga sarflanishidan iborat.

Moddiy investitsiyalar asosiy kapitalning elementlarini sotib olish bilan bog’liq bo’lib, ko’pchilik
hollarda investitsion loyihalar doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun o’z mablag’lari bilan
birga qarzga olingan mablag’lar ham foydalanilishi mumkin. Qarzga mablag’ olingan holda
investor rolini aniq loyihalarga kredit mablag’lari ajratayotgan bank bajaradi. Nomoddiy
(potentsial) investitsiyalar nomoddiy boyliklar yaratilayotganda amalga oshirilib, kadrlarni
tayyorlash va qayta tayyorlashga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini (NIOKR) 
amalga oshirish, yangi mahsulotlarning namunalarini yaratishga sarflarni mujassamlashtiradi.



Mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, lizentsiya va nou – xou berish, avtorlik
xuquqi va umuman olganda nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’pgina
iqtisodchi – olimlar intellektual investitsiyalar deb atamoqdalar. 

Xorijiy adabiyotlarda portfel investitsiyalar investor tomonidan sotib olingan aktsiyalarning firma 
ustidan nazorat va ta’sir doirasi belgilariga ko’ra tasniflanadi. Investitsiyalarning bir muncha
ilmiy asoslangan tasnifi rus olimi N.Blank ishlarida keltirilgan. Bunda investitsiyalar quyidagi
belgilariga ko’ra tasniflangan: qo’yilma ob’ektlariga ko’ra; investitsiyalashda ishtirok etishiga
qarab; investitsiyalash davri bo’yicha; mulkchilik shakllari bo’yicha; hududiy belgisi bo’yicha



Rus iqtisodiy adabiyotlarida portfel (aktsiya, obligatsiya va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarga, 
shuningdek, boshqa korxonalarning aktivlariga yo’naltirilgan investitsiyalar) va real (faoliyat
ko’rsatayotgan korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish, kengaytirish, yangi
korxonalar barpo etishga yo’naltirilgan investitsiyalar) investitsiyalar farqlanadi. Bunday
sharoitda investor-korxona mablag’ kirita turib, o’zining ishlab chiqarish kapitalini, ya’ni asosiy
ishlab chiqarish fondlari va uning faoliyati uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larni
ko’paytiradi (oshiradi). Portfel investitsiyalar amalga oshirilganda investor o’zining moliyaviy
kapitalini, ya’ni qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromad-dividendini ko’paytiradi. 

Investitsiyalarni korxona miqyosida quyidagicha tasniflash mumkin: 




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin