O’quv materialini bayon etishda o’quvchilarning ma’nosiga etishi va undan asosiy fikrlarni ajratib ola bilishi kerak. Kitob bilan ishlashga o’rgatishining dastlabki paytlarida o’qituvchi bir necha asosiy savol qo’yadi, bu savollarning javobini o’quvchilar kitobdan topadilar. Vaqt o’tishi bilan o’quvchilar uqilgan materialdan asosiy joylarini mustaqil aniqlaydilar Buning uchun o’quvchilarni, avvalo., tekstni to’g’ri o’qishga o’rgatish, ularning e`tiborini shoshilmay, yaxshi o’ylab o’qish, har bir paragraf yoki bo’limdan keyin kichiqroq tanaffus.qilish, tekstga ilova qilingan chizma, rasm, grafik va sxemalarni tahlil qilish zarurligiga qaratish lozim. Kitobdagi qiyin, tushunilmaydigan joylarni takror o’qib chiqish, zarur bo’lgan hollarda, takrorlash vaqtida ularga qaytish uchun, daftarga belgilab olish kerak. O’quvchilarni kitobni qo’lga qalam olgan holda o’qishga, o’qish jarayonida asosiy qonun qoidalarni daftarga yozib qo’yishga, zarur joylarini ko’chirib olishga odatlantirish muhim ahamiyatga ega.
O’quv materialini bayon etishda o’quvchilarning ma’nosiga etishi va undan asosiy fikrlarni ajratib ola bilishi kerak. Kitob bilan ishlashga o’rgatishining dastlabki paytlarida o’qituvchi bir necha asosiy savol qo’yadi, bu savollarning javobini o’quvchilar kitobdan topadilar. Vaqt o’tishi bilan o’quvchilar uqilgan materialdan asosiy joylarini mustaqil aniqlaydilar Buning uchun o’quvchilarni, avvalo., tekstni to’g’ri o’qishga o’rgatish, ularning e`tiborini shoshilmay, yaxshi o’ylab o’qish, har bir paragraf yoki bo’limdan keyin kichiqroq tanaffus.qilish, tekstga ilova qilingan chizma, rasm, grafik va sxemalarni tahlil qilish zarurligiga qaratish lozim. Kitobdagi qiyin, tushunilmaydigan joylarni takror o’qib chiqish, zarur bo’lgan hollarda, takrorlash vaqtida ularga qaytish uchun, daftarga belgilab olish kerak. O’quvchilarni kitobni qo’lga qalam olgan holda o’qishga, o’qish jarayonida asosiy qonun qoidalarni daftarga yozib qo’yishga, zarur joylarini ko’chirib olishga odatlantirish muhim ahamiyatga ega.
O’qilganlardan asosiy fikrlarni ajratib olishga uning rejasini tuzish yordam beradi. Shuning uchun o’quvchilardan darsda ham, uyda ham kitob bilan mustaqil ishlashda reja tuzib olishni talab qilish va bu rejani tekshirib turish kerak. Reja tuzish uchun topshiriq olgan o’quvchi tekstni o’qir ekan, darhol asosiy fikrlarni belgilab oladi, ularni bir-biriga mantiqan bog’laydi; vaqt o’tishi bilan bu hol odatga aylanadi. O’quvchilarni o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar orasidagi o’xshashlik va farq alomatlarini topishga, mashina, mexanizm, asbob hamda apparatlarning tuzilish prinspini tushinishga, o’rganilgan qonuniyatlar asosida jarayonlarning sababini tushintirishga o’rgatish zarur.
Kitob bilan ishlash jarayonida o’quvchilar spravochnik adabiyotdan (spravochniklar, texnikaviy talablar, standartlar va shu kabilardan) ma’lumotlarni mustaqil topishga va ulardan foydalanishga o’rganishlari kerak, bu esa malakali ishchi uchun juda muhimdir. Spravochnik adabiyot bilan ishlashga o’rgatish o’quv ishining boshqa turlari bilan uzviy boғlab olib borilishi darkor. O’quvchilar spravochnik adabiyotdan muayyan o’quv va ishlab chiqarish masalalarini hal qilishda foydalanaganligi sababli spravka materiali bilan ishlashga o’rgatish ham shunday tashkil etilishi kerakki, o’qituvchi tanlagan yoki tuzgan masalalar o’quvchilarni masalalarni yechish uchun barcha zarur ma’lumotlar etishmaydigan va spravochnik adabiyotga extiyoj tugiladigan sharoitga qo’yadigan bo’lsin.
Darslar spravochnik adabiyotdan foydalanishda o’quvchilarga u bilan ishlashning ratsional usullarini: bunda rejasidan to’g’ri foydalanish, kerakli jadval, grafik, formulani tez qidirib topish, masalani yechish uchun zarur bo’lgan barcha ma’lumotlarni yordamchi daftarga yozib olish, tez-tez foydalaniladigan betlarga qogoz qo’yish yo’llarini va shu kabilarni o’rgatish zarur. Bu maqsadda dastlabki paytlarda maxsus mashqlar o’tkazish tavsiya qilinadi. O’qituvchi darsga zarur spravochniklardan yetarli miqdorda olib kelishi, har bir qulay holda o’quvchilarning bu spravochniklardan foydalanishiga imkoniyat yaratib berishi kerak.
O’quvchilarning kitob bilan mustaqil ishlashini tashkil etishda ularni rasm, sxema, grafik va boshqa ilyustrasiyasiyalardan foydalanishga, ularda mavjud bo’lgan ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni olishga o’rgatish ham muhim.
O’quvchilar tekstni o’qib chiqish jarayonida ham ilyustrasiyalar bilan mustaqil ishlshlari mumkin. Kitobdagi rasm, sxema, grafik bilan foydaliroq ishlashi uchun o’quvchilarga maxsus topshiriqlar berish va kitob bilan ishlash tugagandan keyin bu topshiriqlarning qanday bajarilganligini tekshirib ko’rish lozim.
O’quvchilarni kitobning ilyustrativ materialidan foydalanishga o’rgatishning samaradorligi o’qituvchi tushintirish vaqtida xuddi shunday sxema, jadval va grafiklardan foydalangan hollardagina ortadi. Bunda o’quvchilar tushintirishning borishini bevosita kitobdagi rasmga, sxemaga, grafikka qarab kuzatish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’qitishning bunday usulidan kabinetda epidiaskop bo’lgan taqdirdagina foydalanish mumkin, chunki o’qituvchi kitobdagi ilyustrasiyani ana shu epidiaskop yordamida ekranga tushiradi.
Darslikda yoki o’quv qo’llanmasida kasbni egallash uchun o’quvchi bilishi kerak bo’lgan asosiy materialgina bayon etilgan bo’ladi. bu material eng zarur minimumdir. Malakali ishchi umuman texnika sohasida va o’z kasbi sohasida kulga kiritilgan eng yangi yutuqlardan xabarjor bo’lishi kerak. Shuning uchun o’quvchilarga qo’shimcha adabiyotni o’rganishga oid topshiriqlar berish, sinfda va uy topshirigi tarzida maxsus jurnallardan kuchi yetadigan maqolalar o’qishni, ilmiy-texnikaviy axborot materiallarin o’rganishni tashkil etish, o’quvchilarda texnika adabiyotiga qiziqish uyg’otish, ularda shunday adabiyot bilan ishlash malakasi hosil qilish zarur.
O’quvchilarda texnika adabiyoti o’qishga qiziqish hosil qilishning muhim vositasi ularning o’rganilayotgan materialning ayrim masalalari yuzasidan kichiqroq maruzalar tayyorlashidir. Bunday muruzalar dastavval tayyorgarligi yuqoriroq o’quvchilarga topshiriladi, so’ngra bu ishga qolgan o’quvchilar ham jalb etiladi. O’quvchi o’qituvchi raxbarligida ma`ruza tayyorlar ekan, maxsus jurnal hamda kitoblar o’qiydi, ko’rsatma qo’llanmalar tayyorlaydi, tajribalar o’tkazadi va xokazo. Bo’larning hammasi o’quvchilar bilimlarini chuqurlashtiradi va ularda texnika adabiyoti o’qishga qiziqish paydo qiladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
1.O’quv jarayonining uslubiy ta’minoti nimalar?
2.O’quv-uslubiy adabiyotlarga qo’yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
3.O’quv-uslubiy adabiyotlar mazmuni va tuzilishi qanday?
4.Asosiy darslik, o’quv qo’llanma, qo’shimcha adabiyotlar, spravochniklar va har xil texnikaviy hujjatlarga tavsif bering.
5.Kitob bilan mustaqil ishlashni qanday tashkil etamiz?