Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar



Yüklə 0,54 Mb.
tarix09.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#119218
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar

Sagdullayev Diyorxo’ja

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar tizimi

  • Iqtisodiy fanning vazifasi, boshqa har qanday fanniki singari faktlarni to’plash, ularni tizimga solish va ulardan xulosa chiqarishdan iborat.
  • «Kuzatish va bayon etish, aniqlash va turkumlash, deb yozadi Shmoller, bular faqat tayyorgarlik ishlari xolos. Biroq biz bular orqali erishishga intilayotgan narsa iqtisodiy hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini bilishni namoyon etadi» (A.Marshall. «Prinstipы politicheskoy ekonomii», t.1, kn.1, s.85, «Progress» 1983g.). Boshqacha aytganda, iqtisodiy fanning vazifasi bo’lib iqtisodiy qonunlarni ochib berish hisoblanadi.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik, o’tish tavsifiga ega bo’ladi.

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida namoyon bo’ladi.

Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga ajratadi:

  • Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k.
  • Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, qiymat qonuni.
  • Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.
  • Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar. Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi. Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi asosiy iqtisodiy qonun maydonga tushadi.

Asosiy iqtisodiy qonun

A.Marshall: «Fan o’z qonunlarining soni va aniqligini oshira borib, ularni tobora qattiq tekshiruv ostiga olib, oldinga intiladi. Bu holat to yagona, asosiy qonun uning qisman namoyon bo’lishini ifodalovchi bir qator nisbatan tor qonunlarni to’liq qamrab olgungiga va almashtirgunga qadar davom etadi» deb yozadi.

Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya va h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalar orqali namoyon bo’ladi.

Ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish va ulardan foydalanish iqtisodiyot nazariyasining tub muammosi hisoblanadi. Bu ko’p qirrali muammolar bir qator murakkab masalalarning hal etilishini taqozo etadi:

  • Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi alohida iqtisodiy qonunlarning ochib berilishi va tadqiq etilishi, ular tizimining aniqlanishi. Iqtisodiy qonunlarni bilish jarayoni, har qanday boshqa bilish jarayoni singari, cheksizdir. U yangi qonunlarni ochib berish, aniqlangan qonunlar doirasini kengaytirish bilan birga ularning mazmunini yanada chuqurroq ochib berishga yo’naltirilgan. Ayniqsa, ularning ichki mantiqini, koordinastiya va subordinastiyasini ochib berilishi katta ahamiyat kasb etadi.
  • Iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish shakli, ularning o’zaro aloqasi, harakati va o’zaro ta’sirining namoyon bo’lish shakllarini tadqiq etish. Busiz iqtisodiy qonunlar tizimini ochib berish, ulardan foydalanish yo’llari, shakllari va usullarini aniqlash mumkin emas. Bu, xususan, umumiy va maxsus qonunlarning nisbati to’g’risidagi masalaning aniqlab berilishini talab etadi.
  • Iqtisodiy jarayonlarda ob’ektivlik va sub’ektivlikning nisbatini to’g’ri tushunishni taqozo etuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilishi, ulardan ongli ravishda foydalanish mexanizmini ochib berish.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi tarkib topadi.
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni (kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi.
Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi.
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin