Iqtisodiy xavfsizlikning shakllari va asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 127,07 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü127,07 Kb.
#138776
Iqtisodiy xavfsizlik 2-ma`ruza

Iqtisodiy xavfsizlikning shakllari va asosiy ko‘rsatkichlari

REJA:

  • “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni.
  • Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari)

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ham, milliy xavfsizlikni ham birdek ta’minlash davlatning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib hisoblanadi

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ham, milliy xavfsizlikni ham birdek ta’minlash davlatning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib hisoblanadi

Iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanishi uchun kamida ikkita shart bajarilishi kerak:

birinchisi, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, xo’jalikning taraqqiy etishiga tegishli bo’lgan qarorlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilish qobiliyatini saqlab qolish;

– ikkinchisi, aholining erishilgan turmush darajasini saqlab qolish va uni yanada yuksaltirish imkoniyatlarining mavjud bo’lishi

Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud.

Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud.

Bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’yektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini,

ikkinchi tomondan, davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan institutlarni o’rganish ushbu fanning predmeti bo’lib hisoblanadi.

Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ob’yektini tashkil etadi.

Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ob’yektini tashkil etadi.

Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy bilimlar berish fanning maqsadi bo’lib hisoblanadi.

Iqtisodiy xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash hisoblanadi.

  • – resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash;
  • – resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini baholash;

– iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;

  • – iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash;
  • – hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash;
  • suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish imkoniyatlarini baholash;
  • – ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish imkoniyatlarini baholash.

Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud:

  • yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot);
  • inflyatsiya darajasi;
  • davlat byudjeti kamomadi;
  • ichki qarz darajasi;
  • tashqi qarz darajasi;
  • ishsizlik darajasi;
  • turmush darajasi va sifati;
  • oltin valyuta zahiralari;
  • xufiyona iqtisodiyot faoliyati;
  • ekologik holat.

aholi daromadlari,

  • aholi daromadlari,
  • chakana narxlar miqdori,
  • uy-joy bilan ta’minlanganlik,
  • hududning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi,
  • hududning to’lov balansi,
  • eksport-import saldosi va boshqalar

Xavfsizlik ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada to’rt guruhga ajratilib turkumlangan:

  • – iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
  • – moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
  • – ijtimoiy soha ko’rsatkichlari;
  • – tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari

Iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari uchta guruhga ajratib ko’rsatiladi

  • 1) ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi dunyoga minimal darajada bog’liqlik sharoitida faoliyat yuritish qobiliyatini kiritadilar.
  • 2) aholi turmush darajasi va sifati bilan bog’liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan:
  • 3) moliyaviy holat bilan bog’liq bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

1-guruh ko’rsatkichlari tarkibi

  • – YAIM umumiy hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 75 foiz miqdorida;
  • – aholi jon boshiga YAIM hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 50 foiz miqdorida;
  • – dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida;
  • – sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta ishlash sanoati ulushi – 70 foiz;
  • – YAIMda investitsiyalar ulushi – 25 foiz;
  • – sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi – 20 foiz;
  • – aholining ichki iste’molida import ulushi – 30 foiz, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari – 25 foiz;
  • – mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi mahsulotlar ulushi – 6 foiz

2-guruh ko’rsatkichlari tarkibi

  • – aholining umumiy sonida yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz;
  • – umr ko’rish uzunligi – 70 yosh;
  • – boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut – 8 marta;
  • – ishsizlik darajasi – 7 foiz.

3-guruh ko’rsatkichlari tarkibi

  • – YAIMga nisbatan ichki qarz miqdori – 30 foiz;
  • – YAIMga nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz;
  • – YAIMga nisbatan byudjet defitsiti – 5 foizgacha;
  • – naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati 25 foiz;
  • – YAIMga nisbatan pul massasi– 50 foiz.

Yüklə 127,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin