19
(ism). Yu. A. Rubinchik esa yuqoridagilardan tashqari خلا
-lāx
qo‘shimchasini ham
turkiy suffiks sifatida qayd etadi
26
.
L.S Peysikovning “Лексикология современного персидского языка”
asarining turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan qismi haqidagi fikrlarimizga yakun
yasab shuni aytish lozimki, bu mavzu qisqagina yoritilgan bo‘lsa ham, ko‘plab
muhim ma’lumotlar berilgan. Bu kitob ko‘plab
eronshunoslar uchun muhim
adabiyotlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Chet elda bu mavzu bo‘yicha qilingan ilmiy ishlardan biri ozarbayjonlik
tilshunos olim Durdona Rahimlining “ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .” nomli kitobidir.
Bu kitob 2002 yili doktor Yunus Vahdati tomonidan fors tiliga tarjima qilinib,
Tabrizda chop etilgan.
Muallif so‘zini Ozarbayjonlik olim H. Zarinezoda birinchi bo‘lib bu mavzuga
qo‘l urgan degan fikr bilan boshlaydi. Shuningdek,
u Zarinezodaning ishi
27
faqatgina Safaviylar davridagi turkiy o‘zlashmalar ustidan tadqiq etilgan, hozirgi
fors tilida esa bunday so‘zlar ko‘proq ekanligini aytadi. U mazkur fikrini
Zarinezodaning quyidagi gapiga murojaat qilib tasdiqlashga harakat qiladi: “U
(Zarinezoda) yozadi: Biz faqat Safaviylar davridagi
fors tilidagi turkiy
o‘zlashmalarni tadqiq etdik. Hozirda bunday so‘zlarning miqdori u davrga nisbatan
ko‘proqdir”
28
. D. Rahimli hozirgi fors tili deganda ko‘proq og‘zaki tilni nazarda
tutadi. U og‘zaki tilni Tehronda shakllangan, keyinchalik butun Eronda tarqalgani
va hozirda adabiy til bilan farqlanishini ta‘kidlaydi. Aynan mana shu masala uni bu
ishga qo‘l urishiga sabab bo‘lganini aytib o‘tadi.
U forsiy va turkiyzabon xalqlarning aloqalari haqida fikr yuritar ekan, bu
aloqalar uzoq o‘tmishga
ega ekanligini, geografik, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy,
madaniy, adabiy va diniy sharoitlar bu ikki zabon xalqlarini yonma–yon qilib
qo‘yganligini va bu aloqalarning boshlanishi
Doro hukmronligiga borib
taqalalishini yozadi. Sosoniylar davrida ham turkiy va eroniy xalqlarning o‘zaro
26
Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. – М.: Издательская фирма
“Восточная литература” РАН, 2001. – С. 142.
27
Заринезад Г. Азербайджанские слова в персидском языке (в период Сефевидов): Дисс. …канд. филол.
наук. – Бaку, 1955.
28
.١.ص.١٨٣١ ٬رتخا رشن:زيربت–.نلاه ىتدحو سونوي مجرتم .ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .یلمیحر هنادرد
20
aloqalari bo‘lgan deb ta’kidlaydi. U o‘z fikrini M. Qoshg‘ariy va Abu Rayhon
Beruniy, H. Zarinezodaning ma’lumotlariga asoslanib izohlashga harakat qiladi.
D. Rahimli turkiy o‘zlashmalarning fors tiliga kirib kelishida Erondagi
turkiylarning roli katta deb hisoblaydi va shunday yozadi: “Agar mazkur omillarga
Eronda istiqomat qiladigan taxminan 30 millionlik
turkiylarning sonini ham
qo‘shsak, ikki forsiy va turkiy zabon xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning ildizlari juda
qadimiyligi
oshkor
bo‘ladi”
29
. Ularning
Eronga
kelib
qolishi
borasida
Ozarbayjonlik tilshunos olim T. Hojiyevning fikrlariga tayanadi. Xullas,
D. Rahimli o‘z tadqiqotini boshlanishida yuritgan fikrlari asosan bu mavzuga oid
va unga aloqador bo‘lgan manbalarga va olimlarning fikrlariga tayanganiga guvoh
bo‘lamiz.
Bu ilmiy ish boshqa tadqiqotlardan shunisi bilan ajralib turadiki, unda asosan
og‘zaki til va turli shevalarda uchraydigan turkiy o‘zlashmalar o‘rganilgan. Muallif
jami 200 dan ortiq turkiy leksik birliklarini o‘rgangan va ularning ba’zilari adabiy
tilda mavjud emas. Bu borada u shunday yozadi: “Biz og‘zaki fors tilida turkiy
tillardan kirgan ba’zi so‘zlarni uchratishimiz mumkinki, ularni hech qachon adabiy
fors tilida uchratib bo‘lmaydi va albatta, bular orasida sanalgan so‘zlar boshqa
tillardan kam emas, shu jumladan, ‘kiyim’ va ‘qo‘lda tikilgan etakli ayollar libosi’
ma’nosidagi همﮑس
sokme
, ‘qand’ ma’nosidagi هملاس
sālme
va ‘tepki’ ma’nosidagi هپت
tepe
, ‘fitna’, ‘hiyla’ ma’nosidagi جنلآ
ālenj
va shu kabi so‘zlarni
adabiy tilda
uchratib bo‘lmaydi”
30
. D. Rahimli yuqorida berilgan va boshqa shu kabi bir qancha
so‘zlar fe’llardan yasalganligini ta’kidlaydi.
sökmek
→ [
sokme
]
همﮑس
Dostları ilə paylaş: