26
tilida esa ko‘proq ‘yaylov’ va ‘dala hovli’ ma’nosiga ega ekanligini qayd etib
o‘tadi.
M. Noyibiyning fors tilidagi turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan bu asarida
boshqa nashrlardan farqli katta miqdorda turkiy leksik birliklar berilgan. Ammo bu
kitob Eronning o‘zida juda qattiq tanqidga uchragan. Avvalo mingta so‘zning
yuzga yaqini fors tilda mavjud bo‘lmagan so‘zlarki, ularni biz biror bir manbalarda
uchratmaymiz, masalan;
كچمورا
orumčak
, قرغآ
āγreγ
, غانيا
ināγ
, يچناملاآ
ālāmānči
,رومغي
yaγmur
, ىرنات
tānri
va boshqa so‘zlar.
Bundan tashqari berilgan mingta o‘zlashmalar orasida forsiy so‘zlar ham
borki, muallif ularni turkiy tillardan kirgan deb hisoblaydi. Masalan: شتآ
ātaš
‘olov’, نمشد
došman
‘dushman’, ربارب
barābar
‘barobar’, بوخ
xub
‘yaxshi’, هاش
šāh
‘shoh’, تشهبيدرا
ordibehešt
‘O‘rdibehesht’ (oy nomi), ندیشوج
jušidan
‘qaynamoq’,
نتخادرپ
pardāxtan
‘to‘lamoq’. U نامسآ
āsmān
‘osmon’ so‘zini turkiy tillardagi
“osmoq” fe’li negizi “os” ga “mon” qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasalgan deb
yozadi
43
. Ammo, “Этимологический словарь иранскиx языков” da bu so‘z
qadimgi fors tilidagi
asman
, o‘rta fors tilidagi
asmān
{
’sm’n
,
’’sm’n
} so‘zlariga
borib taqalishini, so‘g‘dcha moniy, xristiyan va buddaviylik matnlarda esa ‘osmon’
ma’nosidagi
sm’n
{
smān
} so‘zi uchrashi qayd etilgan
44
. Shuningdek, شتآ
ātaš
‘olov’ so‘zini turkiy tillardagi “otmoq” fe’lidan yasalgan deb ta’kidlaydi
45
, ammo
bu so‘z ham eroniy so‘zlar fondiga oid bo‘lib, o‘rta fors tilidagi
ātaxš
so‘ziga
borib taqaladi
46
.
Bundan tashqari ba’zi bir arab tilidan kirgan يلیل
layli
‘tungi’, ركاش
šoker
‘minnatdor’, وضع
ozv
‘a’zo‘ kabi so‘zlarni ham aslida turkiy bo‘lgan deb
hisoblaydi. Mazkur keltirilgan omillar hisobiga so‘zlarning miqdori mingtaga
yetgan.
Dostları ilə paylaş: