Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


BARQAROR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

BARQAROR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHNING 
MUHIM OMILI 
“O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro 
konferensiyaning ochilish marosimidagi nutq 
Muhtaram konferensiya qatnashchilari, xonimlar va janoblar! 
Siz, qadrli mehmonlarimizni, nufuzli xalqaro institutlar – 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya 
korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining 
vakillarini, yetakchi olim va mutaxassislar, biznesmenlar, dunyoning 
45 ta mamlakatidan tashrif buyurgan barcha konferensiya 
ishtirokchilarini qutlash, sizlarga o‘zimning chuqur hurmat-
ehtiromimni hamda anjuman ishida ishtirok etayotganingiz uchun 
samimiy minnatdorligimni bildirish menga katta mamnuniyat 
bag‘ishlaydi. 
Bugungi anjuman uchun “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni 
amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va 
ahamiyati” degan mavzuning tanlanishi bejiz emas. Bu, birinchi navbatda, 
O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning 
ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilgani bizga 
eski mustabid, rejali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir 
muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv 
bo‘lib xizmat qilgani bilan bog‘liq. 
Mazkur sohani tez sur’atlar bilan taraqqiy toptirish va umuman, 
mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish bo‘yicha biz tanlagan 
model 2008-yilda boshlangan, bugungi kunda, afsuski, chuqurlashuv 
tendensiyasiga ega bo‘lib 
borayotgan global 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozning salbiy va halokatli oqibatlarining oldini olish hamda bartaraf 
etishda O‘zbekiston uchun hal qiluvchi rol o‘ynadi. 
Jahon miqyosida yangi retsessiya va bankrotlik to‘lqini, stagnatsiya va 
ishlab chiqarishning pasayish xavfi tobora ortib borayotgani, qarzdorlik 
majburiyatlari va byudjet taqchilligi o‘sayotgani, ishsizlik muammosi, 
aholi hayot darajasi va turmush sharoitining keskin yomonlashuvi, shuning 
natijasida odamlarning umumiy noroziligi va ijtimoiy keskinlik kuchayib 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
8
borayotgani xavotirga solmay qo‘ymaydi. 
Bank sektorini yangi pul massasi, shuningdek, moliya bozorini turli 
derivativalar, ya’ni, ikkilamchi mahsulotlar hisobidan nazoratsiz ravishda 
to‘ldirish davom etayotgani nafaqat inqirozdan chiqish muddatining 
cho‘zilishiga, balki milliy valyutalarning yanada qadrsizlanishi va shu 
bilan bog‘liq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning ustiga, katta 
miqdordagi valyuta mablag‘lari real iqtisodiyotga yetib bormasdan, jahon 
iqtisodiyotida asosan spekulyativ holatlar va stagnatsiya jarayonini 
kuchaytirmoqda. 
Qisqacha aytganda, yuzaga kelayotgan ahvol jahon iqtisodiyotidagi 
muammolarni tezda hal etish imkonini bermayapti. 
Shu narsa tobora ayon bo‘lmoqdaki, inqirozdan chiqish jarayoni hali 
yana uzoq davom etishi kutilmoqda va uning qachon tugashi haqida 
oldindan bir narsa deyish ko‘p jihatdan qiyin bo‘lib qolmoqda. 
Biz mazkur konferensiya doirasida inqirozning salbiy oqibatlarini 
yumshatish va bartaraf etishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to‘plagan tajribamiz asosida 
sizlar bilan fikr almashishni istar edik. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, yalpi ichki mahsulotning 80 foizi va mehnatga 
layoqatli aholining kamida 70 foizi iqtisodiyotning ushbu sektori ulushiga 
to‘g‘ri keladigan, yuksak rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda yuz 
yillar davomida to‘plangan boy tajriba bizni juda qiziqtiradi. Bu biz uchun 
nihoyatda muhimdir. 
Men mana shu zalda ko‘plab xorijiy mehmonlarimizni ko‘rib 
turganimdan g‘oyat mamnunman. Sizlarning ushbu konferensiyada 
ishtirok etayotganingiz, yalpi majlislar, seksiya yig‘ilishlaridagi chiqish va 
ma’ruzalaringiz, o‘zbekistonlik hamkasblaringiz bilan qilgan yaqin 
muloqotlaringiz, yurtimizning turli shaharlariga tashrif buyurib, ba’zi 
ob’ektlarni borib ko‘rganingiz, o‘zaro bahs va fikr almashuvlar – bularning 
barchasi mazkur forumni har tomonlama boyitib, unda fikrlar rang-
barangligini ta’minlashga, bu anjumanning sizlar kutgan natijalarni 
berishiga ishonchim komil. 
Buning uchun sizlarga samimiy minnatdorlik bildiraman. 
Qadrli do‘stlar! 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin