y o ‘l) — bu
o‘qituvchi (tarbiyachi) va jamoa tomonidan g‘oyaviy-ma’naviy
e’tiqodlarni, m a’naviy his-tuyg‘u va odatlarni tarkib toptirish
maqsadida qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta ’sir ko‘rsatish
usullari demakdir. Bu usullar o‘quvchi (tarbiyalanuvchi)ning o‘z
shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni tashkil etishni
ham nazarda tutadi. Shu bois hozirgi zamon pedagogikasida
tarbiya metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning tarbiyaviy vazifa-
larni hal qilishga qaratilgan o‘zaro bog‘langan, birgalikdagi fao
liyati usuli sifatida ko‘rib chiqiladi.
O‘quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabat
da bo‘ladilar. Bu ularning individual xususiyatlariga, tarbiyalan-
ganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o‘rinli va
samarali tanlangani hamda mohirona qo‘llanilganligiga bog‘liq.
Tarbiya metodlarini to ‘g‘ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal
qilishda, o ‘quvchilarning o ‘z -o ‘zini tarbiyalash va faolligini
oshirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni ista-
gan har bir o‘qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning
mohiyatini puxta o‘zlashtirib olishi zarur (22- chizma).
Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’ti-
qodi, ishonchi va hayotiy qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga
ma’naviy (axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, jismoniy, ekologik,
iqtisodiy va h. k.) mazmundagi suhbatlar, hikoyalar, ma’ruzalar
hamda namuna ko‘rsatish metodlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruh metodlari yordamida o‘quvchida m a’naviy
mazmunga ega odatlar hosil qilinadi. O‘quvchi xulqida ijtimoiy
tarbiyaning mazmuniga muvofiq m a’naviy odatlar, asosan, fao-
liyat zaminida tarkib topadi.
Faoliyat o‘quvchilarni ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-
atvor tajribasi bilan boyituvchi muhim manba hisoblanadi.
Ikkinchi guruh metodlari orasida pedagogik talab metodi
ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli vazifalarning bajarilishi, ya’ni
82