|
Bola doimo oʻzi uchun qulay boʻlgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda boʻladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga koʻchib yuradi. Muhit bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba toʻplashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit-inson kirishishi, oʻzini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli bilishi lozim boʻlgan koʻcha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida oʻzaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan harakterlanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada taʼsir qiladi hamda oʻzgartiradi va oʻz oʻrnida muhit ham inson oldiga oʻz talablarini qoʻyadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham mumkin.
|
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar - maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh o‘sib borgan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllanishida, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rgandilar.
|
Bolani tarbiyalash haqida xalqimiz orasida ko'plab afsonalar, rivoyatlar, maqollar, ertaklar yurishi ham bejiz emas. Donishmandlar bolani ona qornidan boshlab tarbiya qilish kerak deyishadi. Qachonki, bola tarbiyali bo'lsa u mukammal ilm sohibi, komil inson bo'la oladi.
Bolani tarbiyalashda agar maktab yoshida bo'lsa ota-ona va maktab hatto mahalla ham doimo yaxshi yo'lga qo'yilar ekan, o'sha oila, o'sha mahalla gullab-yashnaydi. Ammo hozirgi kunda bolalarning tarbiyasiga e'tibor bermayotgan kishilar ham ko'p uchraydi.
|