Ismoiljonov Ibrohimjon Mustaqil ish mavzusi: Rivojlanish psixologiyasiga kirish va tadqiqot medotlari. Reja



Yüklə 44,99 Kb.
səhifə2/4
tarix04.12.2023
ölçüsü44,99 Kb.
#138101
1   2   3   4
Ergasheva Zamira

2)

Suhbat metodining afzalliklari

Suhbat metodining kamchiliklari

Bu metodda tadqiqotlar taxminan quyidagicha o‘tkaziladi. Tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik hissi sub’ektiv ravishda qanday kechishini, poetik ijodiyot jarayoni qanday borishini, irodaga bog‘liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday ro‘y berishini, biron masalani yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini vashunga o‘xshash hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo‘yadi, tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi.

Suhbat metodining kamchiliklari haqida gapirganda, odatda, bu metoddan foydalanishda tadqiqotchining ta’siri bo‘lishi mumkin deb aytadilar. Tadqiqotchining ta’siri bo‘lishi mumkinligini, albatta, hisobga olish va tekshirishning boshlaridayoq bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Buning uchun savollar shunday berilishi kerakki, ularda qanday bo‘lmasin muayyan javobga ishora ham qolmasin. Bundan tashqari, savollar shunday berilishi kerakki, tekshiriluvchi kishining bir savolga qaytargan javoblarini boshqa savolga qaytarilgan javoblar bilan nazorat qilish mumkin bo‘lsin.

3)

Test metodining afzalliklari

Test metodining kamchiliklari

Test - inglizcha so'zdan olingan bulib, har qanday sinov va hal qanday tekshirish demakdir. “ Test” termini bunday keng ma'noda texnika biologiya, meditsina va ximiyada qo’llaniladi. Psixologik - pedagogik tadqiqotlarda test deb guruh va individual xususiyatlarni qiyosiy o'rganishda qo’llaniladigan, ma'lum vaqtga muljallangan har xil qiyinchiliklardagi topshiriqlarga aytiladi.
30-yillarda eksperemental psixologiya va pedagogikada, pedalogiyada bolani o'rganishning asosiy metodi hisoblangan testlardan foydalanish keng tarkaladi. Bu davrda mamlakatimizda testlar va ularning qo’llanilishi haqida ko'p tirajli kitoblar chiqa boshladi. Lekin shu davrdayoq, bir qancha olimlar testlarni qo'llash ko'p noaniqliklarni keltirib chiqarishni, u metod xavfli ekanligini ta'kidlagan edilar. Bunda ular:
birinchidan, hamma vaqt ham o'quvchining qobiliyatlaridan darak beruvchi ma'lumotlarni bolaning rivoj-lanishi va tarbiyalanganlik darajasini harakterlovchi ma'lumotlardan farq qilib bo’lmaydi;
ikkinchidan, bir ma'lumotnng o'zi shaxsning har xil sifatlarini bildiradi, bolaning bir qancha motivlarning paydo bo'lishi natijasi bo'ladi.
uchinchidan, testlar asosida juda keng umumlashmalar va xulosalar chiqarish mumkin emas degan xulosadan kelib chiqqan edilar.
Ma'lum sharoitda testlar o'quvchilarni o'rganishga yaxshi yordam berishi mumkin. Uning asosiy maqsadi - xotira, diqqat, tafakkur,bilimga qiziqishlar, umuman turli intelektual faoliyatlardagi o'zgarishlarni rivojlanish darajasida aniqlashdir. Testlar yordamida hayotiy tajribalar
qarashlar, fikrlar, xatti-harakat sabablari kabilarni, faqat boshqa tadqiqot metodlari bilan birga qo'llash orqali aniqlash mumkin.
Boshqa metodlar kabi test metodining ham bir qancha afzalliklari bor.

Chet el psixologlari testlarni shaxsning isteʼdod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar.Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik me’zoni hisoblanmaydi. Maʼlumki bir muammoning yechimini izlash, turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi.Shuningdek tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo’maydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar.

4)


Yüklə 44,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin