O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
TO’RAQO’RG’ON TUMAN
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
18-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG`ICH SINF O’QITUVCHISI
ISOMIDDINOVA ZILOLANING
2-SINFLAR UCHUN
MATEMATIKA FANIDAN 1 SOATLIK
Ushbu dars ishlanma boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun mo`ljalangan.
Tuzuvchi:
Z.Isomiddinova 18-umumiy o’rta ta'lim
maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi.
Taqrizchilar:
N.Xolmatova 18-umumiy o’rta ta’lim Boshlang’ich sinflar metod birlashmasi rahbari
Ushbu dars ishlanma 18-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi pedagogik kengashining 20___- yil_______dagi ___-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya etildi.
Mavzu: Ko‘paytirish amali komponentlarining nomlanishi
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga matematika asoslari bo‘yicha ta’lim-tarbiya berish, mavzu bo‘yicha o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga dars davomida pedtexnologiyalar, ko‘rgazmalar, didaktik o‘yinlar orqali ko‘paytirish amalining komponentlari , matematik tenglamalar haqida chuqurroq tushunchalar berish, olgan bilimlarini misol va masalalar orqali mustahkamlash
Fanga oid kompetensiya: Ko‘paytirish amalining komponentlarini to‘g‘ri ajrata olishi , ko‘paytirishni to‘g‘ri bajarishda ushbu qoidani to‘g‘ri qo‘llay bilishi, ko‘paytirishga doir, misollar va tenglamalarni bajarishda ko‘paytirish amalining komponentlarini o‘z ornida to;g;ri bajarishiga erishish
Tarbiyaviy maqsad:O‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish,har bir matematik muammoli masalalarni hamjixatlikda, ahillikda va hozirjavoblik bilan hal etishga, boshqalar fikrini tinglash va hurmat qilishga o‘rgatish
Dostları ilə paylaş: |