barcha HL o‘chirilib, simlar ish joyida yoki ish uchastkasining ikki tomonida erga ulanganidan so‘ng bajarilishi
mumkin.
183. Tros va simlarni bir tarafga qarab tortishga mo‘ljallanmagan tayanchlarda shunday vaqtincha tortish
zarur bo‘lsa, tayanchlarning qulab tushishining oldini olish uchun ular mahkamlanishi shart.
184. Tayanchlarning detallari almashtirilayotganda, uning siljishi yoki qulab tushishi ehtimoli istisno etilgan
bo‘lishi zarur.
185. P va AP turidagi tayanchlarning bittalik yoki ikkitalik qo‘shimcha tirgaklarini almashtirishda, baravariga
tayanchning ikkala oyog‘i ostini kavlab olish taqiqlanadi.
Tirgaklarni o‘rnatishni tayanchning bir oyoqlisidan boshlash zarur va faqat undagi tirgaklar almashtirilib,
bandaj bilan mahkamlanganidan hamda erdagi tuproq zichlanganidan keyin tayanchning boshqa oyog‘idagi
tirgaklarni almashtirishga kirishish mumkin. Ikkitasi birlashtirilgan tirgaklarni navbatma-navbat almashtirish
kerak.
Tirgaklarni chiqarib olish yoki uni tushirish vaqtida handaqda turish man etiladi.
186. Tayanchlarni qulatish va o‘rnatish uslublari, og‘ishining oldini olish uchun ularni mahkamlash zarurati
va usullari javobgar rahbar tomonidan, u tayinlanmagan holda esa, naryad beruvchi shaxs tomonidan
belgilanadi.
187. Mexanik jihatdan mustahkamligi (yog‘ochning chirishi, betondagi darzlar va boshqalar) shubha
tug‘diradigan tayanchlardagi tros va tortqilarni mahkamlash zarurati paydo bo‘lganda, ushbu ishlar bevosita
tayanchga ko‘tarilish talab etilmagan holda, tayanch yoniga barpo etilgan maxsus mahkamlovchi qurilmalardan
yoki odamlarni ko‘tarish uchun mo‘ljallangan boshqa mexanizm, yoki teleskopik minoradan foydalanib bajarish
zarur.
Ko‘tarilgan tayanchdagi tros va tortqilarni faqat tayanch erga yoki poydevorga mahkamlangandan keyin
yechish mumkin.
188. Agar ilgakli tortqilar qo‘llanilgan bo‘lsa, ular himoya qulflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
189. Izolyatorlar shodalarida ishlaganda, quyidagi hollarda ular bo‘ylab harakatlanishga ruxsat etiladi:
bir zanjirli, shuningdek, ikki va undan ko‘p zanjirli ko‘tarib turuvchi shodalar bo‘ylab;
ikki va undan ko‘p zanjirdan tashkil topgan tortib turuvchi shodalar bo‘ylab.
Bir zanjirli tortib turuvchi shodalarda maxsus moslamalardan foydalanib, ular bo‘lmagan taqdirda esa,
shodalar ustiga yotib va tana holatini o‘rnashtirish uchun oyoqlarni traversga ilashtirgan holda ishlashga ruxsat
etiladi.
190. Ushlab turuvchi shodada ishlagan paytda himoya kamarining stropi traversga mahkamlanishi kerak.
Agar osma uzunligi yetarli bo‘lmasa, belga mahkamlangan ikkita xavfsizlik arqonidan foydalanish zarur. Bu holda
bitta arqon traversga bog‘lanadi, ikkinchisi esa oldindan traversning orqasidan o‘tkazilib brigada a’zolaridan biri
xavfsizlikni ta’minlash uchun zaruratga qarab uni asta-sekin tortib yoki bo‘shatib turadi.
191. Tortib turuvchi shodada ishlaganda, himoya kamarining osmasi traversga yoki ushbu maqsadlar uchun
mo‘ljallangan moslamaga mahkamlanishi zarur.
192. Ushlab turuvchi va tortib turuvchi ikki va undan ko‘p zanjirli shodalarda himoya kamarining stropini ish
bajarilmayotgan zanjirning biriga mahkamlashga ruxsat etiladi. Strop osmasini ish bajarilayotgan shodaga
mahkamlash taqiqlanadi.
193. Shodalarni bir-biridan ajralib ketishiga olib boruvchi nosozliklar aniqlanganda, ish to‘xtatilishi shart.
194. Simlarni, troslarni, izolyatorlarni traversga ko‘tarayotgan yoki tushirayotgan vaqtda yuk ko‘tarayotgan
traversda yoki tayanchning bu traversi ostidagi qismida turish man etiladi.
Yuk ko‘tarish sxemasini tanlash va ko‘taruvchi bloklarni joylashtirish shunday hisoblanishi kerakki, unda
tayanchga shikast yetkaziladigan kuch paydo bo‘lmasligi lozim.
195. Tayanchni bo‘yash paytida izolyator va simlarga bo‘yoq tegib ketmasligining oldini olish choralarini
ko‘rish (masalan, taglik qo‘llash) zarur.
Dostları ilə paylaş: