mintaqalarni kompleks rivojlantirish;
mintaqalar o‘rtasidagi hududiy mehnat taqsimoti;
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtirish
Ishlab chiqarish kuchlarini oqilona va samarali joylashtirish
deganda mahsulot ishlab
chiqarish xarajatlarini minimal holatga keltirish va ishlab chiqarishning barcha (tayyor
mahsulotgacha
bo‘lgan)
bosqichlarini
muayyan
hududga
joylashtirish
tushuniladi.
Mamlakatimizning turli hududlari tabiiy resurslar zaxiralarining miqdori, komponentlar tarkibi,
geologik salohiyatlariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi. Bunda ishlab chiqarishning xomashyo, yoqilg‘i,
energiya va iste’mol manbalariga yaqinligini ta’minlaydigan transport omili katta ahamiyatga ega.
Mintaqalar o‘rtasida hududiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish
kuchlarini samarali joylashtirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Mintaqalarning iqtisodiy
rivojlanish darajasi, tabiiy-resurs salohiyati, tarixiy va demografik xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro
farq qiladi. SHuning uchun har bir mintaqa faqat o‘zigagina xos bo‘lgan
xususiyatlar asosida
muayyan sohaga ixtisoslashadi va iqtisodiy aloqalar asosida boshqa mintaqalar bilan mahsulot
ayirboshlaydi.
Dostları ilə paylaş: