Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/203
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140291
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203
И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич

 
4.3.2-jadval 
Davlat aktivlarini harid qilganlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi 
ko`rsatkichlari
1
 
 
 
2011y 
2012y 
2013y 
2018y 
Bajarilgan 
investitsiya 
majburiyatlari 
bo`yicha 
shartnomalar soni
105 
131 
142 
96 
Ularning umumiy qiymati
mln. AQSh dollari 
14,23 
37,35 
57,89 
19,9 
mlrd. So`m 
10,31 
56,99 
19,13 
21,1 
Shu jumladan
Xorijiy investorlar tomonidan,
shartnomalar soni
13 
11 
10 

mln. AQSh dollari
11,93 
30,5 
25,46 
12,87 
mlrd. So`m 
2,61 
8,05 
1,2 

Mahalliy investorlar shartnomalar soni 
26 
69 
74 
54 
mln. AQSh dollari
2,3 
0,85 
0,034 
0,618 
mlrd. So`m 
2,4 
4,29 
11,9 
11,219 
Nol xarid qiymatida shartnomalar soni 
66 
51 
58 
34 
mln. AQSh dollari


32,4 
6,4 
mlrd. so`m 
5,3 
37,3 
6,026 
9,9 
O`zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar
mln. AQSh dollari
80,1 
97,40 
32,63 
18,0 
Bekor qilingan shartnomalar soni 
34 
33 
18 
mln. AQSh dollari
22,45 
1,51 
2,19 
mlrd. so`m 
2,52 
4,34 
8,48 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi bosqichida 
davlat ulushi bor bo`lgan xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati monitoringi amalga 
oshirilmoqda (8.3.1-rasm). 
8.3.1-rasm 
Faoliyati monitoring qilinayotgan xususiylashtirilgan
korxonalar soni
1
 
 
Davlat mulk qo`mitasi tomonidan 2018 yil xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati 
o`rganilgan bo`lsa, korxona faoliyati tahlil qilindi.
O’zbekistonda 40 ming ob’yekt o’rganilib, ularning 3ming 900 tasibo’sh turgani va to’liq 
ishlamayotgani aniqlandi.. 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi “Davlat mulkini 
ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to``grisida”gi 102-sonli Qaroriga binoan 
Davlat mulkini ijaraga berish markazlari tashkil etildi. Ushbu markazlarning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat qilib belgilangan: 
- davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish
- ijaraga berilayotgan davlat mulki hamda uni ijaraga berishdan tushadigan mabla`glarni 
hisobga olish va manitoringi olib borish; 
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат мулк қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилди. 
1
Ўзбекистон Республикаси Давлат мулк қўмитаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилди. 


- ijaraga beriladigan davlat mulki bo`yicha ma`lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish; 
- ijara ob`ektlaridan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to`lovi 
o`z vaqtida va to`liq to`lanishini nazorat qilish; 
- ijaraga beriladigan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan o`tkazish; 
- foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to``grisidagi e`lonlar va ijaraga
berilayotgan davlat mulki ro`yxatini respublika va viloyat davriy nashrlarida hamda 
O`zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo`mitasi, monopoliyadan chiqarish, raqobatni 
rivojlantirish davlat qo`mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda e`lon 
qilish. 
Xususiylashtirish va mulkdorlar safini kengaytirish, islohotlarni chuqurlashtirish va 
iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishning ustuvor yo`nalishidagi qilinishi lozim bo`lgan muhim 
vazifalar quyidagilardan iborat qilib belgilangan:

davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo`yicha ishlarni davom ettirish

aktsiyalashtirish amaliy natija bermagan korxona va ob`ektlarni xususiy mulkdorlarga 
berish; 

yangi mulkdorlarning korxonalar samarali faoliyatini ta`minlash, investitsiya 
majburiyatlarini so`zsiz bajarish bo`yicha huquqiy va iqtisodiy javobgarligini oshirishni ko`zda 
tutgan holda amaldagi qonunchilikning me`yorlarini qayta ko`rib chiqish va kuchaytirish; 

xususiylashtirish jarayoniga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik va 
texnologik jihatdan yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo`lga 
qo`yish bo`yicha majburiyatlarni o`z zimmasiga oladigan ishonchli va mas`uliyatli investorlarni 
jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish. 
2008 yilda O`zbekiston Respublikasining “Qimmatli qo`gozlar bozori to``grisida”gi 
hamda “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoyalash to``grisida”gi 
qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to``grisida”gi qonunlari hamda boshqa bir qator 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlar qimmatli qo`gozlar bozorini 
rivojlantirish, korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish va aktsiyadorlarning korxonalarni 
boshqarishdagi faolligini oshirish, baholovchi tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning 
ko`rsatilajak xizmatlar sifatiga mas`uliyatini oshirish, yangi mulkdorlarning korxonalarni samarali 
faoliyat yuritishi uchun mas`ulligini oshirishning huquqiy asosini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Mamlakatda tadbirkorlik sub`ektlarini tashkil etish va samarali faoliyat yuritishi uchun 
qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ham sezilarli chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Biznesni 
ro`yxatdan o`tkazish, ixtiyoriy tugatish ishlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Ayrim 
qoidabuzarliklar bo`yicha jarima sanktsiyalari pasaytirildi yoki umuman bekor qilindi. Soliq 
stavkalari ham unifikatsiya qilinib, tobora pasaytirib borilmoqda.
Xususan, kichik korxonalarga yagona soliq to`lovi 13% dan 6%(sanoat korxonalari 
uchun5%ga tushirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 
ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion so‘mni tashkil etmoqda. 
YOqilg‘i-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada 
saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga 
to‘sqinlik qilmoqda. 
Ayrim vazirliklar o‘zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda ta’sischi ekani erkin va 
sog‘lom raqobatga yo‘l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi 
o‘zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib 
bo‘lmaydi. 
Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat 
qo‘mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan 
boshqarilmoqda
1

___________________________ 
O‘zbekiston Respublikasi SHavkat Mirziyoevntng Oliy majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr’. 


Bunday yondashuv so‘nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib 
kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo‘q bo‘lib ketdi.
Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tubdan 
takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish lozim.
Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va 
obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish, xususiylashtirish 
jarayonlariga bosh-qosh bo‘ladi. 
Tadbirkorlarni yuqori likvidli moddiy resurslar bilan ta`minlashning bozor mexanizmlari 
yaratildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayoni bilan bir vaqtda bozor 
infratuzilmalari shakllandi va ular rivojlanish bosqichiga o`tdi. Bu fond, tovar hamda ko`chmas 
mulk bozorlari, investitsion fondlar, auditorlik, konsalting va shu kabi boshqa tuzilmalarni tashkil 
topishi va rivojlanishi bilan namoyon bo`ldi. 
Erishilgan ijobiy natijalarga qaramasdan respublikamizning ayrim hududlarida 
xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash ishlariga e`tibor sustligicha qolmoqda. 
Vaholanki, mulkdan samarali foydalanish va tadbirkorlikning rivojlanishi uchun qulay shart-
sharoit yaratish dotatsiyadan chiqish hamda byudjetning daromad qismini oshirishning asosiy 
yo`nalishlaridan hisoblanadi. 
Bugungi kunda davlat mulkini xususiylashtirish va undan samarali foydalanish borasida 
2011-2013 yillarga mo`ljallangan xususiylashtirish dasturi, Prezident qarori va Davlat mulki 
ob`ektlarini samarali boshqarish chora-tadbirlari to``grisida Vazirlar Mahkamasi qarorlari 
loyihalarini ishlab chiqishga asosiy e`tibor qaratilgan bo`lib, dasturlarning o`ziga xos xususiyati 
korxonalarga to``gridan-to``gri investitsiyalarni jalb qilishga ustuvor ahamiyat qaratilganligidir. 
Investorlarning takliflari xususiylashtirilayotgan ob`ektning xarid qiymati miqdoridan 
emas, balki investorning investitsiya dasturi mazmuni, uning ishlab chiqarishni kengaytirish va 
korxonani 
modernizatsiya 
qilish 
hamda 
samarali 
boshqaruvni 
joriy 
qilinishiga 
yo`naltirilganligidan kelib chiqib baholanadi. 
Iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvini keskin kamaytirish lozim. 
Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, 
ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion so‘mni tashkil etmoqda. 
YOqilg‘i-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada 
saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga 
to‘sqinlik qilmoqda. 
Ayrim vazirliklar o‘zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda ta’sischi ekani erkin va sog‘lom 
raqobatga yo‘l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi 
o‘zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib 
bo‘lmaydi. 
Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 21 foizi Davlat raqobat 
qo‘mitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar hamda xo‘jalik birlashmalari tomonidan 
boshqarilmoqda. 
Bunday yondashuv so‘nggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga olib kelgani 
hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yo‘q bo‘lib ketdi.
Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini 
tubdan takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish lozim.
Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va 
obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish, xususiylashtirish 
jarayonlariga bosh-qosh bo‘ladi. 
Davlat aktivlari ahamiyati va xususiylashtirish usullaridan kelib chiqib, guruhlarga ajratilgan 
holda quyidagi tartibda sotiladi: 


1-guruh. Butunligicha sotiladigan davlat korxonalari (ob`ektlari) va ochiq birja savdolarida 
to`liq xususiy mulkka sotiladigan davlatga tegishli aktsiyalar paketi va davlat ulushlari. Ushbu 
guruhga kirgan korxona (ob`ektlarni) xususiylashtirish mexanizmi juda sodda, ya`ni ob`ektlar 
yoki aktsiyalar paketlarini birja orqali sotish. Bunda ob`ekt yoki aktsiyalar paketi savdo 
maydonchasiga qo`yiladi, reklama ishlari amalga oshiriladi, ularni sotishga ko`maklashuvchi 
tegishli institutlar ishtirok etadi. Xaridorlarda talab bo`lmagan taqdirda dastlabki sotish narxlarini 
qadam-baqadam pasaytirish mexanizmi qo`llanadi. 
2-guruh. Sarmoyadorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi evaziga nol
qiymatda tanlov savdolariga qo`yiladigan korxona va ob`ektlar. Ushbu guruh ob`ektlari 
hududlarda tanlovlar e`lon qilish yo`li bilan sotiladi. Har bir hududda ushbu hudud 
ma`muriyatining rahbari boshchiligida tanlov komissiyalari tuzilgan. Sarmoyadorlarga nol xarid 
qiymati bo`yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko`rib ishlovchi, iqtisodiy nochor davlat 
korxonalarining byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo`yicha to`lovlar, shu jumladan, ular 
bo`yicha hisoblab yozilgan penyalar va jarimalar bo`yicha o`tgan yillardagi ishonchsiz qarzlari 
hukumat tomonidan hisobdan chiqarib tashlanadi. 
3-guruh. Davlatga tegishli bo`lgan aktsiyalar paketi xalqaro tenderlarni tashkil etish 
asosida sotiladigan strategik ahamiyatga ega bo`lgan korxonalar. Yirik strategik korxonalar 
ochiq tenderlarni tashkil etish yo`li bilan sotiladi, bu yerda yakka tartibda xususiylashtirish 
jarayoni qo`llaniladi. Bunday tenderlarda ishtirok etish uchun xususiylashtirilayotgan 
korxonaga investitsiyalar kiritish va uni yanada rivojlantirish bo`yicha biznes-rejalarini taqdim 
etgan sarmoyadorlarga ruxsat etiladi. 
Davlatga tegishli bo`lgan aktsiyalar paketi bunday tenderlarda sotiladigan korxonalar Davlat 
investitsiya dasturiga kiritilishi mumkin, bu ushbu korxonani 7 yilga daromad va foyda soli`gidan 
ozod etish imkonini beradi. Bundan tashqari, aktsiyalarning nazorat qilish huquqini bermaydigan 
paketini xarid qilgan, lekin korxonaga katta miqdorda mabla`g kiritgan sarmoyador Davlat mulki 
qo`mitasi bilan boshqaruv nazoratini qo`lga kiritish to``grisida shartnoma tuzishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin