И тисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйич
o'zbekiston respublikasining qonuni “Raqobat to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida quyidagilarga erishilishi
mumkin:
-
raqobatni himoya qilish tovar va moliyaviy bozorlarni ham qamrab oladi;
-
iqtisodiy, kapital kontsentratsiyasi (aktsiyalarni sotish-sotib olish, qo`shilish, birlashtirish
va h.k.) bo`yicha bitimlarni nazorat qilish kuchayadi. Bozor, kapital kontsentratsiyasi bo`yicha
bitimlarga monopoliyaga qarshi organlardan ruxsat olish protseduralari, tartib-qoidalari bu
sohadagi xalqaro me`yorlarga muvofiqlashtiriladi;
-
monopolist-korxonalarning tovar va xizmatlariga narxni shakllantirishda narxlarni
tartibga solishning bozor mexanizmini himoya qilish kuchayadi. Bu borada yangi usul va
dastaklar ishlab chiqiladi.
O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonunining ishlab chiqilishi va qabul
qilinishi milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish hamda erkin
raqobatni himoya qilish maqsadida quyidagi vazifalarni hal qilish bo`yicha chora-tadbirlarni
ishlab chiqishni taqozo etadi:
-
monopolist-korxonalar va ayrim davlat boshqaruv organlarining raqobatga qarshi
faoliyatining oldini olish, tadbirkorlik faoliyati erkinligi va iste`molchilar huquqlarini himoya
qilish tizimini mustahkamlash, xo`jalik sub`ektlarining raqobatlashish madaniyatini oshirish;
-
raqobatni jadallashtirish choralarini ishlab chiqish, monopoliyaga qarshi organlar tarkibiy
tuzilishini o`zgartirish, ularning vakolatlari, vazifalari va faoliyatini takomillashtirish tadbirlarini
amalga oshirish;
-
monopoliyaga qarshi kurashuvchi organlar uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirish tizimini shakllantirish hamda muntazam ravishda takomillashtirish, ular
faoliyatining ochiqligini ta`minlash, raqobatni himoya qilish bo`yicha amalga oshirayotgan
ishlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.