Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma
Savollar X-Y plot uskunasi haqida ma’lumot bering
Polar Plot uskunasi haqida ma’lumot bering
3D Bar uskunasi haqida ma’lumot bering
Surface Plot uskunasi haqida ma’lumot bering
Contour Plot uskunasi haqida ma’lumot bering
3D Scatter Plot uskunasi haqida ma’lumot bering
Vector Field uskunasi haqida ma’lumot bering
Topshiriqlar X-Y plot uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
Polar Plot uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
3D Bar uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
Surface Plot uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
Contour Plot uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
3D Scatter Plot uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
Vector Field uskunasining ishlatilishiga misol keltiring.
14-ma’ruza.Mathlab dasturida turli hil matematik masallarni yechish.
Reja
1.MathLab dasturida turli hil matematik masallarni yechish.
2.MathLab dasturida turli hil matematik masallarni yechish usullari bilan tanishish.
Tayanch so’zlar: syms buyrug’i, expand funksiyasi, factor funksiyasi, simplify funksiyasi, simple funksiyasi, who va whos buyuqlari, meshgrid funksiyasi, mesh funksiyasi, bar3 funksiyasi, plot3 funksiyasi, surf funksiyasi, sphere funksiyasi, cylinder funksiyasi, fill3 funksiyasi, ellipsoid funksiyasi.
MATLABda matеmatik ifodalar ustida shakl almashtirish jarayonida
quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• O’xshash hadlarni ixchamlash;
• Ko’paytuvchilarga ajratish;
• Qavslarni ochish:
• Ratsional kasrlarni qisqartirish va shu kabilar
Bunday simvolli hisoblashlarni bajarishdan oldin ifodadagi o'zgaruvchilar syms yordamchi buyrug'i (syms inglizcha "symbols", ya'ni "simvollar" so'zining qisqa ifodasi)orqali e'lon qilinadi. Masalan:
>> syms x y z a b c d
Ifodalarda shakl almashtirishlar.Ifodalarda qavslarni ochib, ularning hadlarini ixchamlash expand() buyrug’i bilan amalga oshiriladi:
>> syms x y z a b c d e
>> P=(x+1)*(x-1)*(x^2-x+1)*(x^2+x+1)
P =
(x+1)*(x-1)*(x^2-x+1)*(x^2+x+1)
>> P1=expand(P)
P1 =
x^6-1
Ko’phadlarni ko’paytuvchilarga ajratish uchun esa factor()buyrug’idan foydalanamiz. Masalan:
>> factor(P1)
ans =
(x+1)*(x-1)*(x^2-x+1)*(x^2+x+1)
>> factor(x^5-x^4-7*x^3+x^2+6*x)
ans =
x*(x-1)*(x-3)*(x+2)*(x+1)
Ifodalarni soddalashtirish simplify() yoki simple()buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Masalan:
>> P2=(cos(x)-sin(x))*(cos(x)+sin(x))
P2 =
(cos(x)-sin(x))*(cos(x)+sin(x))
>> simplify(P2)
ans =
2*cos(x)^2-1
Bundan tashqari, ifodalar ustida shakl almashtirishlarda kerak bo’ladigancollect, numden, horner, subexpr, subs kabi bir qator buyruqlari mavjud vauni mustaqil o’rganishni foydalanuvchiga qoldiramiz.