Namangan Muhandislik Qurilish Instituti,
Qurilish fakulteti 1
a
-K T I-15 guruhi talabasi
Muhammadjonov Bobirmirzo
Jaholatga qarshi ma’rifat
Glaballashuv jarayonida rivojlanishlar, innovatsion texnologilar zamonida
yashayapmiz. Dunyoda borgan sari jaholat avj olib bormoqda. Jahonda sodir
bo'layotgan voqea - hodisalar ommaviy axborot vositalari yoki internet tarmoqlari
orqali ko'rib, shunday tinch vatanda yashayotganimizga shukur qilishimiz lozim.
Lekin bizda ham buning salbiy ta'siri yoshlar ongiga zarar yetkazmoqda ya'ni,
yoshlarimiz ommaviy madaniyat tufayli taqlidlar ko'payib ketdi. Biz yoshlar
tengdoshlarimizni salbiy omillardan yoki tahdidlardan biror bir faoliyat band
bo'lishini ta'minlagan holda ma'rifat sari yo'naltirishimiz kerak. Bugungi kunda
yurtboshimiz olib borayotgan siyosatlari tufayli biz yoshlar ongida ortiqcha sarf
harajatlarsiz to'y - marosimlarini o'tkazish va kelajakka yangicha nigoh bilan vatanga
o'z hissamizni qo'shmog'imiz lozim. Bularning zaminida albatta ma'rifat va
ma'naviyat yotadi. Ma’rifatning ta’riflari hozirgi kunda juda ko’p, bunga o’z kasbi
yoki faoliyatidan kelib chiqqan holda ham fikr bildirish mumkin. Misol uchun
shifokorlar ma’rifatni biror bemorni dardiga davo topish orqali ifodalashsa,
o’qituvchilar esa o’quvchilarga bilim berish asosida, xarbiylarimiz esa vatanga sodiq
farzand ya’ni, xalqimizga o’rnak bo’lish bilan ifodalanadi, iqtisodchilar esa aholi
turmush darajasini yaxshilash moddiy va moliyaviy jihatdan aholi ehtiyojlarini
qondirishi orqali aks etadi. Shundan kelib chiqadiki, ma’rifat - bu ezgulikka eltuvchi
nur yoki ziyo demakdir.
19 sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo'lib
o'tdi. Bunda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni davrda
insoniyat tarixidagi eng ko'p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan
holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini qabul
qilishni taklif qildi. Mamlakat prezidenti bunga asos qilib, yoshlarning soni ikki
milliarddan ortib qolgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o'sib
borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida ko'rsatdi.
Prezident dunyo yoshlari o'rtasida zo'ravonlik g'oyasi tarqalishining oldini olish
kerakligini, ularning huquq va manfaatlarini, turmushini ijtimoiy himoya qilish uchun
dunyo xalqlaridan ko'p tomonlama hamkorlik tashabbusi so'ralishini aytib o'tdi.
Yoshlar huquqlarini bir me`yorda belgilash va uni himoya qilish globallashuv va
axborot texnologiya rivojlanish davrining muhim sharti ekani ta`kidlandi.
«Shuningdek, ushbu konvensiyani imzolagan a`zo davlatlar mamlakat ijtimoiy
siyosatida yoshlar masalasini muhim yo'nalish sifatida ko'rib, zimmasidagi katta
mas`uliyatni ado etishi kerak», deb fikr bildiradilar Prezidentimiz. Ta’kidlash joizki,
Yurtboshimiz O'zbekistonda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish
maqsadida «O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi» tashkilotini tuzish taklifini ma`qulladi va
ularga katta imtiyoz berilishi uchun tashabbus bildirdi, bir guruh yosh iqtidorlarni
davlat mukofotlari bilan taqdirladi, bir nechta serg'ayrat yoshlarni yuqori davlat
organlarida ish faoliyatini boshlash uchun sharoit yaratib berdilar.
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur» jurnali bosh
muharriri bergan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda bu
masalaga diqqat bilan e'tibor berib, «g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi faqat fikr,
jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan shior
o’rtaga tashlandi.