Jaholatga qarshi ma’rifat


J aholatga qarshi ma'rifat



Yüklə 109,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix13.04.2022
ölçüsü109,31 Kb.
#115259
1   2
Jaholatga qarshi ma’rifat

J

aholatga qarshi ma'rifat. Bu o’rinda asrimiz boshida xalqni

ma'rifat va milliy uyg’onishga chorlagan jadidchilik harakati namoyandalari hayotini,

ijodini, intilishlarini o’rganish, ularning bugungi kundagi mohiyati va ahamiyati

haqida ham gapirishimiz zarur.  Ma'rifat vositasida kurashish deb, biron bir

xavfning mohiyatini chuqur anglab, unga qarshi bilim bilan ongli ravishda

kurashishga aytiladi. «Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil,



ma’rifatli, ayni paytda o’zining o’tmishi, ulug’ qadriyatlari, millati bilan

faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak.

Bunday insonni tarbiyalash esa ijtimoiy fanimizning muqaddas burchidir.»

I.A. Karimov

        


Buyuk  g’azal mulkini sultoni Alisher Navoiy «Ma'no ahli» deganda  haqiqat

yo'liga kirgan komil insonni nazarda tutgan.Ma'naviyat tushunchasi ma'rifat

tushunchasini ham o'z ichiga oladi. «Ma'rifat» so'zi arabcha bo'lib, «arafa» so'zidan

olingan. U bilish, bilim, ma'lumot, ilm, irfon, tashish, tanishish ma'nolarini bildiradi

deb ta’riflaganlar yana bir allomamiz Abu Rayhon Beruniy o’zining 75 yillik

umrining 31 yilini G’aznada o’tgazgan va shu yerda vafot etgan. Uning ko’pgina

asarlari, jumladan, “Hindiston, “Saydana, Qonuni Mas’udiy, “Kitobal - Jamohir-fi

ma’rifat al - javohir” kitoblari dunyoga kelgan va haligacha xorijiy mamlakatlarda

foydalanilmoqda. Yevropalik faylasuflardan biri Emmanuel Kant ma’rifatga shunday

ta’rif beradi. Ma'rifat - bu insonning o'zi sababchi bo'lgan qaramlik holatidan

chiqishidir. Qaramlik holati bu boshqasining yordamisiz o'z ongidan foydalana

olmaslikdir. Qaramlik holatining sababchisi o'zimiz bo'lamiz. Chunki bu holat

ongimizning yetishmasligidan emas, balki bu ongimizdan boshqasining yordamisiz



foydalanishga qarorliligimiz va jur'atimiz yetishmasligidan kelib chiqadi. Xattoki,

ma’rifatga she’rlar bitilgan misol uchun

Ma’rifat

Dil tubiga nur sochur,

Ma’rifat yoqqan chiroq.

Ko’ngil ko’zini ochur,

Ma’rifat yoqqan chiroq.

Toshni titratdi oqin,

Vah, keldi osmon yaqin,

Jonimda chaqdi chaqin,

Ma’rifat yoqqan chiroq.

Dillar diydor talabdir,

Diydor dilga sharafdir,

So’nish bilmas sharafdir,

Ma’rifat yoqqan chiroq.

O’qigan, uqqan qani,

Eling tanirmi sani?

Har nurida ming ma’ni

Ma’rifat yoqqan chiroq.

        


Aziz  tengdoshlar  bilasizlarmi?  Har  bir  inson  komillikka  intiladi  va  yaxshi

yashash uchun mehnat qiladi. Bu mehnat ortida tahdidlar borligini bilamiz albatta bu

horiz paydo bo’lgan emas, azaldan mavjud bo’lgan. Bashariyat qadim zamondan

buyon jaholatga, biddiyat va adolatsizlikga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib

keladi. Shuningdek, unga qarshi chora ko’rilsa yoki zo’ravonlik vositasida kurash

olib borilsa, jaholat avvalgidan xavfliroq bo’lib zo’rayib ketishi mumkin. Bugun

dunyoda kechayotgan jarayonlar XX asrdagidan farqlidir. Dunyo bugun o’z niqobini

o’zgartirdi. Aslida dunyo emas, turli xil siyosiy o’yinlar va ularning butun dunyoga

o’tkazmoqchi bo’layotgan siyosiy ta’sir yo’nalishi o’zgardi. Jaholatga qarshi ma’rifat

usuli hozirgi davrda, insoniyat taraqqiyoti borasida juda ilgarilab ketgan XXI asr

chog’laridayoq g’oyat muhim muammoga aylandi. Buni asl sababi shundaki, eng

kuchli ommaviy qirg’in qurollari ishlab chiqarilgan, olamni bir necha marta yo’q

qilib yuborishga qodir yadroviy qurollar zahirasi mavjud paytda o’zaro zo’ravonlik

va jaholatga umuman yo’l qo’yib bo’lmaydi.

        

Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning turli davlatlarida,   ya’ni Suriya va

boshqa davlatlarda ro’y berayotgan tahlikali qirg’in barot urushlar, iqtisodiy-ijtimoiy,

axborot-kommunikatsiya, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir

vaziyatda, barchamizga vojibki, fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga



qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Bilamizki, har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo shu kasallikga

qarshi emlash o’tkaziladi. So’ngra organizmida unga qarshi kurashuvchi immunitet

hosil bo’ladi. Shunday ekan biz yoshlar ham barimiz ongimizda ham ona

Vatanimizga bo’lgan, qadimiy boy tariximizga muhabbatimiz, ota-bobolarimiz kabi

o’z dinimizga sadoqat tuyg’ularini yanada shakllantirishimiz, kelajak avlodlarga

yetkazib, kerak bo’lsa ularning ongida va qalbida mafkuraviy, ma’naviy immunitetni

kuchaytirishimiz muhim o’rin tutadi. Yoshlardagi ma’naviy bo’shlig’ini to’ldirish

uchun ularni turli tajovuzlardan himoya qilishda dastlab ularning qalbida

Vatanimizga bo’lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, buyuk tariximizni, milliy urf-

odatlarimizni qalblariga singdirish zarurdir.

        Dunyodagi har bir davlatda internet, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish

cheklanmagan, ya’ni shu narsa boshqa davlatlarga qo’l keladi. Bu g’animlar uchun

dastlabki bosqich ongni zaharlashdan boshlanadi, ya’ni turli xil vositalar, ya’ni o’ziga

jalb qiladigan kompyuter o’yinlari, behayo tomoshalar va filmlar, turli kitob va

internet saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan kishilar ongidagi

bo’shliqni zaharli axborotlar bilan to’ldirishdir. Yuqoridagi vositalarning ashaddiy

muxlislarining ko’pchiligi hech shubhasiz, 12 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan

yoshlardan iboratdir. Bu faoliyat, ayniqsa, aholining 60-65 % dan ko’pini yoshlar

tashkil etadigan mamlakatimiz uchun o’ta xavfli jarayondir. Bunday kuchlar keyingi

bosqichda tafakkuri zaharlangan yoshlarga o’zlarining yot g’oyalarini singdirib,

ulardan o’z maqsadlarini amalga oshirishda foydalanadi. Birgina qo’shni

Afg’oniston, Tojikistondagi g’alayonlar - bularning ortida manfaat orttirishni

ko’zlagan g’animlar turgani hech birimizga sir bo’lmasligi lozim. Yaqinda MY5 TV

kanalidan “Opa” nomli hind kinosi namoyish qilindi. Bu film menda juda katta

taassurot qoldirdi. Bunda nohaq ayblangan opaning ukasi qilmagan ishi uchun unga

o’tkazilgan tajovuslar va qiynoqlar tufayli 25 yil boshqa davlat qamog’ida josus

tamg’asini olgan holda umri zavol ketdi. Xulosa qiladigan bo’lsak, biz ham shunaqa

bilmay qilingan holatlardan ogoh bo’lishimiz lozim. Shuncha gapirgandan ko’ra bir

bor ko’rgan afzal. Bu bilan men nima demoqchiman hammamiz ham xom sut emgan

bandamiz. Har qanaqa ishni bilib-bilmay qilishimiz, so’ngra tuzata olmay keyin

afsuslanishimiz bor gap. Agar shuni boshlangandayoq tuzata olsak nur ustiga a’lo nur

bo’ladi. Biz yoshlar ham xato qilsak, ota-onamiz baribir qachondir kechirashadiku,

Vatan ham huddi ota-onamiz kabidir.

         

Bugungi zamon bizdan ogohlikni talab  qilmoqda.  Dunyoda  muammolar  bor

ekan, albatta ularning yechimi ham bor. Agar yechimi bo’lmasa, u holda muammo



ham bo’lmas edi. Bu muammolarni yechish bizga biroz mushkuldek ko’rinadi go’yo

ammo yakdil bo’lsak bizga hech kim to’sqinlik qila olmaydi. Bugun tez-tez ko’zga

tashlanib turayotgan Vatanga xoinlik, millatiga qarshi harakatlarning oldini olish

choralari yuragida shu yurtga nisbatan muhabbat hissi bo’lgan har qanday kishini

o’ylantirmasdan qolmaydi. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun, menimcha,

quyidagilarga alohida e’tibor bermoq lozim;

- avvalo yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish kerak.

- bu maqsadni amalga oshirish uchun turli targ’ibot-tashviqot ishlaridan tashqari,

milliy telekanallarimiz orqali vatanparvarlik tuyg’usi bilan sug’orilgan filmlar

namoyish etish.

- yurtboshimizni olib borayotgan oqilona siyosatlarini matbuot organlari orqali efirga

uzatilishi biz yoshlarda Vatanga bo’lgan muhabbat, ishonch va kelajakka yangi bir

nigoh bilan boqish, shu yurt farzandi ekanligidan faxrlanish kabi yaxshi hislatlar

shakllanishiga olib keladi.

         Aziz yoshlar yangi davr keldi. Bu jarayonda yoshlar o’rtasida sog’lom turmush

tarzini qaror toptirishda ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan

turli zararli ta’sirlardan,shuningdek  “ommaviy madaniyat”ning xavf- xatarlaridan

asrash masalalari doimiy e’tiborimizda bo’lishi kerak. Chunki aynan ana shunday

illatlar xalqimizga xos hayo, andisha, insof, kabi fazilatlarga, asrlar davomida

shakllangan an’analarimizga putur yetkazadi. Biz yoshlar shu kabi muammolarni

bartaraf qilishda o’z hissamizni qo’shib, yurtimiz ravnaqiga poydevor bo’lmog’imiz

lozim. Biz yoshlar bugungi kun bilan emas, balki ertangi kun bilan zamon bilan

hamnafas bo’lgan holda hayot kechirishimiz darkor.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1.

Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Шавкат  Мирзиёевнинг  бирлашган



миллатлар  ташкилоти  бош  ассамблеясининг 72-сессиясидаги  нутқи. 2017 йил 19

сентабрь.

2.

Шавкат  МИРЗИЁЕВ “ЭРКИН  ВА  ФАРОВОН, ДЕМОКРАТИК  ЎЗБЕКИСТОН



ДАВЛАТИНИ  БИРГАЛИКДА  БАРПО  ЭТАМИЗ”. Ўзбекистон  Республикаси

Президенты лавозимига киришиш тантанали маросимига багиитанган Олий Мажлис

палаталарининг кўшма мажлисидаги нутқи. ТОШКЕНТ - «ЎЗБЕКИСТОН» - 2016.

3.

Шавкат  МИРЗИЁЕВ  ТАНҚИДИЙ  ТАҲЛИЛ, ҚАТЪИЙ  ТАРТИБ-ИНТИЗОМ  ВА



ШАХСИЙ  ЖАВОБГАРЛИК - ҲАР  БИР  РАҲБАР  ФАОЛИЯТИНИНГ  КУНДАЛИК

ҚОИДАСИ БЎЛИШИ КЕРАК. ТОШКЕНТ - «ЎЗБЕКИСТОН» - 2017

4.

I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asari T.6. - T.:



«O’zbekiston», 2008 – yil.

5.

 I. A. Karimov “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari



T.6. - T.: «O’zbekiston», 2011 - yil.

6.

Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka, tahdid,



barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. - T.: «O’zbekiston», 1997

7.

“Milliy g’oya” darslik.



8.

www.kun.uz

9.

www.ziyonet.uz



10.

www.arxiv.uz



Yüklə 109,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin