Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


"Avesto"da ajdodlarimizning oila va bolalikka munosabatini ifodalovchi mulohazalar to`g`ri aks etgan javobni aniqlang?



Yüklə 347,46 Kb.
səhifə35/62
tarix04.04.2023
ölçüsü347,46 Kb.
#124797
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

4."Avesto"da ajdodlarimizning oila va bolalikka munosabatini ifodalovchi mulohazalar to`g`ri aks etgan javobni aniqlang?
A) avlodning sog`lomligi ko`zda tutilib, qarindoshlarning o`zaro oila qurishlari man' etilgan;
B) Axura Mazda nomi bilan serfarzandlik alqangan, bunday oilalar uning himoyasida bo`lib, hayoti farovon, rizqi mo`l bo`lgan;
D) 2-3 bola ko`rgan ayol tuya bilan mukofotlanib, farzandlari uchun mas'uliyatsiz ota-onalar jazoga hukm qilingan;
E) A, B, D javoblar.
5. Movarounnahrdagi ilk maktablarda asosan o`qishni o`rgatish an'anasi hamda qoriy unvonlarining berilish sabablari qaysi javobda oydinlashtirilgan?
A) "Qur'oni karim" payg`ambarga og`zaki nozil qilingan edi, o`sha davrdagi qog`oz tanqisligi bois, Qur'on qiroatiga zo`r berilgan;
B) qiroatdagi turfa tovlanishlar, ohanglar vositasida inson ruhi va qalbini zabt etish, shu orqali islomiy e'tiqodning qaror topishiga erishish bosh maqsad hisoblangan;
D) Qur'onni yodlash va qiroat qilishni o`rgatadigan qorixonalar mavjud bo`lib, bunday maktablarni xatm qilganlar qoriy(qori) unvoniga sazovor bo`lgan;
E) barcha javoblar to`g`ri.
6."Haftiyak" kitobi haqidagi mulohazalar qaysi variantda to`g`ri ifodalangan?
A) YU asrda Eron pedagoglari tomonidan tuzilgan o`quv kitobi;
B) u fors-tojikcha so`z bo`lib, "Qur'on"ning ettidan biri degan ma'noni anglatadi;
D) musulmon o`lkalarida ilk alifbe vazifasini o`tagan ,bolalar undagi suralarni birin-ketin hijjalab qiroat qilganlar;
E) barcha javoblar to`g`ri

6-MAVZU. HADISLAR VA HADISXONLIK
1. Hadislar haqida tushuncha.
2. Hadisxonlik mohiyati.
3. Hadislarning ijtimoiy-axloqiy qimmati
Hadisxonlik. Islom ta'limotida hadislar Qur'ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi, shu bois ular hadisi sharif deb yuritila boshlangan. Diniy va ilmiy adabiyotlarning aksariyatida hadis istilohi-faqat Muhammad payg`ambar2ning so`zlariga nisbatan qo`llanilib, tobeinlarning so`zlari esa xabar deb tushuntirilgan esa-da, ko`p hollarda bu farqqa amal qilinaverilmaydi. Rost, hatto payg`ambar so`zlarini yig`uvchilarmuhaddislar, xabar, tarix va qissalarni naql qiluvchilar-axboriylar deyilsalar-da, baribir, hadis atamasi bilan ifoda etish an'anaga aylangan. Biroq shu mantiq asosida keyinchalik hadislarni "sahih" (haqiqiy, asl) va "isnod" (soxta nohaqiqiy) tarzida guruhlash yuzaga keldi.
Binobarin, hadislar Muhammad payg`ambarning turli munosabatlar taqozosiga ko`ra so`zlaganlari, sahobalarni qiziqtirgan savollarga qaytargan javoblari, islom dini ahkomlari-farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh masalalariga oid axloqiy ko`rsatma va amrlari, o`z yurish-turishi, sayru suluki va fe'l-atvorini ifodalovchi rivoyatlar yig`indisidir. Shulardan "Muhammad payg`ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko`rsatgan bo`lsa, yoxud boshqalarning biron ishini ko`rib, uni man etmagan bo`lsa, shu uch holatning har biri sunnat1 hisoblanadi".
Hadislarni yozib olish payg`ambar hayotdaligidayoq boshlangan esa-da, ammo boshda payg`ambar bunga izn bermagan. Buni payg`ambarning ilk muhaddislaridan sanaluvchi Abu Said al-Xudriyni ogohlantirgan tubandagi so`zlari ham tasdiqlaydi: "Mendan eshitganlaringizdan hech narsani yozib yurmanglar. Kimki Qur'on oyatlaridan boshqa biror narsani mendan eshitib yozib olgan bo`lsa, uni darhol yo`qotsin..."1. Bunday ta'qiqni Abu Hurayra ham ta'kidlaydi.
Manbalar payg`ambarning hadislarni kitobat qilishni man etishidan uch maqsadni kuzatganligini e'tirof etadi:
1) Hali Qur'on suralari va oyatlarini nozil etish davom etayotgan bir paytda ularni sunnatlarga qorishib ketishidan ehtiyot bo`lish zaruriyati;
2)Sunnatlarni savodli yozib oladigan xattotlarning kamchilligi;
3) Shuningdek, arab alifbosining etarlicha takomillashmagani. Shu
vajlarga ko`ra hadislarni yozib olishga yo`l berilmagan.
Shularga qaramay, Muhammad alayhissalomning o`zi tomonidan yozilgan talay vasiqa va hujjatlar, Vizantiya imperatori, Eron shohi, Misr, Hindiston va boshqa xorijiy o`lkalarning hukmdorlariga yo`llagan maktublari ilk hadislar sanalib, "ularda islomga da'vat, odamlarni ma'lum vazifalarga tayinlash, er va undan olinadigan soliqlar, imon va tavsiya"lar aks etgan edi.
Hadisshunoslikning yuzaga kelishi sahobalar nomi bilan bog`liq. Payg`ambar hayotligida qancha musulmon borligini aniqlamoqchi bo`lib: "Musulmonligini so`zi va amali bilan isbotlaganlar ismlarini yozsinlar",-deb buyurganida 1500 kishi ro`yxatdan o`tganligini tasdiqlovchi hadis bor. Biroq Abu Abdurahmon Boqiy ibn Mahlid "Musnad" asarida hadis rivoyat qiladigan sahobalar sonini 1300 nafar deb ko`rsatsa, Ibn al-Javziy ular sonini 1060 nafar tarzida ko`rsatadi. Qizig`i shundaki, o`sha sahobalardan mingtasi ikkitagacha hadis bilsa, 300 nafari nisbatan ko`proq hadis rivoyat qila olgan. Yetti nafari 1000 tadan ziyod hadis bilsa, faqat Abu Hurayragina 5374 ta hadisni rivoyat qila bilgan.
Hadislarni ko`p va xo`p bilish va rivoyat qilishda hech kim Abu Hurayraga teng kelmagan. Aytaylik, Umar ibn al-Xattob Abdulloh 2630 hadisni bilsa, Anas ibn Molik 2286, Abdulloh ibn Abbos 1660, Jobir ibn Abdulloh 1540, Abu Said al-Xudriy 1170 hadisni rivoyat qilganliklari manbalarda qayd qilingan.
Hadisshunoslikda hijriy Sh-melodiy 1X asr "oltin asr" deyiladi. Xuddi shu davrga kelib imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (194 h./809 m. – 256 h. /870m.), imom Husayn Muslim ibn al-Hajjoj al-Kushayri an-Naysoburiy, (Nishopuriy; 204 h./ 819-261 h. / 874), imom Ahmad ibn Shu'ayb an- Nasoiy (215 h. /830 m.-303 h. / 910 m.), imom Abu Dovud Sulaymon ibn Ash'as as-Sijistoni (202 h. /817 m.-275 h. /888 m.), imom Abu iso Muhammad ibn Savra as-Sulami al-Bug`iy at-Termiziy (209 h./ 824 m.-279 h. /892 m.) va Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Abdulloh ibn Mojja al-Qazviniy (219 h. /834 m.-273 h. /886 m.) kabi mashhur muhaddislar etishib chiqdilar, ular yaratgan olti hadis kitobi islom olamida "Kutubi sitta" nomi bilan e'tirof etildi.
Ayniqsa, imom Ismoil Buxoriyning to`rt jildlik "Al-jome' as-sahih" ("Ishonarli to`plam") asari musulmon olamida Qur'ondan keyingi ikkinchi kitob deb tan olindi. Unda payg`ambar yurish-turishlariga oid hadislar bilan birga islom huquqshunosligi (fiqh marosimchiligi, axloqu odob, ta'lim va tarbiya, rasm-rusumlar hamda tarixga) oid 7275 sahih hadis kiritilgan. Bu o`zi to`plagan 600 ming hadisdan eng haqiqiylari bo`lib, muallif ilk bor hadisshunoslikda hadislarni sahih (haqiqiy) va isnod tarzida tasnif qilishni boshlab berdi. Shu bois bu kitob islom mamlakatlarida qayta-qayta kitobat qilindi, nashr etildi, unga zamonasining mashhur ulamolari sharhlar yozdilar, boshqa zamondoshlari ham o`z asarini shu nom bilan atab, u bilan ijodiy musobaqa qilishga urindi. Jumladan, imom Abu Husayn Muslim ibn al-Hajjoj ham o`z asarini "Al-jome' as-sahih" ("Ishonarli to`plam") deb atadi. Shu tariqa hadisshunoslikda ham imom Ismoil Buxoriy asari bilan ijodiy bellashish an'anasi yuzaga keldi, bu bamisoli Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"sining adabiyotda xamsanavislik an'anasini yuzaga keltirganiga o`xshasa-da, mohiyatan undan ilgari paydo bo`lgan farqli hodisa edi. Aftidan, "Al-jome' as-sahih"larning to`rt jilddan iborat holda tuzilganligi keyinchalik xamsanavislarni ham ijodiy musobaqaga chorlagan ko`rinadi, ular asarlarini yana bir kitob doirasida oshirib beshlik yoki besh kitob shaklida tartib berganlar.Shunisi ham borki, "kutubi sitta"ga kiruvchi olti hadis kitobidan dastlabki ikkitasigina "Al-jome' as-sahih" unvoni bilan yuritilsa-da, keyingi to`rttasi "Sunan" tarzida nomlangan.
Shu boisdan ular "Sunani arba'a" ("To`rt sunan kitobi") nomi bilan shuhrat qozonganki, bu keyinchalik tartib berilgan forscha-tojikcha "Chor kitob" nomining shu kitobga taqlidan yuzaga kelishiga ijodiy ta'sir ko`rsatmay qo`ymagan.1
Hadislarda bolalarning Qur'onda mustahkamlangan yashash haq-huquqlari batafsilroq tushuntirilgan. Chunonchi, bolaning oilada tarbiyalanishi ham uning asosiy haqi bo`lib, sog`lom va durkun o`sishining moddiy va ma'naviy omili hisoblanadi. Bu jihatdan bola dunyoga kelgach, dastlabki haqi unga munosib yaxshi ism qo`yish ekanligi, Ibrohim Xalilulloh zamonidan boshlanib davom etib kelayotgan xatna (sunnati) qilinishi, ota-onasining mulkiga merosxo`rligi, 5-6 yoshlaridanoq namoz o`qishi, eng muhimi, o`ynamoq va o`qish haqlarigacha shar'iy qonun darajasida hukm etilganligi e'tiborga loyiq. Xuddi shu hukmlar zamonlar davomida umummusulmon an'analariga aylanib qoldi.
Ma'lumki, islom ta'limotiga ko`ra haykallarga(sanamlarga) sig`inish harom sanalgan, lekin bolalarning o`yinchoq va qo`g`irchoq o`ynashlarini Muhammad payg`ambar mashro`' hisoblamagan, bu bilan u qo`g`irchoqlarning qiz bolalarda onalik tuyg`ularini tarbiyalashdagi ahamiyatini ko`zda tutgan.
Hadislarda hammaning, jumladan, bolalarning ham ilm olish haqi alohida va qayta-qayta ta'kidlanadi: "Barcha muslim va muslimalar ilm o`rganishlari farz" hadisida ilm egallashda erkak va ayol, demakki, o`g`il bola va qiz bolaning teng huquqliligi e'tirof qilingan. Ilmni umr bo`yi olishga da'vat etib "Beshikdan qabrgacha ilm o`rgan" deyilsa, boshqa bir hadisda ilm olish uchun istalgan mashaqqatlarga tayyor turish, ilm yo`lida riyozat chekishdan ozor chekmaslikka chaqiriladi: "Ilmni, lozim bo`lsa, Chin-mochindan ham o`rgan".
Islom dini bunyodga kelgunigacha jazirama sahroda qum barxanlari aro ko`chib yurgan arab qabilalari vahshiylik qonuni asosida yashar edilar, ular bir-birlari bilan muttasil urushar, bir-birlarini talar,mol va boshqa boyliklarini o`g`irlashar, xotin-qizlarni asirga olib zo`rlashar, sotar yoki chavoqlab tashlashardi. Xususan, No`'mon podsho zamonidan e'tiboran toza tug`ilgan qiz bolalarni tiriklayin ko`mib yuborish odatga aylana borgandi. Podsholikka boj to`lashdan bosh tortgan qabila xotin-xalaji, qizlari va bolalari asir olinib, boj to`languncha garovda ushlangan. Shunda asirga tushgan qabila boshlig`ining qizi podsho o`g`lini sevib qolibdi, boj to`langach, otasi qancha yalinsa-da, u yurtiga qaytishdan voz kechibdi, bundan g`azablangan ota shu voqea mutaassirligida keyingi tug`ilgan barcha qizlarni tiriklayin ko`mishga buyuribdi, qabiladoshlari ham boshliqlariga izdoshlik qilganliklari sababli bu qabih odat an'anaga aylanib, avloddan-avlodga o`ta beribdi.
Qur'on bu qabih odatni man etgan bo`lsa, bu g`oya "Ikkita yoki bitta qizni tarbiyat qilgan kishi haqida", "Uchta opa-singilni tarbiyat qilgan kishi haqida", "Ota-onasiga qaytib kelgan qizni tarbiyat qilgan kishining fazilati haqida", "Qizlarning o`lishini orzu qilishning makruhligi haqida"gi qator hadislarda rivojlantirilib, qiz bolalarning yashash huquqi, qizlarni tarbiyalashning sharofati shar'iy hukm asosida himoya qilinganki, bular pirovard-oqibatda ayol zotining jamiyatdagi mavqeini belgilashda muhim omil bo`ldi.
Hadislarning ijtimoiy-axloqiy qimmati chuqur insonparvarlik mazmuni bilan sug`orilganligidadir. Ularda Qur'onda belgilangan bolalik haq va huquqlari yanada kengroq qilib teran tushuntirilgan. Aytaylik, bolani tarbiyalashda ota-onaning burch va mas'uliyatlari "Bolalar ota-onaning baxil va qo`rqoq bo`lishlariga sababchidir", "Yosh bolani elkaga mindirish haqida", "Solih bola ko`zga shodlik, xursandlik keltirishga sababchidir", "Ota o`z farzandlariga odob o`rgatishi va yaxshilik qilishi haqida", "Yetim bolani tarbiyat qiluvchining fazilati haqida", "Yosh bolalar bilan hazillashish haqida", "Yangi pishgan mevani atrofdagi yosh bolalarga berish haqida", "Yosh bolani sevib quchoqlash haqida", "Qizaloqni o`pish haqida", "Begona bolani o`g`ilcham desa bo`ladimi?" va boshqa qator hadislarda hukm qilingan bo`lsa, aksincha, farzandning ota-onasi, qarindosh-urug`lari va umuman kattalar oldidagi burch va mas'uliyatlari ham yuzlab hadislarda shar'iy nizomga aylantirilgan. Jumladan, "Onani rozi qilish haqida", "Otani rozi qilish haqida", "Ota-ona farzandiga zulm qilsa ham ular ota-onaga yaxshilik qilaverishi kerakligi haqida", "Ota-onaga muloyim gapirish haqida", "Ota-ona haqini ado qilish haqida", "Ota-ona keksaygan vaqtida xizmat qilib duolarini olmasdan jannatga kira olmagan kishi haqida", "Ota-onani so`kmaslik haqida", "Ota-onaning duosi haqida", "Ota-ona o`lgandan keyin ularga yaxshilik qilish to`g`risida" va boshqa qator hadislar mazmun-mohiyatiga ko`ra hamon ijtimoiy-tarbiyaviy qimmatini yo`qotgan emas. Ularda ota-onani samimiy sevish, ularga beminnat xizmat qilish, har qanaqa vaziyatda ham hurmatlarini o`rniga qo`yish, ayniqsa, keksayganlarida ko`proq muruvvat ko`rgazish, qo`pol muomalada bo`lmaslik, halovatli yashashlarini ta'minlash, hatto vafotlaridan so`ng ham xotiralarini yodlab turishdan iborat burchlar shar'an tavsiflangan. Chunonchi, bir hadisi sharifda "Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilindi. "Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh Taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh Taolo undan rozi bo`lmaydi",-deydilar. Shunda bir kishi:-"Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?"-deb so`radi. Abdulloh:-"Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak",-deydilar".
Hadislarda insoniylikni sharaflovchi karam, saxovatpeshalik, ochiq yuzlik, adolatpeshalik, saxiylik, muruvvat, samimiylik, katta-yu kichiklarning har biriga munosib muomala qila bilish, to`g`rilik, rostgo`ylik, kishi haqiga xiyonat qilmaslik, solihfe'llik, mehribonlik, poklik, kasb-hunarni sevib egallash, hayo va nazokat, salomlashish va ko`rishish, bemordan xabardorlik singari ezgulik odoblari bilan birga harom va gunoh, zino va takabburlik, g`iybatchilik, riyokorlik, mish-mishlar tarqatish, yolqovlik, qasamxo`rlik, aldamchilik, xiyonatkorlik, tahoratsizlik, ilmga amal qilmaslik, yolg`onchilik, fitnakorlik, ichkilikbozlik, badgumonlik, tuhmatchilik, maqtanchoqlik, adovatkorlik, isrofgarlik, johillik, zulmpeshalik, shafqatsizlik, uyatsizlik, behayolik,so`zda turmaslik, subutsizlik, bevafolik, shoshqaloqlik va boshqa yomonlikka daxldor xislatlarni qoralovchi mazmun shar'iy hukmlar tarzida aksini topgan. Shu xususiyatlari tufayli hadislarning axloqiy-tarbiyaviy qimmati kuchaygan va ular bugunga qadar ham umuminsoniy qadriyatliligini yo`qotmagan, asrlar davomida etnopedagogik qarashlar hosilasi sifatida avlodlarni tarbiyalashda asqotib kelmoqda



Yüklə 347,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin