Jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudida muhokama qilish



Yüklə 245,09 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.11.2023
ölçüsü245,09 Kb.
#133093
7 14.05.2022




O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING 
QARORI 
JINOYAT ISHLARINI BIRINCHI INSTANSIYA SUDIDA MUHOKAMA QILISH 
BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA 
Jinoyat-protsessual qonuniga o„zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib 
chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonunning bir xil va to„g„ri qo„llanilishini ta‟minlash 
maqsadida, “Sudlar to„g„risida”gi Qonunning 
22-moddasiga
asoslanib, O„zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi Plenumi qaror qiladi: 
1

Sudlarning e‟tibori ish holatlari har tomonlama, to„liq va xolisona tekshirilishini 
ta‟minlash, jinoyat sodir etilishi sabablari va unga imkon yaratgan shart-sharoitlarni aniqlash 
maqsadida jinoyat ishlarini birinchi instansiyada muhokama qilishda protsessual qonun normalariga 
qat‟iy rioya etish zarurligiga qaratilsin. 
2. O„zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda 
JPK deb yuritiladi) muvofiq sud jinoyat ishini muhokama qilishga, faqat JPK 
49-bobida
nazarda 
tutilgan barcha zarur harakatlar bajarilgandan keyin kirishishga haqli. 
3. JPK 
406-moddasiga
 muvofiq, har bir jinoyat ishi aynan bir tarkibdagi sud yoki bir sudya 
tomonidan ko„rib chiqilishi lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, vakolat muddati 
yakunlangani, boshqa sudyalik lavozimiga yoki boshqa ishga o„tgani munosabati bilan sudyaning 
(shu jumladan, xalq maslahatchisining) vakolatlari tugagan taqdirda, ko„rilishi tugallanmagan ish 
sudning boshqa tarkibida boshidan ko„rib chiqilishi lozim. 
4. JPK 
407-moddasida
nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etgan zaxiradagi xalq 
maslahatchisi sud majlisida ish muhokamasi boshlangandan tugagunga qadar uzluksiz ishtirok 
etishi shart. 
Qonun mazmuniga ko„ra, zaxiradagi xalq maslahatchisi dalillarni tekshirishda ishtirok 
etishga, raislik qiluvchi ruxsati bilan so„roq qilinayotgan shaxslarga savollar berishga haqli. 
5. Sudlarning e‟tibori shunga qaratilsinki, ishning barcha holatlari sinchkovlik bilan, har 
tomonlama, to„liq, xolisona tekshirilishini ta‟minlash va haqiqatni aniqlash maqsadida qonun sud 
majlisida raislik qiluvchiga sud muhokamasini tashkil etish bo„yicha muayyan vakolatlar yuklatadi. 
Sud majlisida raislik qiluvchi butun sud muhokamasi davomida jinoyat protsessining, sud 
ayblov yoki himoya tarafida bo„lmasligi va ularning hech qanday manfaatlarini ifodalamasligi, 
balki xolislik va beg„arazlikni saqlagan holda, taraflar o„z protsessual majburiyatlarini bajarishlari 
va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berishini nazarda 
tutuvchi muhim prinsipini ta‟minlashi shart. 
6. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 25-moddasining 
oltinchi qismi
, 26-moddasining 
birinchi 
qismi

409
 va 
439-moddalariga
 ko„ra, prokuror sud protsessining ishtirokchisi sifatida odil sudlovni 
amalga oshirish uchun muhim bo„lgan huquq va majburiyatlarga ega bo„lib, bular davlat 
ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasining (ayblov dalolatnomasining) xulosa qismida bayon 
etilgan ayblovni o„qib eshittirish, dalillarni tekshirishda bevosita ishtirok etish: sudlanuvchilar, 
jabrlanuvchilar va guvohlarni so„roq qilish, ekspertlarning xulosasini tinglash, ashyoviy dalillarni 
ko„zdan kechirish, sudda bayonnomalar va ishning boshqa hujjatlarini o„qib eshittirishdan iborat. 
Qonunda bayon etilgan vazifalarni bajarish suddan jinoyat qonuni normalarini qo„llash, 
sudlanuvchining harakatlarini kvalifikatsiya qilish, unga jazo turi va miqdorini belgilash, jinoyat 
sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar to„g„risida xolisona fikr bayon qilish 
uchun prokurorga imkoniyat yaratish maqsadida jinoyat ishi muhokamasi chog„ida uning uzluksiz 
ishtirok etishini ta‟minlashni talab etadi. 
JPK 412-moddasining 
birinchi qismi
talabiga muvofiq, prokuror sud majlisiga kelmay 
qolgan taqdirda, sud jinoyat ishi muhokamasini keyinga qoldiradi. Prokuror uzrli sababsiz kelmay 
qolgan taqdirda, sud bu haqda yuqori turuvchi prokurorga xabar berishi shart. 
7. Shuni nazarda tutish lozimki, JPK 
410 — 412-moddalariga
muvofiq, sudlanuvchi, 
himoyachi va prokurorning sud majlisiga kelishi ularning majburiyati hisoblanadi, chunki bu ish 



materiallarini to„liq, har tomonlama va xolisona tekshirish zarurati bilan bevosita bog„liq bo„lib, 
bunga rioya etmasdan qonuniy va adolatli qaror qabul qilish imkoniyati yo„q. 
Shu munosabat bilan qayd etilgan protsess ishtirokchilaridan birortasi sud majlisiga 
kelmagan taqdirda, ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi (JPK 410-moddasining 
uchinchi qismi
 
bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) va uning sudga kelishini ta‟minlash bo„yicha 
qonunda nazarda tutilgan choralar ko„rilishi lozim. 
8. JPK 410-moddasining 
uchinchi qismiga
ko„ra, sudlanuvchi O„zbekiston Respublikasi 
hududidan tashqarida bo„lib, sudga kelishdan bo„yin tovlasa, uning yo„qligi esa ish bo„yicha 
haqiqatni aniqlashga monelik qilmasa, sud ishni sudlanuvchi ishtirokisiz ko„rishga haqli. 
Sud majlisini sudlanuvchi ishtirokisiz o„tkazish to„g„risidagi iltimosnomani ko„rib 
chiqishda, sudya JPK 388-moddasining 
ikkinchi qismiga
 muvofiq, sudlanuvchining himoyachisiga 
ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi nusxasi topshirilgan-topshirilmaganligini tekshirishi 
lozim. 
9. JPK 
414-moddasiga
ko„ra, birinchi instansiya sudida jinoyat ishini muhokama qilish 
faqat ish bo„yicha ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslarga nisbatan va e‟lon qilingan ayb 
doirasida amalga oshiriladi. 
Sudlanuvchiga yoki ishga ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb etilgan yangi 
shaxslarga nisbatan yangi, og„irroq yoki haqiqiy holatga ko„ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq 
qiladigan ayblov bo„yicha ish faqat JPK 
416
va 
417-moddalarida
nazarda tutilgan shartlar va 
tartibga rioya etgan holda muhokama qilinishi mumkin. 
10. JPK 
420-moddasiga
muvofiq, ko„rilishi boshlangan jinoyat ishi quyidagi hollarda 
to„xtatilishi mumkin: 
sudlanuvchi suddan yashirinsa; 
sudlanuvchi sud majlisiga kelishiga imkoniyat bermaydigan ruhiy yoki boshqa og„ir 
kasallikka chalinganda; 
sud tomonidan prokurorga JPK 
416
va 
417-moddalarida
nazarda tutilgan tartibda 
qo„shimcha protsessual harakatlar amalga oshirilishini topshirish haqida ajrim chiqarilsa. 
JPK 
420-moddasida
nazarda tutilgan holatlardan kelib chiqib, sud ishni biror 
sudlanuvchiga nisbatan yoki butunlay to„xtatishi mumkin. 
11. Sudlarning e‟tibori shunga qaratilsinki, barcha protsessual harakatlarni izchil 
bajarmasdan va sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim bo„lgan masalalarni 
aniqlamasdan turib, sud tergovini JPK 
52-bobi
 talablariga qat‟iy rioya etgan holda o„tkazish uchun 
sharoit yaratib bo„lmaydi. 
Sud muhokamasining ushbu qismida raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsi bilan bog„liq 
(JPK 
434-moddasi
) barcha masalalarni sinchkovlik bilan aniqlashi lozim. 
Sud majlisining tayyorgarlik qismida raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi shaxsiga oid 
ma‟lumotlarning aniqlanishi sudni sud tergovi davomida jazo chorasini va jazoni ijro etish 
muassasasi turini belgilashga oid masalalarni hal qilish uchun ahamiyatli bo„lgan sudlanuvchining 
shaxsini tavsiflovchi holatlarni (JPK 
82-moddasi
) sinchkovlik bilan o„rganish majburiyatidan ozod 
etmaydi. 
12. JPK 
438-moddasi
mazmuniga ko„ra, sud muhokamasi ishtirokchilarining yangi 
guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni chaqirish to„g„risidagi, ashyoviy dalillar va hujjatlarni 
talab qilib olish to„g„risidagi iltimosnomalari bevosita ular arz qilingan va muhokama qilingandan 
so„ng hal etilishi lozim. Sud muhokamasi ishtirokchilari doirasini aniqlash va ishning harakati bilan 
bog„liq boshqa barcha iltimoslar ham (jabrlanuvchi, fuqaroviy da‟vogar sifatida tan olish 
to„g„risida, ishni to„xtatish yoxud uning muhokamasini keyinga qoldirish to„g„risida, ishni tugatish 
to„g„risida va boshqalar), ular sud majlisining tayyorgarlik qismida yoki sud muhokamasi davomida 
arz qilinganligidan qat‟iy nazar, shu qoidalar asosida hal qilinadi. 
Ish sudga kelib tushganidan so„ng, lekin sud muhokamasi boshlangunga qadar kelib 
tushgan iltimosnomalar sud majlisining tayyorgarlik qismida hal qilinishi lozim. Biroq, ularning 
to„g„ri hal qilinishini ta‟minlash maqsadida ish bo„yicha raislik qiluvchi iltimosnomani ko„rib 



chiqishni keyinga qoldirishi va muayyan harakatlarni (ma‟lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa 
hujjatlarni so„rash va hokazo) amalga oshirishi mumkin. 
Qonunga ko„ra (JPK 438-moddasining 
uchinchi qismi
), iltimosnomani qanoatlantirishni 
rad etish tarafni ushbu iltimosnomani boshqa asoslar bo„yicha sud muhokamasi davomida qayta arz 
qilish huquqidan mahrum etmaydi. 
13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, ehtiyot chorasini qo„llash, o„zgartirish yoki 
bekor qilish to„g„risidagi, pasport harakatini to„xtatib turish to„g„risidagi, ayblanuvchini 
lavozimidan chetlashtirish to„g„risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to„g„risidagi, 
sudlanuvchining tibbiy muassasada bo„lishi muddatini uzaytirish to„g„risidagi, pochta-telegraf 
jo„natmalarini xatlash to„g„risidagi, murdani eksgumatsiya qilish to„g„risidagi, rad etish 
to„g„risidagi, jinoyat ishini to„xtatish yoki uni prokurorga o„tkazish to„g„risidagi, boshqa organlarga 
ijro etish uchun yuboriladigan ajrimlar, shuningdek, xususiy ajrimlar alohida xonada 
(maslahatxonada) alohida hujjatlar ko„rinishida chiqariladi. 
Boshqa masalalar bo„yicha ajrimlar sud majlisining o„zida, sud alohida xonaga 
(maslahatxonaga) kirmasdan chiqarilishi mumkin va JPK 423-moddasining 
to„rtinchi qismiga
 
muvofiq qaror qabul qilinishi sabablarini ko„rsatgan holda sud majlisi bayonnomasiga kiritib 
qo„yiladi. 
Sud tomonidan sud majlisi davomida hal qilinadigan barcha masalalar bo„yicha ajrimlar 
darhol e‟lon qilinishi lozim (JPK 423-moddasining 
beshinchi qismi
). 
14. Sudlanuvchining ko„rsatmalari faqat JPK 
104-moddasida
nazarda tutilgan hollarda 
o„qib eshittirilishi mumkin va sud tomonidan sud tergovi davomida tekshirilishi lozim. 
15. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jabrlanuvchi, fuqaroviy da‟vogar, fuqaroviy 
javobgar va ularning vakillari JPK 
55

57

59

61

63-moddalariga
muvofiq o„z huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha sud majlislarida ishtirok etishga haqlidirlar. Shu 
sababli bu shaxslarning keyingi sud majlislarida ishtiroki ixtiyoriy (ularning ishtiroki sud 
tomonidan zarur deb topilgan hollar bundan mustasno) bo„lib, bu haqda ish muhokamasi keyinga 
qoldirilganda sud majlisi bayonnomasida qayd etgan holda tushuntirilishi shart. 
16. Sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvohlar sifatida voyaga yetmagan shaxslar ishtirok 
etgan ish muhokama qilinayotganda, ishning alohida holatlarini aniqlash bunday shaxslarga salbiy 
ta‟sir ko„rsatishi mumkinligini inobatga olib, sudlar har bir holda bunday holatlarni tekshirish 
chog„ida sud zalida voyaga yetmaganlar hozir bo„lishi zarurligi masalasini muhokama qilishlari 
lozim. 
17. Ishning muayyan holatlarini aniqlash uchun fan, texnika, san‟at yoki hunar sohasida 
maxsus bilimlar zarur bo„lgan barcha hollarda, ekspertiza o„tkazish zarurligi yoki bu holatlar sud 
muhokamasiga mutaxassisni jalb etish orqali aniqlanishi mumkinligi masalasi hal qilinishi lozim. 
Mutaxassis dalillarni tekshirish chog„ida sudga yoki sud protsessi ishtirokchilariga maxsus 
bilim va ko„nikmalar zarur bo„lib qolganda (masalan, texnologik yoki ishlab chiqarish jarayonini, u 
yoki bu kasbning o„ziga xos xususiyatlarini tushunishda va hokazo) sud muhokamasiga taklif 
etiladi. Mutaxassis fikri sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi shart. Mutaxassis oldiga ekspert 
vakolatiga kiradigan savollarni qo„yishga yo„l qo„yilmaydi. Uning fikrini ekspert xulosasiga 
tenglashtirib bo„lmaydi. 
Ekspert xulosasi qonunga muvofiq dalil turlaridan biri hisoblanadi va tadqiqotlarni amalga 
oshirish asosida beriladi. Ekspert oldiga mutaxassis vakolatiga kiruvchi savollar qo„yilishi mumkin. 
Sudlar ekspertiza o„tkazish uchun asoslar mavjud bo„lganda, ekspertiza o„tkazishni ekspertni so„roq 
qilish bilan almashtirishga yo„l qo„ymasliklari kerak. 
18. Sudlarning e‟tibori ish bo„yicha haqiqatni aniqlashda ashyoviy dalillar, hujjatlarni 
tekshirish, joy va binoni ko„zdan kechirish muhim ahamiyat kasb etishiga qaratilsin. 
Ashyoviy dalillar va hujjatlar sud majlisida ish bo„yicha boshqa dalillar bilan teng ravishda 
sinchkovlik bilan tekshirilishi (tegishlicha ko„zdan kechirilishi, o„qib eshittirilishi) lozim bo„lib, 
ayni paytda ular taqdim etilgan shaxslar ularni tekshirish bilan bog„liq u yoki bu holatlarga sudning 
e‟tiborini qaratishlari mumkin. Sudning ashyoviy dalillarni ko„zdan kechirish va hujjatlarni o„qib 
eshittirish bo„yicha barcha harakatlari sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak. 



19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JPK 262-moddasining 
birinchi qismiga
 
muvofiq, guvoh sudga kelishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, u majburiy keltirilishi mumkin. 
Jumladan, quyidagilar guvohning sudga kelmasligiga uzrli sabablar deb tan olinishi mumkin: 
uni sudga kelish imkoniyatidan mahrum etuvchi kasallikka chalinganda; 
oila a‟zosi kasallikka chalinib, uni parvarishlashni boshqa birovga topshirishning imkoni 
bo„lmaganda; 
chaqiruv qog„ozi unga o„z vaqtida topshirilmaganda; 
tabiiy ofat oqibatida kelishning iloji bo„lmaganda; 
guvohning sudga belgilangan muddatda kelishiga to„sqinlik qilgan boshqa obyektiv 
sabablar bo„lganda. 
20. JPK 
296-moddasiga
 muvofiq, jinoyat sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-
sharoitlarni aniqlash sud muhokamasining muhim tarkibiy qismi ekanligini hisobga olib, sudlar har 
bir jinoyat ishini ko„rib chiqish chog„ida yetarli asoslar mavjud bo„lganda, xususiy ajrim 
chiqarishlari lozim. 
Sud surishtiruv yoki dastlabki tergov o„tkazilishi davrida yo„l qo„yilgan kamchiliklarni 
aniqlasa, xususiy ajrim chiqarish yo„li bilan bunga tegishli mansabdor shaxslarning e‟tiborini 
qaratishi lozim. 
21. Sud majlisi bayonnomasi ish bo„yicha eng muhim protsessual hujjatlardan biri 
ekanligini nazarda tutib, sudlar uni tuzish sifatini oshirish choralarini ko„rishlari kerak. 
Bayonnoma JPK 
426-moddasi
talablariga qat‟iyan muvofiq tarzda tuzilishi lozim. Bunda 
quyidagilar bayon etilishiga alohida e‟tibor qaratilishi lozim: 
sud muhokamasi ishtirokchilari tomonidan berilgan iltimosnomalar va ularning 
muhokamasi tartibiga; 
maslahatxonaga kirmasdan sud majlisida chiqarilgan sud ajrimlariga; 
sudlanuvchining unga nisbatan e‟lon qilingan ayblov mazmuni bo„yicha, guvohlar va 
jabrlanuvchilarning ish holatlari bo„yicha bergan ko„rsatuvlariga; 
dalillarni tekshirish jarayoniga. 
Bayonnoma sifatli va o„z vaqtida tuzilishi uchun raislik qiluvchi bilan bir qatorda sud 
majlisi kotibi javobgar bo„lib, u JPK 
32-moddasiga
 muvofiq, bayonnomada sudning harakatlari va 
qarorlarini, shuningdek, sud muhokamasi ishtirokchilari harakatlarini to„liq va to„g„ri bayon qilib 
borishi shart. 
Bayonnoma bir necha sud majlisi kotibi tomonidan yuritilganda, ulardan har biri 
bayonnomaning o„zi yuritgan qismini imzolaydi. 
22. JPK 
449-moddasiga
muvofiq, taraflar muzokarasi davlat va jamoat ayblovchisi nutqi 
bilan boshlanadi. So„ngra jabrlanuvchi, fuqaroviy da‟vogar yoki ularning vakillari, himoyachi va 
jamoat himoyachisi, sudlanuvchi, fuqaroviy javobgar yoki uning vakili so„zga chiqadi. 
Sudlarga tushuntirilsinki, muzokaralar tugagandan so„ng taraflar JPK 457-moddasi birinchi 
qismining 
1 — 6-bandlarida
nazarda tutilgan masalalar yuzasidan o„zlari taklif etgan qaror 
mazmunini sudga yozma tarzda taqdim etishlari mumkin. Davlat ayblovchisi va himoyachi 
muzokaralar tugagandan so„ng sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirgunga qadar sudga 
o„zlarining yozma taklifini berishga majbur. 
23. Taraflar muzokarasi ishtirokchilari o„z so„zlarida, sudlanuvchi esa, shuningdek, oxirgi 
so„zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar to„g„risida xabar bersalar, sud, sud 
tergovini JPK 
452-moddasi
talablariga muvofiq, yangidan boshlab, sudlanuvchini ushbu holatlar 
to„g„risida batafsil so„roq qilishi hamda ularni protsessual qonunning sud tergoviga oid talablariga 
rioya etgan holda sinchkovlik bilan tekshirishi lozim. 
24. O„zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo„yicha sudlov hay‟atiga, 
Qoraqalpog„iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O„zbekiston 
Respublikasi Harbiy sudiga ishlarni apellatsiya tartibida ko„rayotganda birinchi instansiya sudlari 
tomonidan jinoyat-protsessual qonuni normalariga rioya qilinishiga alohida e‟tibor qaratish, ularni 
qo„llashda yo„l qo„yilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish tavsiya etilsin. 



25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida 
muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to„g„risida”gi 12-sonli 
qarori
 
o„z kuchini yo„qotgan deb hisoblansin. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV 
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV 
Toshkent sh., 
2022-yil 14-may, 
7-son 










Yüklə 245,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin