Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 453,17 Kb.
səhifə96/178
tarix26.11.2023
ölçüsü453,17 Kb.
#135727
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   178
jismoniy madaniyat

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Qisman
Bo‘laklarga ajratib o‘qitish metodi yo‘qotilgan malaka-larni tezda tiklanishiga taosir ko‘rsatadi. Koordinatsiyasiga ko‘ra o‘ta qiyin mashqlarni o‘zlashtirishda bu usuliyat bebaxodir. Lozim bo‘lsa bo‘laklarga ajratish ayrim bo‘inlar, ajartib olingan muskul guruxlariga aloxida taosir etish imkoni bu usuliyatda o‘ta yuqori bo‘ladi.
Lekin mashq texnikasini bilmay qismlarga ajratish, favqulodda tanlangan yo‘llanma beruvchi mashqlar, ulardan noto‘ri foydalanish xarakat malakasining shakllanish jarayoniga salbiy taosir ko‘rsatadi.
Xarkatni to‘la o‘zlashtirish usuliyati xarakat faoliyati taolimning yakuniy vazifasi nimadan iborat bo‘lsa, shunga yaqin ko‘rinishda o‘zlashtirishni nazarda tutadi. Bu usuliyat xar qanday xarakat aktini o‘qitishning yakuniy etapida bo‘laklarga ajratib o‘qitish usuliyatidan so‘ng qo‘llaniladi.
Jismoniy mashq texnikasini takomillashtirish uni to‘la bajarish orqali amalga oshiriladi. Xarakat faoliyatini bir butunligiga o‘zlashtirish xarakat faoliyatini bajarib ko‘rish, sinash (oprobirovanie)da eng qulay usuldir. Aksariyat xarakat faoliyatlari shunchalar soddaki, ularni bo‘laklarga ajratib o‘qitish vaqtni bexuda sarflash demakdir, shuning uchun xarakat xolatini to‘la o‘rgatish amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladi. Ayrim xarakat faoliyatlarini biz xali ilmiy ravishda bo‘laklarga ajrata olmaymiz, shuningdek, o‘zini to‘la oqlagan yo‘llanma be-ruvchi mashqlar tizimini xam xozircha ishlay olganimizcha yo‘q.
Qisman reglamentlashtirilgan mashq usuliyati. Ko‘zda tutilgan vazifani bajarish uchun o‘quvchilarga faoliyatni nisba-tan erkin tanlashga yo‘l qo‘yadi. Bu usuliyatdan, qoida bo‘yicha takomillashtirish etapda foydalaniladi, bunda o‘quvchi yetarli darajadagi bilim va bajara olishga malakasiga ega bo‘lganligi xisobga olinadi. Bu guruxchaga kiruvchi o‘yin va musobaqa metodlari turli belgilarga ega bo‘lishiga qaramay, ularni yagona umumiyligi mavjud: ularni qo‘llashda o‘quvchilar orasida doimo raqobat (bir-birini malub qilish) xissiyoti ustun bo‘ladi, o‘quvchilarda o‘z kuchini, u yoki bu faoliyatini bajarishda ustunligini isbotlash uchun intilish xar doim yuqori bo‘ladi.

Yüklə 453,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin