Ishchi rejalar jadval yoki matn shaklida tuziladi. Grafika tarzidagi reja soddalashtirilgan xarakterga ega bo‘ladi.
Unda ajratiladi: «Bo‘limlar va mashulotning mazmuni» (bo‘limlar bo‘yicha mashqlar yoziladi); «Bo‘lim materialini
o‘tish uchun soatlar soni» va «O‘quv xaftalariga o‘zlashtiriladigan materialni taqsimlash («+» yoki dars vazifalarini
bosh xarflari «T», «O‘», «M», «Tk» bilan belgilanadi).
Matn tarzidagi reja maqulroq, chunki unda faqat mazmun ifodalanmay, mashulotlar tizimidagi o‘qitish
metodlari, rejalashtirilgan trenirovka yuklamasi va uni asta-sekinlik bilan oshirish ochib beriladi. Matn tarzidagi
ko‘proq tarqalgan ishchi reja o‘z ichiga quyidagilarni oladi: dars nomeri, darsning asosiy vazifalarini maolum formada
ifodalash, o‘qitish va trenirovka mazmuni xaqida, uni yuklamasini xajmi va intensivligini ko‘rsatish bilan erkaklar va
ayollarga differensiyalab qisqacha yozuvlar.
Misol sifatida ish rejasining qator varintlarini tavsiya qilganmiz.
Birinchi chorakning ishchi rejasiga muvofiq taolimni xar bir darsning taolimi vazifasini ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: