Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə119/127
tarix25.11.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#134302
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Mavzu: Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

15-Mavzu. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tizimida jismoniy tarbiya.
Reja:

  1. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tushunchasiga ta’rif.

  2. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlikning maqsadi va vazifalari.

  3. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlikning vositalari. Amaliy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulot shakllari.

  4. Turli kasb egalarining kasb-amaliy jismoniy tayyorgarligi.


1.Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik tushunchasiga ta'rif. Kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlikning maqsadi va vazifalari.



Kasb amaliy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish shakllari
Hamma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida qabul qilingan jismoniytarbiya shakllari ichida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi vazifalariniqo’llash afzal hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya darslarida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlig. Bo’lajakmutaxassislarning jismoniy tayyorgarligi jismoniy tarbiya darslarida amalgaoshiriladi, dasturga asosan bu darslar uch qismga b’linib o’tiladi: maxsus,asosiy va sport. O’quv yurtlarning dasturiga engil atletika gimnastika, suzish,sayyohlik, sport o’yinlari, otish bo’yicha nazariy va amaliy bo’limlar kiritilgan.
Talaba amaliy darslar jarayonida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlig vazifalarijismoniy tarbiya va sport turlarining qaysi amaliy qismlari bilan hal qilinishinibilishi kerak. U hamma mashqlarni sinab ko’rish lozim.
Gimnastika darslari talabalarning harakat koordinatsiyasi, qo’llarningchaqqonligi, bel, qorin, tana mushaklarining statik chidamliligi, diqqat,emotsional turg„unlik, tez fikr yuritish, mardlik kabi sifatlarni tarbiyalash uchunqo„llaniladi. Qo’llar epchilligi va koordinatsiyasi buyumlar, o’rtacha va kichikkoptokchalar yordamida erkin mashqlar bajarish bilan rivojlantiriladi. Statikchidamlilik, kuch, statik va dinamik mashqlar yordamida rivojlantiriladi.
Maxsus kuch trenajyorlarida mashq bajarish maqsadga muvofiq.
Emotsional turg’unlik, mardlikni shakllantirish uchun yugurib kelib,tayanch holda “kon” dan sakrash, pastlikka va balandlikka sakrash, “brus’ya”,halqalar va turnikdan sakrab tutish, batutda sakrash mashqlaridan foydalaniladi.
Yengil atletika darslarida bo’lajak mutaxassislarning ruhiy va jismoniysifatlari shakllantiriladi. Buning uchun quyidagi vositalardan foydalaniladi:
yilning issiq va sovuq paytlarida o„yingoh yo„laklarida va joylarda uzoq tinimsiz
yugurish, estafetada yugurish, balandlikka va pastlikka sakrash va engil
atletikaning boshqa asosiy tayyorgarlik mashqlaridan foydalaniladi.
Suzish darslarida yurak-qon, nafas olish, issiqlik almashinuvi faoliyatiyaxshilanadi, umumiy chidamlilik shakllanadi. 30 daqiqagacha suzish, 50-100m ga qayta-qayta suzish, uzoqqa va chuqurlikka sho„ng„ish, 3-5 m liktramplindan turli usulda sakrash epchillik va dov-yuraklikni tarbiyalaydi.
Sayyohlik maxsus jismoniy tayyorgarlikni talab qiladigan mashg’ulothisoblanadi: yuk bilan uzoq yurish va yugurish, gorizontal va vertikal arqongatirmashib chiqish, maxsus to„siqlardan oshib o’tish lozim bo’ladi.
Sport o’yinlari. Asab va yurak-qon tomir, mushak tarmoqlariningshakllanishiga ko’maklashadi, ko’rish va eshtish analizatorlarining ishiyaxshilanadi, umumiy chidamlilik, epchillik, harakat, koordinatsiya, chaqqonlik,reaktsiya tezligi, diqqatni taqsimlash, tez fikr yuritish emotsional turg„unlik kabisifatlar ham shakllanadi.
Merganlik. Otish bo’yicha darslarda bo’lajak mutaxassislar uchun kerak bo’lgan ruhiy va jismoniy sifatlar: ko’z bilan chamalash, diqqat, emotsionalturg„unlik, sabr-toqat tarbiyalanadi.
Amaliy darslarda kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi maqsadida maxsus to’siqlardan oshib o„tish jismoniy mashqlardan tuzilgan doiraviy mashg’ulotlar,trenajerlarda maxsus tayyorgarlik vaqtida keng qo’llaniladi. kasbiy amaliyjismoniy tayyorgarligi bo’yicha o’quv qo’llanma har bir o’quv bo’limimutaxassisligi, sog’liqning holati, talabalarning jinsi, umumiy jismoniytayyorgarligini hisobga olib tarbiyalaydi. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarligi bo’yicha mashqlar hamma mashg„ulotlar tarkibiga kiritiladi.


Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin