Nafas olish sistemasi kasalliklari kashandalik



Yüklə 441,6 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü441,6 Kb.
#129390
IBROHIM


Nafas olish sistemasi kasalliklari kashandalik
Kashandalik
O’tkir va surunkali branhit kasalligi.
Bronh va o’pkaning o’tkir yallig’lanish kasalliklari.
Nafas olish organi tuzilishi va vazifalari.
O’tkir yallig’lanish kasalliklari nafas olish sistemasining turli organlarini shikastlaydi.
Ammo knipoz zotiljami
Bronxit va o’choqli bronxopnevmoniya eng katta ahamiyatga ega.
Krupoz zotiljami — o’tkir infeksion kasallik bo’lib, o’pkaning bir yoki bir necha bo’laklarini albatta jarayonga plevrani ham jalb etuvchi yallig’lanish bilan namoyon bo’ladi. Krupoz zotiljamini chaqiruvchi turli tipdagi pnevmokokklar bo’lib, ular o’z ta'sirini ular bilan sensibilizasiyalangan (sezgirligi ortgan) va kuchsizlangan organizmga octkazadilar.
9—11 kun davom etuvchi krupoz zotiljami rivojla-nishida to’rtta bosqich farq qilinadi: 1) quyilish bosqichi; 2) qizil jigarlanish; 3) kulrang jigarlanish; 4) hal etilish. Quyilish bosqichida shikastlangan o’pka bo’lagida mikrob-lar kupayishiga javob sifatida serozli yallig’lanishning paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi. Bu davrda kapillyarlar va venulalar o’tkazuvchanligi keskin ortadi va o’pka paren-ximasiga qon plazmasi va eritrositlar chiqadi.
Plevrada ham fibrinoz ekssudat qoldiqlarini singdirib yuboruvchi ko’plab miqdorda makrofaglar paydo bo’ladi. Plevradagi fibrinozli ekssudat odatda organlanadi va qattiq chandiqqa aylanadi
Leykositlar mikroblarni fagositoz qiladi. Shikastlangan o’pka bo’lagi hajm jihatidan kattalashadi, qattiqlashadi, kulrang rangga ega bo’ladi.
Ana shundan «jigarlanish» nomi kelib chiqqan. Bu bosqich 5—6 kundan so’ng kulrang jigarlanish bosqichiga o’tadi. Alveolalarni to’ldirgan ekssudat asosan leykositlardan va fibrindan tashkil topadi.
Qizil jigarlanish bosqichida fibrinozli krupoz yallig’-lanishi rivojlanadi. o’pka bo’lagi alveolalari eritrositlar bilan to’ladi, ularga polinuklear leykositlar aralashildi va fibrin ipchalari cho’kadi. o’pka bo’lagi kattalashadi, u qizil va qattiq bo’lib qoladi va jigarni eslatadi.

O’TKIR BRONXIT

O’CHOQLI BRONXOPNEVMONIYA

SURUNKALI BRONXIT

O’PKA EMFIZEMASI


1-rasm. Nafas a'zolarining tuzilisbi. 1- burun bo'shlig'i; 2- halqum; 3- hiqildoq; 4- kekirdak (traxeya); 5¬bronxlar; 6- bronxiolalar (mayda bronxlar); 7- alveola pufakchalari; 8- alveola bo'shlig'i; 9- alveolalar atrolini o'rab turgan mayda kapillyar qon tomirlar; 10- plevra pardasi; 11- diafragma.

KASHANDALIK


Tamaki chekish zararli odatlardan biri bo`lib hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlarining aniqlanishicha, tamaki tutunining tarkibida 3000 dan ko`proq har xil zaharli kimyoviy moddalar bor. Shulardan ayniqsa, nikotin, ammiak, karbonat angidrid, benzol, poloniy, kadmiy kabilar odam organizmiga kuchli zaharli ta‘sir ko`rsatadi. Masalan, nikotin qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, karbonat angidrid gazi qondagi gemoglobin moddasi bilan birikib miya, yurak va boshqa muhim a`zolarni kislorod bilan normal ta‘minlanishini buzib, bosh og`rig`i, yurak sanchish holatlarini yuzaga keltiradi.

Tamaki tutuni tarkibida rak kasalligini yuzaga keltiradigan 50 dan ko`proq kimyoviy modda bor. Shuning uchun ham chekuvchilar orasida chekmaydiganlarga nisbatan rak kasalligi 20 marta ko`p uchraydi. O`pka raki bilan kasallanganlarni 95 foizi tamaki chekuvchilardir.

  • Tamaki tutuny tarkibidagi kimyoviy moddalar rak kasalligidan tashqari, juda ko`p kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchidir. Jumladan, gipertoniya, yurakning ishemik va miokard infarkt kasalliklari, surunkali bronxit va o`pka emfizemasi, surunkali gastrit, oshqozonning yara kasalligi, allergiya va boshqa kasalliklar.
  • Eng xavfli xastaliklardan biri bo`lgan yurakning miokard infarkti kasalligi chekuvchilarda, chekmaydiganlarga nisbatan 12 marta ko`p uchraydi. Amerikalik olimlarning ma‘lumotiga ko`ra, yurak kasalligi natijasida o`lganlarning o`rtacha yoshi chekmaydiganlarda 67 yosh bo`lgan bo`lsa, chekuvchilarda 47 yoshni tashkil qilgan. Ko`rinib turibdiki, chekish kishi umrini 20 yilga qisqartirar ekan.

Yüklə 441,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin