Sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan prinsiplar
Bolalar sog‘ligini mustahkamlashga qaratilgan vazifalarning bajarishdan iboratdir. SHu munosabat bilan jismoniy mashqlarni tanlash vaqtini profilaktika maqsadlari emas, bola organizmini har tomonlama sog‘lashtirish, ayniqsa uning jismoniy sifatlarini rivojlantirish maqsadi nazarda tutiladi. Bu vazifalar boladagi ijobiy his-hayajon va hayotdan zavqlanish tuyg‘ularini qo‘llab- quvvatlash tadbirlari bilan birga qo‘shib olib boriladi. Jismoniy tarbiya mashqlarining rivojlantirish vaqtida salomatlikni mustahkamlash qonuniyatlari hisobga olingan holda jismoniy mashqlar albatta muvoffiqlashtirilib boriladi. Bu ishni shifokor va trenerlarning muntazam nazorat, tarbiyachilar va mutaxasislarning doimiy kuzatuvi ostida amalga oshiradilar.
Didaktik prinsiplar bolalarni tarbiyalashda, o‘qitish jarayonida muntazam va izchil tarzda amalga oshirilib boriladi. Bunda omillik mustaqillik va ijodiy faollik, ko‘rgazmalilik, so‘zlab tushuntirish va o‘qitishning amaliy usullarini qo‘llab olib boriladi. Bunda o‘qitishning amaliy usullarni qo‘llab olib boriladi. Bunda o‘qitishning bolalarcha tushunarli bo‘lishi va individualligini hisobga olinib frontal guruhlar va individual o‘qitish usullarini bir-biriga qo‘shib, ularning optimal birligini ta’minlash hamda bolarga qo‘yiladigan talablarni asta-sekin oshirib borish kerak. Bo‘lar pedagogikaning eng qoidalaridan iborat bo‘lib, ta’lim bilan tarbiya yagona jarayon ekanligi to‘g‘risidagi uslubiy qonuniyatlarni ifoda etadi.
Muntazamlik va izchillik prinsiplari barcha jismoniy tarbiya maqsadida foydalaniladigan tadbirlarni butun kompleksi/ rejim, chiniqish va harakat malakalarini shakllantirishi / uchun bajarilishi shart bo‘lgan prinsiplar hisoblanadi. Muntazamlik bolaning maktabgacha yoshdan boshlab butun xayoti davomida jismoniy tarbiya jarayonlarining uzluksiz, bir maromda, rejali ravishda olib borilishini taqazo etadi. Bu tadbirlar barcha mashg‘ulotlarning aniq izchillik bilan o‘tkazilishini talab qiladi. Mashg‘ulotlardagi jismoniy zo‘riqish, albatta dam olish bilan almashtirish turilishi kerak. Mashg‘ulotlarning o‘zi ham muayan izchillikda ma’lum bir davomiylik asosida, mazmunan bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘tkazilishi kerak. Muntazamlilik bilim, mahorat va malakalarning o‘zaro aloqadorliligida va bir-biri bilan bog‘liqligida namoyon bo‘ladi; bolalar tomonidan bir materiallarning o‘zlashtirilishi ana shu uslubga tayangan holda yangi materiallarga o‘tish imkoniyatini beradi. YAngi material esa o‘z navbatida bolalarni o‘ndan kiengi mashg‘ulotga tayyorlaydi. O‘z xarakteri jihatidan bir-biriga o‘hshamaydigan mashqlar / ertalabki badan-tarbiya , fizkulьtura mashqlari, sayl vaqtidagi harakatli faoliyat va hokazolarni muayyan vaqtlarda har kuni muntazam bajarib borilishi, shuningdekchiniqtiruvchi tadbirlar o‘tkazilishi bolalarda belgilangan sog‘lomlashtirish – tarbiya rejimiga ko‘nikish hissini tarbiyalab, ularni shu rejimga o‘rgatib boradi. Muntazam mashqlar, mashg‘ulotlardan to‘xtab qolgan vaqtda erishilgan funksional imkoniyatlarni passayishi, ba’zan esa morfologik ko‘rsatgichlarning orqaga ketishi ko‘zatiladi. Bu mushak to‘qimalaridagi o‘zgarishlarda umumiy vaznning kamayishida , struktura komponentlarining o‘zgarishida va boshqa salbiya hollarda ko‘zatiladi. Jismoniy tarbiya o‘rgatilayotgan harakat ko‘nikmalarining takrorlab turilishini taqazo etadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina xarakatlarning dinamik steriotipi paydo bo‘ladi. Tarkorlashning samarali bo‘lishi uchun ilgari o‘rgatilgan mashqlarni yangi mashqlar bilan bog‘lab borish tizimi zarur bo‘ladi. SHunday qilinganda takrorlash jarayoni variativlik jarayonida o‘tadi / mashqlarning, ularning bajarilish shatlarini o‘zgartirib borish, usul va uslublarning hilma-hilligi, umuman iashg‘ulotlarning shakli va mazmuni turlicha bo‘lishi kerak. / bundan tashqari takrorlash morfologik va funksional tarzdagi uzoq davom etadigan moslashuv bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ham ta’minlaydi. SHu asosida jismoniy sifatlar rivojlanib boradi. / A.Krestyanikov/. yangi ko‘zatuvchilarning ishga tushirilishi va ularning dinamik steriotipik qo‘shilishi izchillik, ketma-ketlik shartlariga rioya qilingan vaqtda keskin o‘zgarishlarsiz sodir bo‘ladi. I.L.Pavlov pedagogikada izchillik, ketma-ketlik va mashq qilishni asosiy fiziologik qoida deb hisoblash lozimligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Dostları ilə paylaş: |