9-MAVZU: BOLALARNING O`SISH DAVRIDA JISMONIY TARBIYA VA ASABIY-RUHIY BOSQICHLAR.
Darsning o’quv maqsadi: Talabalarga bolalarning o`sish davrida jismoniy tarbiya va asabiy-ruhiy bosqichlar haqidagi tushunchalarni hosil qilish
Tayanch iboralar: asabiy-ruhiy bosqichlar, fiziologik xususiyatlari, bolalarning yosh davri,
Reja.
1. Bolalarning yoshga doir o‘sish davrida fiziologik xususiyatlari.
2. Bolalarning o`sish davrida jismoniy tarbiya va asabiy-ruhiy bosqichlar
3. Bola asab tizimi taraqqiyotining o‘ziga xos tamonlari
Bolalarning xayoti, o‘sishi va taraqqiy etishi dunyoga kelish kunidan emas, balki otalik maniysining spermatozoid onalik moniysiga ayyollik jinsiy moniysi inib, inzol ettirgan vaqtidan boshlanadi. Ayol yukli bo‘lgach, urug‘ ona qornida o‘sa boshlaydi. SHu sabab 9 oy davom etuvchi birinchi davr qorindagi davr deyiladi.
Pushtning qorindagi uch oygacha o‘sish davri embrionlik davri deyiladi, 3 oy keyingi tug‘ilgancha bo‘lgan davr xomiladorlik davridir. Xomila zarur oziqa va kislarodni ona qonidan tomirlar orqali oladi. SHamsiy xisobda 9 oy oxirida, kamariy xisobda 10 oyda bola dunyoga keladi. YAngi ona qornidan tashqaridagi davr- bolaning o‘sish davri 18 yil davom etadi.
Bola balog‘atga etguncha bo‘lgan vaqt olti shartli davrdan iborat:
1 davr – go‘daklik- tug‘ilgan kundan birinchi oy oxirigacha.
2 davr – emizlik yoshi – birinchi oy so‘ngidan bir yoshga to‘lguncha.
3 davr – go‘daklik yoshi- 1 yoshdan 3 yoshgacha.
4 davr – maktabgacha yosh- 3yoshdan 7 yoshgacha.
5 davr – kichik maktab yoshi – 7yoshdan 12 yoshgacha.
6 davr- katta maktab yoshi – 12 yoshdan 18 yoshgacha.
Bola shu davrlarning xar birida kator struktur funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi, ular xar turli sharoit, parvarish, oziqlantirish, qobiliyat talab qiladi.eng ma’sulyatli davr bolaning birinchi yil xayotini o‘z ichiga olgan 1 va 2 davrlaridir.
Go‘daklik davrida bolalarda o‘sish illatlari namoyon bo‘ladi, to‘g‘ilayotganda olgan xar xil a’zolar shikastlari miyaga qon aylanishi buzilish, xatto bosh chanog‘i ichida xam, suyak sinishlari mushaklarning lat eyishi va boshqalar namoyon bo‘ladi.bolalar bir yoshga kirguncha kon buzilishi, o‘tkir qorin ichak kasalliklari, o‘pka shamollashi, teri kasalliklari, raxit va boshqalar tezda boshlanib og‘ir o‘tadi.
Xayot shuni ko‘rsatadiki, bolalar tashkilotlari to‘g‘ri parvarish qilishga, bolalarning bir yoshgacha ovkatlantirish va tarbiyasiga katta axamiyat berishga qaramay, ota-onalari bu ishlarga etarli tayyorlanmagan bo‘ladi. SHu sabab bizlar, bu yoshdagi bolalar xayoti xaqida mufassal ma’lumot berishni lozim topamiz.
Ikkinchi yoshdan boshlab go‘daklik yoshining boshlanish davri, ya’ni 1 yoshdan 3 yoshgacha bolalarning jussa hajmidan bo‘yiga o‘sish birinchi yildagidan ancha sekin boradi. Bu davrda bolaning barcha a’zolari bir muncha mustaxkamlanadi, ularning ish qobilyati ortadi, mushak va suyaklari o‘sadi va kotadi, barcha 20 ta sut tishi chiqadi. Ovkat yo‘li sezgirlik va salga jaroxatlanish xolatini yo‘qotib boradi, ovqat xazm qilish fermentlarining faoliyati kuchayadi. Bola ruhi tez o‘zgarib boradi.
Bola 3 yoshda yaxshi yuradigan va durust gapiradigan bo‘lib qoladi. Bu yoshda bolani sergak nazorat qilish kerak bo‘ladi, chunki bola xarakatlari yurish, bgurish, tirmashib chiqishlar ancha taraqqiy etib qolgan bo‘lsa xam atrof- muxit va xavfga bo‘lgan munosabati ongli emas. Natijada bola katta falokatga uchrashi va og‘ir jarohatlanishi mumkin. Balanddan, oynadan, zinadan tushib ketish. YOsh bolalar yuqumli kasallikka tezroq uchraydilar qizamiq, ko‘k yo‘tal, suv chechak, yurakburug‘i, sariq kasalligi va boshqalar, buni shunday anglash lozimki bolaning atrof – muhit bilan muomilasi kengaygani va tug‘ma immunitetlarning zaiflashib yukumli kasalliklarga qarshi borishi bilan bog‘liqdir.
Maktabgacha yoshda 3-7 yoshda bola a’zolari mustahkamlanib, rivojlanib borishni davom ettiradi, bolada jadal o‘sish ko‘rinmasa ham suyaklari va mushaklari mustaxkamlanib boradi. Maktabgacha davrning oxirida sut tishlari tusha boshlaydi. Bola borgan sari kattalar turmishi bilan aniqroq to‘qnashadi va uning ta’siriga duchor bo‘ladi. Bu yoshda tajriba yo‘qligi, ko‘pincha nazoratning etarli emasligi oqibatida shikastlanish yuz beradi. To‘g‘ri tartib o‘ziga xizmat qilish elementlarini oshirish va mexnat tarbiyasi bolaga nixoyatda shartdir. Bola intelektual o‘sish darajasi bo‘yicha bu davr oxirida maktabga borishga tayyor bo‘lishi kerak. 3-7 yoshli bolalar rasm solishni, plastilin, loydan narsa yasashni, yozishni va ayrim xarf, so‘z va xatto qiska gaplarni o‘qishni yaxshi ko‘radilar.
Ularda yuqumli kasalliklar tez- tez uchrab tursa xam, kasallik engil o‘tadi, kamdan – kam asorat qoldiradi. Limfa to‘qimalarining intensiv o‘sishi, burun bo‘shlig‘ida bezchalarning shakillanishi nixoyasiga etish bu yoshdagi bolalarda angina, tonzillit, adenoid, gaymorit va boshqa kasalliklarga chalinishga sharoit yaratib beradi, bulardan aksari kuchli tumov virus infeksiyalarining asoratidir, xavoning keskin o‘zgarishi oqibatidir.
Kichik maktab yoshidagi (7-12 yoshda) bolalarda suyaklar jadal rivojlanib, mushaklar kuchi ortib boradi. Sut tishi doimiy tish bilan almashinadi. Bola uy yoki bog‘cha sharoitidan maktab sharoitiga o‘tadi, zaruriy mexnat malakaisni egallaydi. Uning bolalar va kattalar bilan muomilasi ortadi, tabiatni bilishga xavasi ko‘payadi. Kuchli infeksiyalar ta’siri xam seziladi va nisbatan engil o‘tadi. Bu yoshdagi bolalarda o‘qtin-o‘qtin o‘t pufagi yo‘llari tez-tez yallig‘lanib turadi, yurak tomir kasalliklari, qon bosimi, gipotonik va boshqa kasalliklar kam uchraydi.
Katta maktab yoshi (12-18 yosh) bo‘yning o‘sishi, endokrin apparatining kattagina o‘zgarish, jinsiy bezlar, qalqonsimon bezlar, gipofiz faoliyatining kuchayishi natijasida xayotiy ozukalar funksional muvozanati buzilishi mumkinligi bilan xarakterlanadi. Jinsiy balo0atga etishuv vaqti bolaning millati, o‘ziga xos xususiyatlari, ob – xavo va boshqa sharoitlarga qarab turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha endokrin sog‘lom emasligi kalkonsimon bezlar kaslligi semirish va boshqalar, ditoniya ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qomat tutishning buzilishi, umirtka kiyshayishi, uzoqni ko‘rolomaslikmadorsizlik kabi holatlar kabi xolatlar paydo bo‘lishi mumkin. 15-18 yoshdigi o‘smirlarda abstrakt xayollar intensiv tarakkiy etadi, boshqa jinsdagi kishilarga qizikish paydo bo‘ladi.bolag‘otga etish natijasida organizmda kechayotgan o‘zgarish jarayoni bolaning kayfiyati, salomatligi va xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Bunday bolalarga oilada, maktabda va boshqa joylarda aloxida muomila qilish lozim.bu vaqtda o‘smirda bo‘jamalar chiqadi, xayz ketish tartibi qizlarda ko‘riladi, qalqonsimon bezlar og‘riydi, yurak qon tomir tizimida funksional o‘zgarishlar seziladi. Bolalaikda og‘rib o‘tgan kasalliklar o‘smirlikda tezda qo‘zish, jadal rivojlanish, masalan, qaddi – qomatni tutish, ko‘z quloq kasalliklari, bot tomir distoniyasi, asabiy ruxiy xolat va boshqalar odati xam mavjuddir. Ayrim yoshlar korxonada ishlay boshlaydilar, shu munosabat bilan ularga oila va jamoaning aloxida diqqat va nazorati lozimdir. Bunday o‘smirlarning kun tartibi, to‘g‘ri ovqatlanish, bo‘yi va organizmining o‘sishini tibbiy nazorat qilib turish zarurdir.
Bolalik davri tavsilidan, yosh xususiyatlari ta’siridan xamma bolalar xam albatta kasal bo‘ladi: degan xulosa chiqarish to‘g‘ri emas. Bolaning sog‘lig‘i ota-ona tamonidan shu xususiyatlarni tushininish va xisobga olishga juda ko‘p bog‘liqdir.
Bolaning o‘sishini va organizmning o‘ziga xos tamonlarini kuzatish oson bo‘lishi uchun ota-onalariga bola to‘g‘ilgach aloxida daftar tutish tavsiya etiladi. U daftarga bolaning bir oydagi og‘irligi va bo‘yining o‘sishini ziyrak va tuyg‘unligi taraqqiysini; praflaktik chektirishlar sanasini, bolaning kasal bo‘lgan vaqtini, tashxisi, qabul qilgan dorilari, bolaning qaysi dori va ovqatlarni ko‘tara olmasligini yozib borish lozim bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |