20-mavzu: Jismoniy tarbiya jarayonida ta'lim va rivojlanish asoslari
O‘qitish yahlit bir pedagogik jarayoning tarkibiy qismi bo‘lib, u shahsni har tamonlama va uyg‘un shakllantirishga qaratilgandir. Jismoniy tarbiya harakatlariga tadbirlari trenerinin bevosita rahbarligi va ko‘zatuvi ostida bolalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Harakatli faoliyatga o‘rgatish davomida bolaning bilish, iroda qobiliyatlari va hisssiy quvvatni rivojlantirib boradi hamda uning amaliy harakat malakalarining shakllanishi sodir bo‘ladi. Bolani har-hil xarakatlarga o‘rgatish, uning ichki dunyosiga, his-tuyg‘ulariga, fikriga asta sekin shakllanib borayotgan tushunchalariga, ahloqiy sifatlariga aniq ta’sir ko‘rsatib boradi. Bolalar tomonidan bajariladigan mashqlar ularning salomatligi va umumiy jismoniy rivojlanishi uchun foydalidir.
O‘qitish-o‘rganishning ma’zmunini jismoniy mashqlar shu jumladan dasturga muvofiq tarzda tanlab olingan harakatli o‘yinlar tashkil etiladi. Ta’lim jarayonida trener bolaga o‘zidagi aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshiriladigan faoliyat sohasidagi ijtimoiy tarbiyani o‘rgatadi. Bunday faoliyat ma’zmuniga xarakatdlarni egallash tajribasi hamda xarakatlarni rivojlantirish va takomillashtirib borishga yordam beruvchi tadbirlar kiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda amal qilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy tajribi komponentlari bolalrning yosh hususiyatlarini hisobga olish ham kiradi. Bolaning ongli harakatlarida unga zarur bo‘lgan ayrim bilimlar ham bolaning harakatlariga mahorat yoki malakalarga o‘rgatilayotgan vqatdagi faoliyat usullari ham ana shu komponentlar tajribasiga kiradi. Ular faoliyat usullari bilan bu usullarni amalga oshirish tajribasi to‘g‘risidagi bilimlar birligini ham ta’minlaydi. Uchunchi komponent- bu ijodiy faoliyat tajribasidir jismoniy tarbьiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar xarakatli o‘yin va jimmoniy mashqlar jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalrning ijodiy faoliyati muvaffaqiyatli ravishdv rivojlanib borishni ko‘rsatadi.
Ijtimoiy tajribaning so‘ngi komponenti – bu emotsional qadriyatlardan iborat bo‘lib, odamlarning dunyoga va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ya’ni emotsional tarbiya ko‘rganlik tajribasini anglatadi. SHu komponent trenerning bola shahsini tarbiyalashga diqqat e’tibor berilishi, trener va butun atrof-muhitdagi vaziyat shahsning mutassil shakllantirib unga ia’sir kshrsatib borishni taqazo etadi. Tabiyachi harakat faoliyatini tarbiyala jarayonida bolaning psixik-fiziyaologik rivojlanish hususiyatlarini hisobga olib, uning imkoniyatlariga tayangan holda bolaning oldiga tobora yangi harakatli mashqlarni bajarish vazifasini quyadi. Bu talab xarakat malakalari va jismoniy sifatlarni shakllantirishga ko‘rsatilgan jismoniy tarbiya dasturlari talablarining asta-sekin ortib borishida o‘zining aniq ifodasini topadi.
YAngilikni o‘zlashtirish boladan muayayan qiyinchiliklarni engib o‘tishi uchun ma’lum darajada ijtimoiy-psixik ko‘ch g‘ayrat sarflashi talib qiladi, alohida olingan har-bir holatda dasturining har bir yangi talabi bola uchun yangilik bo‘lgan, ancha murakkabroq vaziyatlar bola shu paytgacha harakat mahoratlari va malakalarga nisbatan uning haraklari rivojlantirish sohasida qo‘lga kiritgan darajasiga nisbatan ziddiyatli holat hisoblanadi. Ana usha ziddiyatning engib o‘tilishi rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchni tashkil etadi. Mashqlar jarayonida bolaning yangi harakatli holatni asta-sekin hal qilib borishi va shu munosabat bilan paydo bo‘layotgan imkoniyatlar, hrakatlar xarakterini hamda sifatini o‘zgartiradi. O‘qitish jarayonida mazkur yoshdagi bolalarga yangi harakatning o‘rgatib borilishi bilan u harakatlar yangi sifat kasb etkanday bo‘lib tuyuladi. CHunonki ikki yoshga endi qadam quyayotgan bolaning yurishi bilan ikki yoshga to‘lgan bolaning yurishini btr-biridan mutlaqo farq qiladi. Bu hodisa dialektikadagi yangilikni eskilikni rad etishi to‘g‘risidagi tarifni eslatadi. SHuning uchun bu ob’ektiv hol hisoblanadi hamda har qanday tarraqiyot va bunda paydo bo‘lgan ziddiyatlarning har hilligini boshlab beruvchi harakat hisoblanadi. Bunda uzluksiz va murakkab rivojlanish jarayoni tashqi va ichki sharoitlarning o‘zaro aloqadorligiga tayangan holda sodir bo‘ladi. Qiyinchiliklarning engib o‘tilishi va yangi masalalarning hal qilinishi bolada ijobiy his-tuyg‘ular o‘yg‘otadi. U qo‘lga kiritgan maqsaddan,yangi his tuyg‘ugv to‘yganidan muskullaridan yangi o‘zgarishlarni sezganidan trenerning o‘nga bergan yutuqlarga erishish uchun intilish paydo bo‘lishiga yordam beradi. Mana shu katta jarayon har doim trener ko‘z o‘ngida uning kuzatuvi ostida bo‘lishi lozim, bir tomondan bolaning yangi harakatli topshiriqni anglab olishini ta’minlash uchun zarul bo‘lsa, ikkinchi tomondan bolaning imkoniyatlarini va unda paydo bulayotgan qiziqish his-hayajon tuyg‘ularini hisobga olgan holda bolada mustaqillik paydo qilish va uning kuch g‘ayratini quyilgan vazifani bajarishga yunaltirish uchun kerak. O‘qitish jarayoni boladan o‘z diqqatini ьir joyga quyishni, tasavvurni aniqligini, fikrlarning faolligini va xotirasini rivojlantirishni talab qiladi. Agar o‘qish jarayonini bolani qiziqtirib qolsa bu unda emotsional his tuyg‘u, hayajon uyg‘otadi: trener harakatlarining ko‘rsatib berayotganda va mashqlarni bolalrning o‘zlari bajarayotgan vaqtda ularda obrazli fikrlash holati yuz beradi: mashq elementlari tushuntirilayotgan harakatli o‘yinlar ma’zmuni aytib berilayotgan vaqtda hamda bolalarning o‘zlari harakatlarni qanday izchillikda bajarilishini tasavvur etgan holda mustaqil ravishda bajarganlarida ularda mantiqiy fikrlash- so‘z kuchi o‘zini ko‘rsatadi: bolaning o‘zi mashqlarini amaliy ravishda bajarishi munosabati bilan unda harakatli-motor deb ataladigan kuchlar rivojlanadi, nihoyat ko‘p mashq qilish natijasida bolada harakatni erkinlik bilan bajarish imkoniyati tug‘iladiki, busiz mashqlarni ongli mustaqil bajarishning iloji yuqdir.
Bolalarni o‘qitish, ularga ta’lim berish, ahloqiy tarbiya berish, mahnaviy his tuyg‘ularni va ong shurini shakllantirish bilan ularda iroda sifatlarini rivojlantirish, hayrihoxlik va o‘zaro yordam, aniq bir maqsadga intilish, halol bo‘lish singari fazilatlari tarbiyalash bilan birga qo‘shib olib borilishi kerak. Bolalarni to‘g‘ri harakatga o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan butun bir jarayonda ularda estetik tuyg‘ular tarbtiyalanib boradi. Harakatlarni chiroyli bajarilishi , saflar tekkisligi, obrazli o‘yinlarning ijodiy ifodaliligi , bu o‘yinlarda sha’riy matnlardan , tez aytish va sanoq o‘yinlaridan foydalanish bularning bari bolalarning estetik didini tarbiyalash ishiga xizmat qiladi. Bolalar va trener kiyadigan fizkulьtura kiyimlarining tashqi bezagi, fizkulьtura qo‘llanmalarining va boshqa shu kabi narsalarning ixchamhamda chiroyli bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Ta’lim jarayonining tashkil etilishi bolalarning ularning qo‘lidan keladigan jismoniy mehnatga o‘rgatish imkonini beradi. Trener bolalardan fizkulьtura qo‘llanmalarining , asbob-uskunalarining har doim toza turishi va yig‘ishtirib qo‘yilishini talab qiladi. / Bayroqlarni yaxshilab o‘rab qo‘yish, tasmalarni tekkislab taxlab olish, peshonabog‘larni, dastrumollarni g‘ijim qilmaslik va hokazo/. Bu haqda birinchi galda zarur predmetlarni keltirib tarqatib chiqadigan navbatchilar g‘amhurlik qilish lozim. Ular predmet va qo‘llanmalarni barcha bolalar foydalanishi uchun qo‘lay holda joylashtirib chiqishni ham o‘ylashlari kerak. Bolalr vaqti-vaqti bilan sharlarni, to‘plarni yuvib turishlari, katta narsalarni artib qo‘yishlari kerak.
SHunday qilib, harakatlarni o‘rganish jarayonida bolalarning aqliy qobiliyati, aqliy va estetik his tuyg‘ulari rivojlanib boradi, ularda o‘z faoliyatiga ongli munosabat shakllantiriladi. Mana shu aytilganlarning hammasi o‘zaro bir-birlari bilan bog‘lanib, ta’lim tarbiya jarayoning kompleks tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi, hamda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |