Jizzax davlat pedagogika universiteti


Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 172 Kb.
səhifə13/15
tarix11.11.2023
ölçüsü172 Kb.
#131791
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bakirov stenogramma

3. Dissertatsiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati.
Dissertatsiyaning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, unda «ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi»ning yangi yaxlit konsepsiyasi, uning tarkibiy tuzilmasi va baholash mezonlari (kognitiv, motivatsion-qiymatli, xulq-atvor, refleksiv mezoni) ishlab chiqildi va ochib berildi, buning asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida («a’lo-yuqori», «yaxshi-o‘rta», «qoniqarli-past»); ushbu kompetensiyaning shakllanish darajasi belgilandi; «Davlat va huquq asoslari» o‘quv predmetini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy imkoniyatlari (aspektlari), shuningdek, «hamkorlik pedagogikasi», «ta’lim tarbiyasi» g‘oya va tamoyillari asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning sinfdagi hamkorligi aniqlandi va izohlandi;
pedagogik modelning mazmuni, ta’lim-tarbiya texnologik dasturi va, umuman, pedagogik texnologiya, shuningdek, ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar, diagnostika vositalari va uslubiy tavsiyalar maktab o‘quvchilarida ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik nazariyasi va metodologiyasiga ma’lum darajada ilmiy hissa qo‘shadi. Innovatsion pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etish o‘quvchilarning «Davlat va huquq asoslari» o‘quv predmeti bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish, uni o‘rganish va mazmunini yuqori saviyada o‘zlashtirish, shuningdek, kelgusida fuqarolik huquqiy bilimlarini egallash; tizimli, qat’iyatli va mohirlik bilan mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish; ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini adekvat baholash uchun xizmat qiladi. Tadqiqot natijalaridan xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida o‘qituvchilarni o‘qitish, «Davlat va huquq asoslari» o‘quv predmeti amaliyotida ham foydalanish mumkin. Tаdqiqоtning ilmiy nаtijаlаri, shuningdеk, yuqоri sinf о‘quvchilаrigа «Dаvlаt huquq аsоslаri» о‘quv prеdmеtidаn dаrs bеrаdigаn о‘qituvchilаr mаlаkаsini оshirish nаzаriyаsi vа аmаliyоtigа mа’lum dаrаjаdа hissа qо‘shаdi.
4. Dissertatsiya natijalaridan foydalanganligi to‘g‘risida ma’lumot va foydalanish bo‘yicha tavsiyalar:
O‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
umummadaniy, metodik, tayanch, huquqiy kompetensiyalarni va ijtimоiy-siyosiy fаоllik kоmpеtеntligining kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik singari komponentlarini o‘zaro gorizontal va vertikal interpretatsiyalash hamda shaxsning integrativ xislatlarini mazkur integratsiya natijalariga bog‘liq ravishda pedagogikaning insonparvarlik va ilmiylik tamoyillariga muvofiq rivojlantirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi mazmuniga oid takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеtining 2023-yil 14-mаrtdаgi 02-07-989/04-sоnli mа’lumоtnоmаsi). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish modeli, shaxsning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi funksiyalari ularni baholash mezonlari konseptual va indikativ vositalar asosida takomillashtirilgan;
dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini, baholashning kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarining ijtimoiy ahamiyatini va fuqarolik kompetensiyasi funksiyalarining integrativ xususiyatlari ta’sirini anglashga nisbatan o‘quvchilarning ta’limiy motivatsiyasini oshirish sababli ustivorlik berish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish jarayoniga oid takliflardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеtining 2023-yil 14-mаrtdаgi 02-07-989/04-sоnli mа’lumоtnоmаsi). Natijada, o‘quvchilar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining tarkibiy tuzilishi va mazmunini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan, o‘quvchilarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish jarayoniga metodik sharoit yaratilgan;
«Dаvlаt vа huquq аsоslаri» о‘quv prеdmеti mazmuni ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik pradigmalariga muvofiqlashtirish orqali o‘quv jarayoni mazmuniga singdirishning amaliy mexanizmlarini samaradorlik nuqtai nazaridan qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirib borish orqali takomillashtirilgan o‘quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlariga oid takliflar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan PZ-2014-0910185149 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеtining 2023-yil 14-mаrtdаgi 02-07-989/04-sоnli mа’lumоtnоmаsi). Natijada, maktab o‘quvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish samaradorligi ortgan.

Yüklə 172 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin