Bаhо pеdаgоg uchun o‘qishni rаgbаtlаntirish, ijоbiy o‘quv nаtijalarini shаkllаntirish, shахsgа tа‘sir etishning аsosiy vositasi bo‘lib hisoblаnаdi. Baholashning adolatli bo‘lishi va bilimiga ko‘ra tabaqalanishi, predmetni puxta o‘zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
Baholash faqatgina o‘zlashtirish darajasini aniqlash emas, balki pedagog uchun o‘qishni rag‘batlantirish, ijobiy o‘quv motivlarini shakllantirish, shaxsga ta‘sir etishning yagona vositasi bo‘lib hisoblanadi. Xolisona bahodash ta‘sirida talabalarda unga muvofiq bo‘lgan o‘z-o‘zini baholash, o‘z muvaffa-qiyatlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish hissi paydo bo‘ladi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali:
* talabalar fan bo‘yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o‘rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi;
* nimalarni, qanday savol, masalalarni o‘zlashtirgani haqida axborotga ega bo‘ladi;
* Ota-onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi.
* Mа’muriyat o‘quvchi-tаlаbаlаrning erishgаn nаtijаlаri аsоsidа ulаrning yutuqlаri vа kаmchiliklаri to‘g‘risidа ахbоrоtgа egа bo‘lаdi.
* O‘qituvchi va o‘quv yurti ma‘muriyati tomonidan o‘quvchi-talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko‘chirish haqida qaror qabul qilinadi.
* Erishilgаn nаtijаlаrning tаhlili аsоsidа butun o‘quv-tаrbiya jаrаyonigа o‘zgаrtirish kiritish hаqidа yoki bоshqаchа qаrоr qаbul qilinаdi.
Nazorat ta‘lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, kator funksiyalarni bajaradi:
1. Tashhislovchi funksiyasi. O‘quvchi, talabalarning xislat, fazilatlari, o‘quv va ijtimoiy faoliyatining turli jihatlari aniqlanadi. Ilmiy asoslangan axborot olinadi. Tashhislashdan maqsad kadrlar tayyolash sifatini boshqarishdir.
2. O‘qituvchi-o‘rgatuvchi funksiyasi. Talabalarning o‘zlashtirishiga ta‘sir ko‘rsatadi, ularning faolligini oshiradi. O‘quv faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil qilish, o‘qishga ijodiy munosabatda bo‘lish, ijobiy fazilatlarini namoyon qilish va uni rivojlantirishga undaydi.
3. Tarbiyalovchi funksiyasi. O‘quvchi, talabalarning salbiy tomonlari-ni minimallashtirish uchun muhit yaratiladi.
4. Rivojlantiruvchi funksiyasi. O‘quvchi, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ko‘nikma, malakalarini tashhislash orali o‘zgartirishlar kiritish, dunyoqarashining kengayishi, ijtimoiy tajribasini ortishida o‘z aksini topadi.
O‘quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:
- barcha talabalarni jalb etish;
- dastur materiallarini to‘la qamrab olish;
- talabalarga oshkora yondashish;
- talabalar bilimini adolatli baholash;
- muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‘z ustida tinimsiz ishlash, o‘qish, o‘rganishga undaydi.
Baholash o‘quv maqsadlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Baholashning o‘zi aslida qo‘yilgan maqsadga naqadar erishilganini aniqlashga xizmat qiladi. O`quv maqsadlariga qarab, baholashning shakli va usullari tanlanadi. Har qanday baho-lash tizimi loyihalashtirilayotganda, baholash topshiriqlari berilgan ta`lim maz-muni doirasida bo`lishi talab etiladi.
Baholashni rejalashtirishda:
baholash topshiriqlari ta`lim jarayonidan ko`zlangan o`quv maqsadlarini
to`la aks ettirishi; 2) o`quv maqsadlariga muvofiq baholash shakllari, usullari va mezonlari to`g`ri tanlanishiga diqqat qaratish kerak.
Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha tamoyillarini nazarda tutgan holda ta‘lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating – individual son, miqdor ko‘rsatkichi ma‘nosida ishlatiladi) tizimi qo‘llanilmoqda.
Ta`lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni o‘qituvchi tomonidan baholanishi va qator baholash metodlari va usullari ba`zi holatlarda baholashga subyektiv yondo-shish imkoniyatini vujudga keltiradi. Bunday yondoshuvda ta`lim beruvchining shaxsiy qarashlari bilan bog`liq baholash xatoliklari kelib chiqishi mumkin. Bular hayrixohlik xatosi, yuqori talab qo`yish xatosi, o`rtacha baho berish xatosi, o`z fikrini o`zgartirmaslik xatosi, yoqtirmaslik xatosi kabilar.