O‘qiyotgan jumlalar sizning bilimingizga qarama-qarshi bo‘lsa yoki bilaman deb o‘ylaganingizga mos kelmasa, « - » (minus) belgisini qo‘yasiz.
Agarda o‘qiyotgan matnda siz uchun yangiliklar bo‘lsa, «+» (plyus) belgisini qo‘yasiz.
Siz o‘qiyotgan jumlalar sizga tushunarli bo‘lmasa, ya‘ni uni tushunish uchun qo‘shimcha ma‘lumotlar talab qilinsa, u holda «?» (so‘roq) belgisi qo‘yasiz.
Shunday qilib, o‘qish jarayonida talabalar bilganlari va tushunganlariga mos ravishda to‘rt xil belgilar qo‘yib chiqishadi. Har bir qatorni yoki har bir tushunchani belgilab chiqish shart emas. Bu belgilar yordamida o‘qilayotgan matn bo‘yicha umumiy tasavvur ifodalanishi kerak.
Topshiriq: Moliya yoki boshqa jurnaldan maqola yoki o‘quv adbiyotlaridan shu metodni qo‘llasa bo‘ladigan matn tanlang. Undan har bir belgiga to‘g‘ri keladigan iqtiboslarni tanlab Insert jadvalini qo‘llash bo‘yicha talabanung javob varaqasiga ko‘chirung.
Iqtbosni nima sababdan u yoki bu belgi bo‘icha qo‘yganingizni izohlahg.