Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə74/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Beshinchi bosqich:
O‘qituvchi yakka va guruh xatolari bo‘yicha tushuncha beradi. Ularni alohida, alohida sharhlab beradi: agar yakka xatolar 21 tagacha bo‘lsa(ya‘ni o‘rtacha bir savolga 2 tagacha) ular o‘rganilayotgan masala bo‘yicha yetarli tushunchaga ega, mustaqil ravishda berilgan vazifani uddalay oladilar. Turli sharoitda harakatlarni mantiqan to‘g‘ri bajara oladilar.
Agar yakka xatolar soni 21 tadan 30 tagacha bo‘lsa, ularning bilimlari yetarli emas, biron-bir ish, faoliyatni olib borishga, tashkil etishga qiynaladilar yoki pala-partish bajaradilar. Shuning uchun ular bilimlarini mustahkamlashlari, o‘qishlari, mantiqiy fikr yuritishni o‘rganishlari kerak.
Agar xatolar soni 30 tadan ortiq bo‘lsa, bunday o‘quvchi-talabalar o‘z ustilarida qattiq ishlashlari talab qilinadi.
«Guruh xatosi» ustunining sharhi:
Agar xatolar soni 21 tagacha bo‘lsa, bu guruhlarda o‘quvchi-talabalar bir-birlarini tushunishga harakat qilganlar. Bir-birlarini ishontira olganlar. Oqibatda, bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o‘rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.
Agar guruhda xatolar soni 21 dan 30 tagacha bo‘lsa, bu guruh a‘zolarining bir fikrga kelishlari qiyin bo‘lgan. Muhokama yuzaki, bir-birlarini xafa qilib qo‘ymaslik uchun shunchaki kelishishgan. Aslida har kim o‘z fikrida qolgan bo‘lishi mumkin. Bu guruhda samimiy munosabat o‘z aksini topmagan.
Agar guruh xatosi 30 dan oshsa, bu guruh a‘zolari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar. Bir-birlarini o‘zaro ishontira olmaganlar. Har kim o‘z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o‘rnatilmagan.
Bajarilgan vazifaning 55-70 foizi to‘g‘ri bo‘lsa, qoniqarli, 71-85 foizi to‘g‘ri bo‘lsa, yaxshi, 86 foizdan yuqorisi a‘lo baho qo‘yilishi mumkin.
FSMU Bu metod ham bir necha faza yoki bos qichga
metodini qo‘llash bo‘lib qo‘llaniladi.Shuni nazarda tutib, FSMU texnologiyasi deb ham yuritiladi. Bu metod ham o‘quvchi-talabalarni
mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadi.
FSMU metodi -o‘quychi-tаlаbаlаrni mаntiqiy fikrlаshgа, o‘z fikrini asos-lashga, nazariyani amaliyot bilan bog‘lashga, o‘rgаnаyotgаn prеdmеti аsоsidа ko‘p, хilmа-хil fikrlаrga tanqidiy yondashishga yo‘naltiradigan metod.
Bu metod ham o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadi.
O‘z fikrlarini aniq va qisqa ifodalab, uni tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishni o‘rganishga yordam beradi.
FSMU metodi - o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadigan metodBu metodda ham avvalgi metod kabi topshiriq avval har bir o‘quvchi-talaba tomonidan individual, so‘ngra kichik guruhlar hamda butun guruh bilan birgalikda bajariladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin