Jizzax politexnika instituti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə72/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   245
Jizzax politexnika instituti

Nazorat savollari:

1. O‘quv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni o‘rgatuvchi metodlarga qaysi metodlarni kiritgan bo‘lar edingiz?


2. Kitob bilan mustaqil ishlashni bilish qanday ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz? Siz o‘zingiz adabiyotlar bilan qanday ishlaysiz?
3. Taqqoslash, baholashni o‘rgatuvchi metodlar qanday metodlar? Boshqa metodlardan qay jihatlari bilan farq qiladi?
4. Qaysi metodlar taqqoslash, baholashni o‘rgatadi: bu metodlarni iqtisodni o‘rganishda qanday qo‘llash mumkin?
5. Kitоbdа mа’lumоtlаrgа qаndаy bеlgi qo‘yish usullаridаn fоydаlаnаsiz? Sizdааlоhidа bеlgi qo‘yish tizimi mаvjudmi?
6. Qaysi metodlar taqqoslash, baholashni o‘rgatadi?
7. Bu metodlarni boshqa metodlardan ajralib turuvchi xususiyatlari nimada deb o‘ylaysiz?
12-mavzu. MANTIQIY FIKRLASH, AXBOROTNI YIG‘ISH VA YOYISH ASOSIDA MAVZUNI O‘RGANISHGA QARATILGAN METODLAR
REJA
1. Mantiqiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi metodlar
2.Axborotni yig‘ishga qaratilgan metodlar
3. Axborotni yoyish asosida mavzuni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar
Tayanchso‘zvaiboralar:«Blis-o‘yin» metodi.FSMU metodi. Sinkveyn. Tоifа. Toifali jadval metodi. Klaster. Axborotlarni yoyish (klaster) metodi.


1.Mantiqiy, mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi metodlar

O‘quvchi-talabalarni mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, o‘rganayotgan fan, berilgan turli fikrlar orasidan eng keraklisini tanlab olishga, o‘z fikrini himoya qilishga, asoslashga o‘rgatadigan qator metodlar mavjud. Ulardan eng diqqatga sazovorlaridan «Blits-o‘yin, «FSMU» metodi.


«Blits-o‘yin» o‘quychi-tаlаbаlаrni hаrаkаtlаr kеtmа-kеtligini to‘g‘ri tаshkil etishgа, mаntiqiy fikrlаshgа, o‘rgаnаyotgаn prеdmеti аsоsidа ko‘p, хilmа-хil fikrlаrdаn, mа’lumоtlаrdаn kеrаkligini tаnlаb оlishni o‘rgаtishgа qаrаtilgаn.
U o‘quychi-tаlаbаlаrgа o‘z fikrini bоshqаlаrgа o‘tkаzа оlish yoki o‘z fikridа qоlish, bоshqаlаr bilаn hаmfikr bo‘lа оlishni o‘rganishga yordаm bеrаdi. mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga va baholashga o‘z fikrini bоshqаlаrgа o‘tkаzа оlish yoki o‘z fikridа qоlish, bоshqаlаr bilаn hаmfikr bo‘lа оlishni o‘rganishga yordаm beruvchi metod.
Texnologik jihatdan o‘yin o‘tkazishbir necha bosqichga bo‘linadi. Berilgan top-shiriqni avval har bir o‘quvchi-talaba o‘zi bajaradi. So‘ngra kichik kichik guruh va butun guruh miqyosida birgalikda muhokama qilib, ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda har bir talaba o‘z fikrini o‘tkazishga, uning to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladi, shu bilan birga boshqalar bilan hamfikr bo‘lishiga yordam beradi.
Buning uchun o‘qituvchi topshiriq mazmuni bayon qilingan tarqatma material tayyorlaydi. Darsda o‘quvchi-talabalarga o‘yin bir necha bosqichda o‘tkazilishi, buning uchun vaqt berilishini ma‘lum qiladi. Bajariladigan vazifani tushuntiradi. Tarqatma materialdagi jadvalda bajariladigan harakatlar berilgan.
Dastlab har bir o‘quvchi-talaba o‘zi ana shu axborot(harakat)lar ketma-ketligini belgilangan tartibda jadvalda alohida ajratilgan ustunga qalamda belgilab chiqishi lozimligi tushuntiriladi. Buning uchun har bir o‘quvchi-talaba materialni sinchiklab o‘rganishi zarur. Vazifa аvvаl yakka tartibda bajariladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin