Jizzax politexnika instituti


Axborotni yoyish asosida mavzuni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə78/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   245
Jizzax politexnika instituti

3. Axborotni yoyish asosida mavzuni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar

K


Axborotlarni yoyish
(klaster) metodi
eyingi paytlarda iqtisodiy fanlardan dars berishda klaster
(axborotni yoyish) metodidan ham keng foydalanilmoqda. Klasterlarga ajratish pedagogik strategiya bo‘lib, u keng qamrovli fikr yuritish, o‘rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar o‘rtasida aloqa bog‘lash malakasini rivojlantiradi. Mavzu bo‘yicha talabalarni erkin ochiq fikrlashiga yordam beradi.
Bu metodni mavzu yoki uzviy savolni o‘rganishning da‘vat, tushuntirish, fikrlash bosqichida qo‘llash mumkin. “Klaster” so‘zi lotincha, ing. «g‘uncha, bog‘lam, panja, oila» manosini anglatadi.“Klaster”ni o‘zida, o‘ziga xos xususi-yatlarga ega bir necha umumiy jihatlar (elemenlar)ni birlashtirgan, mustaqil tushuncha sifatida ko‘rish mumkin. Bu tushunchdan tahlil qilish va amaliyotda foydalaniladi. Klasterning diqqat qaratadigan tomoni shundaki, biz o‘rganayongan kategoriya, mahsulot xullas obyektga turli jihatdan yondashish, ularning umu-miy jihatlarini ko‘ra bilish, bog‘lanish sabablarini tushunish va tahlil qilishga yordam beradi.
Pedagogik strategiya bo‘lib, u keng qamrovli fikr yuritish, o‘rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar o‘rtasida aloqa bog‘lash malakasini rivojlan-tirishga qaratilgan metod. Klaster malum tushuncha yoki hodisa haqidagi fikrlarni kengaytirish, turlicha yondashib, muhokama qilish vositasi hisoblanadi.
Axborotni yoyish metodiga o‘rganilayotgan fanga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, fikrni chizma, rasmlarda ifodalashni kiritish mumkin. Bunda ayniqsa talabalarga yozilgan matnni chizma (sxema)da ifodalashni topshirish ularni mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, voqea, hodisalarning bog‘lanishi, natijasini tezda ilg‘ashga o‘rgatadi. Har bir sxema o‘ziga xos klaster.


Xulosa
O‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida materialning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar ) har bir satr boshi (yoki qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatuvchi insert metodi, mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakat-lar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga va baholashga o‘rgatuvchi. «Blits-o‘yin» metodi, o‘quvchi-talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadigan FSMU metodi alohida o‘rin tutadi. O‘quvchi-talabalarni mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, o‘rganayotgan fan, berilgan turli fikrlar orasidan eng keraklisini tanlab olishga, o‘z fikrini himoya qilishga, asoslashga o‘rgatadigan qator metodlar mavjud. Ulardan eng diqqatga sazovorlaridan «Blits-o‘yin, «FSMU» metodikabilar
O‘rganilayotgan materialni yaxshiroq anglash uchun qo‘llaniladigan metodlardan biri-«Sinkveyn (axborotni yig‘ish)» metodidir. Murakkab g‘oya, fikr, iqtisodiy tushunchalarni bir nechagina so‘zlar bilan ifodalash, ularga xos sifat belgilari, amalda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatish orqali mavzunini yaxshiroq anglashga, o‘zlashtirishga yordam bera, klasterlarga ajratish pedagogik strategiya bo‘lib, u keng qamrovli fikr yuritish, o‘rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar o‘rtasida aloqa bog‘lash malakasini rivojlantiradi. Mavzu bo‘yicha talabalarni erkin ochiq fikrlashiga yordam beradi
Bu metodlarni o‘rganishdan maqsad bo‘lg‘usi iqtisodchi pedagoglar eng samaralilarini tanlab, ularni o‘rganilayotgan fan va uning mavzulariga moslashtirgan holda qo‘llashni o‘rganishlarini ta‘minlashdir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin